1. Malakaviy tanishuv amaliyotining asosiy vazifalari


Download 84.18 Kb.
bet1/2
Sana26.01.2020
Hajmi84.18 Kb.
  1   2

Kirish

Malakaviy tanishuv amalyotining maqsadi talabalarning Unversitet o’quv jarayonidagi mutaxasisligi buyicha olgan bilimlari va mustaqil ish kunikmalarini, malakaviy tanishuv amaliyoti bo’yicha analitik va tadqiqot ishlarini mustahkamlashdan va talabani yunalish buyicha tayorlashni yakunlashdan iborat.

Malakaviy tanishuv amaliyoti maqsadi hizmat kursatish faoliyatidan xisobi va tahlilining nazariy, amaliy jihatlarini o’rganish hamda uni takomilashtirish masalalarini taqdiq etishdan iboratdir.

Oliy o’quv yurti o’quv jarayonida olgan kasbiy bilimlarini, tarjibalarini va kunikmalarini amaliy kasb faoliyatida chuqurlashtirish

1. Malakaviy tanishuv amaliyotining asosiy vazifalari;

2. Amaliyot buyicha bilim, tashkiliy kunikmalarini xosil qilish; Talabalarning ish sifatini kelgusida takomillashtirish;

3. Kommunikativ kunikmalarni rivojlantirish;

4. Turizim va mehmonxona xujaligi mutaxasisligi kasib etikasi tartiblari mafaatlaridan kelib chiqgan holda muamoli masalalar vailmiy takliflar berish;

5. Amalyot natijalari tahlil etib,amaliy va ilmiy takliflar berish;

6. Amaliyot davomida olgan bilimlarni nazariy bilimlari bilan solishtirib, amaliyot obekti iqtisodiyotni takomillashtirish boyicha mustaqil ravishda taklif berish;

7. Foydalangan va qollangan adabiyotlar ruyxatini tuzish; 8. Tanishuv amalyotini otagan abekt va ilmiy rahbar dan taqriz va tafsifnomalar olish;

9. Amaliyot hisobotini aniq belgilangan muddatda kafedraga to’liq topshirish.

10. Amaliyot hisobotini belgilangan muddatda kafedra qoshida tashkil etilgan komissiya huzurida himoya qilish.

AMALIYOT JOYI

‘’Termez silk road pilgrim’’ga O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi tomonidan tastiqlangan o’quv rejasiga muvofiq, Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti No: 9 yo’llanmaga asosan.

Amaliyot muddati

Talabalar ishlab chiqarish amalyotini talimning kunduzgi shakli bo’yicha o’quv jarayonidan ajratilgan holda 1 kursda 2019 yil 24 iyundan 08 iyulgacha o’taydilar.

Amaliyotning aniq muddatlari o’quv rejasi asosida belgilanadi va Termiz Davlat Unversiteti rektori buyrug’i bilan tasdiqlanadi.

Amalyotni tashkil etish va o’tash tartibi

5610300 – Turizm (faoliyati yo’nalishlari bo’yicha) talim yo’nalishi talabalari tanishuv amalyotini xalq xo’jaligining barcha soha va tarmoqlarida iqtisodiy ob’ektlarida, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar boshqaruv bo’limlarida; O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot hamda boshqa muassasa vazirligi va oliy ta’limda universitetning yo’llanmasi asosida o’tashlari mumkin.

Tanishuv malaka amaliyoti tashkil etish uchun Termiz Davlat Universiteti bilan amaliyot ob’yekti o’rtasidagi tuzilgan.

Amaliyotni tashkil etish va o’tashda talaba universitetdan biriktirilgan amaliyot rahbari (o’qituvchi) va qabul qiluvchi amaliyot ob’ekti vakili (amaliyot joyida talabaga rahbarlik qilish uchun biriktirilgan) tegishli bo’lim boshliqlari va mutaxxassislar to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etadi. Amaliyotni umumiy boshqarishni mutaxxassis chiqaruvchi “Turizm va mehmonxona xo’jaligi ” kafedrasi amalga oshiradi, to’g’ridan-to’g’ri boshqarishni esa rektor buyrug’i bilan kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari amalga oshiradi hamda hisobotga taqriz yozib himoyaga tavsiya etiladi.

Termez Silk Road Pilgrim” turistlik firmasi Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan bo`lib u 2018-yil avgust oyida tashkil topgan. Bu firma O`zbekiston hududida yagona bo`lib faqatgina Termiz shahrida o`z filiallariga ega va o`z tarkibiga 3 ta mehmonxona kiradi.

Firma vazifasi turistlarga oqilona sayohat va sayohat rejasini tashkil etib berish. Shunga binoan Korxona yuqori sanoatlashgan standartlarda tashkil etilgan. Firma ichki va tashqi turizm xizmatlarini rivojlantirishni maqsad qilib olgan.

Firma quyidagi vazifalarni ham o`z zimmasiga olgan;


  • Vizani rasmiylashtirish

  • Onlayn xona buyurtma qilish

  • Transport xizmati (avtobus va minivanlar)

TERMEZ SILK ROAD PILGRIM”

  • Yuqori malakali xodimlarga ega turfirma

  • Eng tajribali gidlar turistlar xizmatida bo`lishadi

  • Xavsiz sayohat kafolati


Turizm rivojlanish tarixi

Ayrim xalqlar uchun sayohat bu asrlar davomida yashash joyining tabiiy iqlim sharoitlari ta’sirida shakllangan turmush tarzidir. Bunday xalqlarga misol qilib ko’chmanchilar — belujlar, badaviylar, lo’lilar, shuningdek, qochoqlar va majburiy ko’chuvchilarni ko’rsatish mumkin. Ko’chmanchilar poda-poda mollar bilan turli xil yaylovlar bo’ylab ko’chib yuradilar va mamlakatlar chegaralarini pisand qilmaydilar

Ko’p asrlik tarix guvohki, insonga savdoni rivojlantirish, yangi erlarni ochish va o’zlashtirish, resurslar va yangi transport yo’llarini izlab topish maqsadida jahon bo’ylab sayohat qilish xos bo’lgan. TSivilizatsiyamizning rivojlanish davri unchalik katta bo’lmay, besh ming yilga yaqin hisoblanadi, biroq faqat yaqin o’tmishdagi sayohatlar haqidagi hikoya va tasvirlargina saqlanib qolingan. Tarixdan yangi qit’a va erlarni, xalqlar va tabiiy hodisalarni ochgan, o’ziga xos geografik tizimlarni asoslab bergan buyuk sayohatchilarning nomlari bizga ma’lum Buyuk sayohatchi va kashfiyotchi olimlarga misol qilib Fernan Magellan (1480-1521), Vasko da Gama (1469-1524), Xristofor Kolumbni (1451 — 1506) ko’rsatish mumkin bo’lib, ulardan oxirgisi 1492—1493 yillarda uchta karavellada Atlantika okeanini bosib o’tgan va Amerika qit’asini ochgan.

Turizm insonning tabiatni o’rganish maqsadida qilgan sayohatidan boshlangan bo’lib, bu jarayon industriyaga aylandi va ko’pchilik davlatlarning asosiy daromadi bo’lib qoldi.

Kuk 1846 yili qo’shni davlat bo’lgan SHotlandiyaga poezd va paroxodda sayohatlar uyushtirdi. endi bunday sayohat Dasturlarini ishlab chiqib, pul topish Tomas Kuk va uning o’g’li uchun biznes faoliyati bo’lib qoldi. Kuk 1860 yilda Londonda o’zining birinchi turistik korxonasini ochdi va bu korxona Thomas Sook travel nomini oldi. Hozirgi kunda ham bu turfirma o’z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Kukning firmasi 20 yil ichida faoliyatini kengaytirib, SHimoliy Amerikaga ham sayohat uyushtirishni boshlab ancha tajribalar orttirdi. Kuk SHimoliy Amerikaga olib borgan turistlar guruhini Nyu York, Vashington, Rich­mond, Mammouth Cave, Cincinati, Niagara sharsharasi va Monreal bo’ylab sayohat qildirdi. Kuk tomonidan dunyoning barcha hududlariga sayohat marshrutlarini uyushtirishi natijasida bir shior paydo bo’ldi13. Bu shior quyidagicha: «Sayohat qilmoqchi bo’lsangiz, Kukka murojaat qiling».

Jahon bo’ylab sayohatlar 75 ming mill va undan ko’proqni tashkil qilgan. Ularda ilmiy yo’nalishlar va bilimlar tizimiga asos solgan qimmatli ilmiy ma’lumotlar olingan. Qit’alarning geografik chegaralarini aniq ko’rsatuvchi qadim dunyo xaritalari saqlanib qolgan bo’lib, ularni yaratish usullari o’z izohini topmagan. Bizga ekstremal sharoitlarda eng baland tog’ cho’qqilarini, cho’l va g’orlarni, SHimoliy va Janubiy qutbni zabt etish uchun safar uyushtiruvchi sayohatchilar, suv osti dunyosi tadqiqotchilarining nomlari ham ma’lum. Mamlakatimizda YUriy Senkevich, Artur CHilingarov, Dmitriy SHparo va boshqalarning nomi tanish.

Qadimgi Rim tarixi va urf-odatlariga murojaat qiladigan bo’lsak, badavlat aristokratlar imperatorning ruxsati bilan dam olish maqsadida boshqa mamlakatlarga, masalan, Misrga sayohat qilganini bilib olishimiz mumkin.

Yangi erlarning ochilishi uzoq o’tmishda dengiz orqali mashaqqatli sayohatlar uyushtirishni talab qilgan. Hozirgi kunda barchaga ma’lumki, Amerika Kolumbdan ancha avval kashf etilgan, Grenlandiyada esa (uning nomi «yashil er» deb nomlanib, hozirgi kunda qalin muzlik bilan qoplangan) yevropadan kelib chiqqanlar istiqomat qilgan. Agar ushbu ulkan orolning muzlash tarixiga e’tibor qaratsak, birinchi ko’chib kelganlarning eramizdan avvalgi 700—600 yillarda kelganligi ma’lum bo’ladi. Janubiy Amerikadan Polineziyaga ommaviy ravishda sollarda bir necha oyda suzib o’tishga aql bovar qilmasada, buni amalga oshirish mumkinligini Tur Xeyerdal Tinch okeanini oddiy bir solda kechib o’tgan holda isbotlab bergan



  • mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirishga, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berishga, turizm sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishiga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta'minlash;

  • turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borishga, tarixiy-madaniy merosni keng targ‘ib qilishga, O‘zbekiston Respublikasining turizm qiyofasini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy turizm mahsulotlari va brendlari xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yo‘naltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;

  • ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi monitoringi, turizm turlarining keng doirasini jadal rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, shuningdek xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish;

  • turizm faoliyati rivojlanishini muvofiqlashtirish, mintaqalarda yangi turizm yo‘nalishlari tashkil etilishini ta'minlash, ularni pasportlashtirish, turizm yo‘nalishlari va turizm ob'yektlari bo‘yicha yagona milliy reyestrlarni shakllantirish;

  • turizm xizmatlarini tashkil etishda, eng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlanish punktlarida, respublika hududi bo‘ylab harakatlanishda va turizm ob'yektlariga tashriflarni uyushtirishda turistlarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta'minlashga yo‘naltirilgan turizm xizmatlari ko‘rsatish sifati va xavfsizligi standartlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, turizm sohasida xizmatlarni litsenziyalash va sertifikatlashtirish hamda litsenziyalanadigan va sertifikatlashtiriladigan turizm xizmatlarining belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi bo‘yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish;

  • turizm sohasini davlat tomonidan va bozor munosabatlari asosida tartibga solishni maqbullashtirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga qarshilik qilayotgan barcha g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama ko‘maklashish, ushbu sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish;

  • turizm faoliyati sohasida birinchi navbatda BMTning Butunjahon turizm tashkiloti, turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar hamda turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish;

  • turizm faoliyati sub'yektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori sifat darajasida tashkil etish, tarmoq

.


O’zbekistonda turizmni rivojlantirishning istiqbollari

O’zbekiston Respublikasining turistik sohasi jahon turistik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, BTT ekspertlarining bashorati unga to„la taalluqlidir. Tahlil shuni ko’rsatmoqdaki, keyingi yillardagi barcha siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy beqarorliklarga qaramay, mamlakat turizm sanoati davlat investitsiyalarisiz va dotatsiyalarisiz tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmini oshirib borayotgan xalq xo’jaligi tarmoqlaridan biridir.



O’zbekiston zamonaviy turizm sanoatini rivojlantirish uchun barcha zarur narsalarga ega.

Buyuk Ipak Yo’li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega. Yuqorida ko’rsatilgan omillarga muhim ahamiyat berilarkan O’zbekiston Respublikasida turizm sanoatini rivojlantirish borasida bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi bosqichda tashqi va ichki muhitning tez o’zgarib turishi munosabati bilan O’zbekiston turizm bozorini rivojlantirishda ham bir qator muammolar mavjudligini ochiq tan olish zarur.

Xususan, iqtisodiyotimizdagi ba’zi qiyinchiliklar mavjudligi, iqtisodiyotning umumiy ahvoli juda ham qoniqarli davrajada emasligi, buning natijasida aholi to„lov qobiliyatining va turistik xizmatlarga talab darajasining pastligi, tarmoq moddiy bazasining yuqori darajada emasligi, xorijiy turizmning kuchli rivojlanmaganligi bu bozorga salbiy ta’sir o’tkazmoqda. O’z navbatida, bunday holat turizm tarmog’iga valyuta mablag„lari va davlat hamda mamlakatimiz va xorijiy investorlar tomonidan qo„yiladigan investitsiyalarning hajmi kam bo„lishiga olib keladi. Butun dunyoda turizm ancha katta foyda keltiradi va iqtisodiyotning rivojlanishiga ko’maklashadi.

Bu esa hozirgi kunda O’zbekiston uchun ham muhim omildir. Turizm bozori doimiy rivojlantirish va nazorat qilish asosida boshqarishga muhtoj bo’lib, bunda ilmiy va oqilona rejalashtirish printsiplaridan foydalanish zarur. Shundagina turizm davlatga katta iqtisodiy foyda keltirishi, shuningdek, ekologik shart-sharoit va jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy jarayonlarga yaxshi ta’sir ko’rsatishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining «Turizm haqida»gi qonuni turizmni rivojlantirish bo’yicha milliy, mintaqaviy, mahalliy dasturlar ishlab chiqish, ushbu yuqori rentabelli iqtisodiyot tarmog„ining oyoqqa turishi uchun me‟yoriy-huquqiy baza yaratish asosida turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni nazarda tutadi. So’nggi yillarda davlat tuzilmalarining turizmga nisbatan munosabati keskin o’zgarmoqda.

Ular turizmda milliy iqtiosiyotning inqirozdan chiqishi, bozor hududini shakllantirish, davlat byudjetiga katta mablag’lar tushishining amaliy usulini, bo’sh vaqtdan oqilona foydalanish, dam olish vaqtini mazmunli o’tkazish shaklini, xalqni mamlakatning tarixiy-madaniy qadriyatlariga jalb qilish usulini ko’rmoqdalar. Xorijiy mutaxassislar O’zbekiston Respublikasini uning nodir tabiiy resurslari va tarixiy-madaniy merosi tufayli turistik jihatdan istiqboli porloq malakatlar jumlasiga kiritadilar. Turistik sohaga rahbarlikni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi «O’zbekturizm» kopaniyasi tuzilgan bo’lib, u davlat manfaatlari va xalqaro amaliyot me’yorlarini hisobga olgan holda turizm faoliyatini muvofiqlashtirib turadi.

O’zbekistonning milliy-madaniy tiklanishi sharoitida ichki turizmning roli tobora ortib bormoqda. Shuning uchun O’zbekturizm kompaniyasining rejalarida

Turizmdagi asosiy va maxsus turlar

Turizmning barcha turlari ishlab chiqarish va insoniyatning ijodi va yaratuvchilik sohalaridan kelib chiqgan. Ziyoratgoh joylar, tarixiy obidalar, diniy rahnomolarning dahmalari jahonning mashhur kishilari hayotidir. Faqatgina ekologik turizm turlari tabiat mahsuli hisoblanadi. Ishlab chiqarish sohalarining yoki insonlar guruhining mo’jizakor, mukammal va hayratomuz ko’rinishga ega bo’lgan mahsulotlari, inshootlari insonlar oqimini o’ziga jalb qilishi turizm sohasini keltirib chiqardi, sohadagi turlarning ko’payib borayotganligi ham ana shu omillarga bog’liq.

Dunyoning 7 mo’jizasini ko’rish, ularning siru-asrorlari bilan tanishishga qiziqish qadim sivilizatsiyada turistlar oqimini tashkil qilganligi malum. Bu yerda birgina «turizm» so’zi hali kashf qilinmagan, tarifi berilmagan edi. O’zga yerlardagi odamlarni, tabiatni ko’rishga qiziqish, asosiy hollarda boylik izlash uchun chiqgan kishilar hozirda buyuk geografik kashfiyotchilar nomini olgan. Bu davr ham jahonda turizmning rivojlanishida alohida bosqich hisoblanadi. Hozirga kelib inson o’zining qiziqishi sohalarini ko’rib ulgurish, qoniqish olish, o’rganish, tanlash xususiyatlari va imkoniyat darajalaridan to’g’ri foydalanish uchun ishlab chiqarish sohalarini, tabiiy biologik resurslarni, insonlarning yashash tarzlarini alohida-alohida turizm sohasiga aylantirdi.

Dastlab inson o’zida paydo bo’lgan e’tiqod hissi nuqtai-nazaridan o’z dinidagi barkamol insonlar, avliyo va shayxlarga, keyinchalik ularning qabriga sig’indi, bu harakatlari unga xotirjamlik, osoyishtalik keltirishini sezdi. Bunday harakatlar turizmda ziyoratgoh yoki diniy turizm nomini oldi. Keyinchalik o’tmishdagi o’z ajdodlari qurgan mo’jizakor, mahobatli qurilish inshootlariga, insoniyatning mashhur sarkardalari qurdirgan qasrlarni ko’rishga intildi. Bu harakatlar hozirda tarixiy obidalar turizmi deb nomlangan.

Shu tariqa turizmning turlari ro’yxati to’lib bordi. Hozirgi rossiyalik mutaxassislarning yozishicha jahonda turizmning asosiy turlari 20-22 yo’nalishdan iborat. Qayd qilingan fikr, mulohazalar shuning uchun ham keltirildiki, turizmdagi maxsus turlar ro’yxatini tuzishdan oldin turizmdagi asosiy turlarning mohiyatiga to’xtalish zarurati bor. Asosiy turlar bilan maxsus turlar mohiyatini, mazmunini taqqoslash bu turlarni bir-biridan ajratish xususiyatlarini, sabablarini tushuntira oladi.

Turist va sayohat xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida paydo bo‘ladigan muammolardan biri o‘zaro munosabatalrni noto‘g‘ri baholash hisoblanadi. Gap shundaki, turistda safarni tashkil etilishga juda ko‘p e’tirozlar bo‘ladi, lekin bu e’tirozlar faqat sayohat jarayonida paydo bo‘ladi, keyinchalik esa turoperatorga bildiriladi. Ammo, turistik firma bilan sharnomani ikir-chikirigacha o‘rganib chiqishga vaqt ajratilsa, har xil muammolarga o‘rin qolmaydi. Shu munosabat bilan keyinchalik muammo paydo bo‘lmasligi uchun xavfsizlik qoidalariga amal qilish lozim.

O‘zbekistonda turistik xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega 400 dan ortiq turistik korxonalar ishlab turibdi. Ularning hammasi davlat nazorati ostida. Turistik xizmat ko‘rsatishni so‘rab, o‘zbek turistining xorij turfirmasiga murojaat qilish boshqa gap. Bu yerda hech kim uning xavfsizligiga kafolat beraolmaydi, bu haqda faqat uning o‘zi tegishli choralarni ko‘rishi kerak. Ekspertlar turistik xizmatlar ko‘rsatish haqida shartnoma tuzilayotganda quyidagi xavfsizlik qoidalarini taklif etadilar: Birinchidan, ushbu shartnomani imzolovchi vakolatli shaxsga e’tiborni qaratish kerak. Unga qanday hujjatga asoslanib imzo chekish huquqi berilgan (nizomgami, ishonch qog‘ozigami, buyruqqa asoslanibmi). Ikkinchidan, turist hech qachon o‘z imzosini qo‘yishga shoshilmasligi kerak. U hisobga olishi kerak, shartnoma bilan bitim rasmiylashtirilishi o‘zgartirishlar kiritilishi yoki fuqarolik huquqi va majburiyatlarini to‘xtatilishiga xizmat qiladi. U imzolaydigan hujjat sudda taklif qilingan shartlarni ko‘rib chiqishda dalil bo‘lib hisoblanadi.

Uchinchidan, tekshirib ko‘rish zarur, shartnomada turfirma, registratsiya, litsenziya va bank rekvizitlari haqida ma’lumotlar bormi? Yuqoridagi firma nomi va muhri asliga to‘g‘ri keladimi? Vaucher va Shartnoma ma’lumotlari o‘rtasidagi farq. Bilib qo‘yish kerak, shahar nomi, mehmonxona kategoriyasi, marshrut, bo‘lish programmasi va boshqa dam olish sharoitlari mavjudligi Shartnoma yoki Turistik yo‘llanmada ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.

Bu ma’lumotlar Turistik vaucherda ham ko‘rsatiladi va qoidaga ko‘ra, o‘zaro munosabatlarni va turoperator va qabul qiluvchi tomon o‘rtasidagi hisob-kitoblarni tartibga solishga xizmat qiladi va ko‘pincha baxslarga isbot tariqasida qabul qilinmaydi. Tegishli qonunlar firmaga mijozlarga (xizmat) tovar haqida zarur va ishonchli axborot berish majburiyatini yuklaydi, bu ularni to‘g‘ri tanlash imkoniyatini ta’minlashi

PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com.

Turistning vazifasi bu ma’lumotlar shartnomada aksini topganligiga ishonch hosil qilish. To‘rtinchidan, turfirma turistni u borayotgan mamlakat urfodatlaridan xabardor qilishga majbur. Ko‘ngilsizliklar ro‘y bermasligi uchun turist ushbu mamlakatda o‘zini tutish qoidalarini bilish kerak. Ammo, jo‘nab ketayotgan turist maxsus bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi shart emas. Turfirma unga borayotgan mamlakati mahalliy aholisi urf-odatlari (jumladan, diniy) va boshqalar haqida broshyura yoki maxsus ma’lumotlar ilovasini taqdim etishi lozim. Turist bu ma’lumotlarni olgani, tanishib chiqqanligi haqida qo‘l qo‘yib bersa, yana ham yaxshi. Agentlikda u xavfsizligi bilan bog‘liq shartnomada aks etgan bo‘lishnin biror bir maxsus shartlari haqida safar ma’lumotlarini talab qilishi zarur. Beshinchidan, safar chog‘ida xizmat sifati uchun javobgarlikni belgilash. Shartnoma shartlarini to‘liq bajarish uchun firma uchinchi shaxsni jalb etishiga to‘g‘ri keladi (aviakompaniya mehmonxona, ekskursiya).

Ammo, bu u ekskursiya yoki mehmonxonada ovqatlanish sifati uchun javobgar deganimas. Qonunchilikka muvofiq, turist turoperator yoki turagentlikdan safarga kiradigan o‘ziga ko‘rsatiladigan xizmatlarni, kim tomonidan ko‘rsatilishidan qat’iy nazar, talab qilishga haqli. Oltinchidan, pasport nazoratidan o‘tishda muammolar mavjud. Agar ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatiga kirish vizasini rasmiylashtirish kiritilgan bo‘lsa, u bevosita shartnomada ko‘rsatilishi shart. Ana shunda turfirma kirish hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirishga javobgar bo‘ladi. Pasportning o‘ziga kelsak, fuqaroning shaxsini guvohlovchi oshkor hujjatga ega bo‘lish – uning fuqarolik burchi.

Shuning uchun pasportni noto‘g‘ri rasmiylashtirgani yoki soxtaligi tufayli turist o‘tkazilmasa, turfirmaga e’tiroz bildirishning natijasi bo‘lmaydi. Bunday holda e’tiroz bilan pasportni bergan militsiya organiga murojaat qilish kerak. Yettinchidan, firmaga nisbatan shartnomani bajarishga turistning ta’sir etuvchi majburiyati mavjud. Shak-shubhasiz, turistning asosiy majburiyati shartnomani bajarilishi uchun safar to‘lovidir. U to‘langan summani tasdiqlovchi hujjat olishi kerak. Qoidaga ko‘ra, bu turistik yo‘llanma, agar u qo‘lga berilmasa, turist kassa cheki berishni talab qilishi kerak. To‘lovdan tashqari, turist kirish va chiqib ketish uchun zarur hujjatlarini taqdim etishga majbur va albatta, uchib ketishga vaqtida yetib kelishi lozim.

PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com

Sakkizinchidan, turist safardan voz kechishi hollari bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, shartnomada buyurtmachi tashabbusi bilan uni bekor qilish sharti ko‘rsatilgan. Bu holda turistga jarima to‘lashga to‘g‘ri keladi. Uning kattaligi nafaqat sayohatga to‘langan summaga, balki u firmani ogohlantirgan muddatga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar turist bevosita uchish oldidan safardan voz kechsa, unda umuman putyovka puliga kuyadi. Bundan tashqari, turfirma yetkazilgan moddiy zararni va boy berilgan imkoniyatni qoplashni talab qilishi mumkin (bu putyovka narxini yanada oshirib yuboradi).

Shuning uchun turist shartnomaga imzo qo‘yishdan oldin bu qat’iy shartlarni yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak. To‘qqizinchidan, ba’zan turfirma tashabbusi bilan shartnomani bekor qilishga to‘g‘ri keladi. Jiddiy asos bo‘lmasa turfirma turist bilan shartnomani bekor qilaolmaydi, chunki zimmaga olingan majburiyatlarni bir tomonlama bajarmaslik qonunga xilofdir. Ayrim hollargina bundan mustasno, albatta.

Bundan tashqari, turfirma turist bilan kelishib olmasdan bo‘lish programmasi va marshrutni o‘zgartirishga haqi yo‘q, shu jumladan, shahar va mehmonxonani ham, negaki bu ma’lumotlar shartnoma shartlarining asosiy qismi hisoblanadi. Ayni paytda turfirma shartnomani bekor qilinishiga o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan jiddiy sababni, yengib bo‘lmas kuchni isbotlay olsa, buning uchun javobgar bo‘lmaydi. Odatda, shartnomada ko‘rsatilgan bu punkt mazmuni shunday: “agentlik kelishilgan turistik xizmatlarni to‘liq hajmda bajarishga monelik qiluchi vaziyat paydo bo‘lganda va kelishilgan muddatda unga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra shartlarni bajarish imkoni bo‘lmasa, agentlik mijozni roziligisiz ekskursiya programmasida tanlangan otelni unga teng kategoriya otelga almashtirishi mumkin”.

Tabiiyki, yengib bo‘lmas vaziyatni sudda isbotlashga to‘g‘ri keladi. O‘ninchidan, agar turist safardan ko‘ngli to‘lmasa, sabablarini dalillar bilan tasdiqlashi zarur, u oftob urishi yoki ruhiy iztirob depressiya natijasida halovat ololmagan bo‘lsa, buning uchun hech kim aybdor emas. Albatta, ko‘ngil to‘lmagan boshqa hollarda turist e’tirozni yozma ravishda bildirishi kerak, unga e’tibor berilmasa sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishga haqli. Lekin bu qonunda belgilangan da’vo muddati ichida amalga oshirilishi kerak. Turist yaxshisi pulini, asabini yo‘qotib, vaqt o‘tkazmasdan o‘z talabini yozma ravishda zarur isbotlar bilan bildirgani ma’qul. Da’vo arizasini yozishda mutaxassislarga murojaat qilish ham ortiqchalik qilmaydi.

PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com.

Turistik xizmatlarga shartnoma tuzish va turfirmalar tanlash mavzusini ko‘rib chiqar ekanmiz, asosiy turistik xizmatlarni yetkazib beruvchi turoperator va turagentni yoddan chiqarmaslik lozim. Quyida turagent va turoperator faoliyati xususiyatlarini tushuntirishga urinib ko‘ramiz, negaki ularning bozordagi o‘rni va vazifasini tushunish turistga eng yaxshi tur xizmatlarga e’tibor qaratishga yordam beradi.

Turistik industriya – bir-biriga bog‘liq mehmonxonalar, transport, joylashtirish vositalari, umumiy ovqatlanish ob’ektlari, ko‘ngil ochar vositalar, bilimni boyitish ob’ektlari, ishga doir, sog‘lomlashtirish va sportga mo‘ljallangan yo‘nalishlar, turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, shuningdek, gid-tarjimonlik, ekskursiya xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarni tashkil etish va sotish bilan shug‘ullanuvchi, shuningdek, ekskursiyalarni tayyorlash va o‘tkazish, boshqa turistik xizmatlar ko‘rsatish tashkilotlari sezilarli rol o‘ynaydi. Hozirgi paytda turistik bozorda shunday ikki tipdagi tashkilot faoliyat ko‘rsatayapti: Turoperator va Turagent.

Turoperatorlik faoliyati deyilganda, yetakchi rolni bajarishadi, negaki aynan ular turistik mahsulotlarni shakllantiradilar. Otellari bronlashtiradilar va to‘lab qo‘yadilar, aviareyslarga buyurtma beradilar, transport bo‘yicha xizmatlarni ta’minlaydilar, ekskursiya xizmatlarini va h.k. amalga oshiradilar. Xullas, safarga kiradigan barcha xizmatlarni ta’minlaydilar. Bundan tashqari, turoperator o‘zi tashkil etadigan tur bahosini, chegirma siyosatini belgilaydi. Turlarni shakllantirishdan tashqari, turoperatorlar ularni maxsus yarmarkalar, ko‘rgazmalar, reklama va kotologlar, bukletlar nashr etish yo‘llari orqali bozorda harakatlanishini amalga oshiradilar. Turni keyingi sotishlar bir necha usullarda amalga oshiriladi. Turoperator turlarni turagent orqali sotishi mumkin. Bunda turoperator turistlar oldida ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati va taqdim etilgan axborotma’lumotlar uchun javob beradi. Bundan tashqari, turoperator turlarga kiruvchi kompleks xizmatlarni hammasini ham sotmaydi, uning aniq bir qismini (masalan, otelda joylashtirish) sotadi.

Turoperator o‘z turlarini mustaqil ravishda, vositachi – turagent ishtirokisiz ham sotishi mumkin. Turlarni shakllantirish usullari xilmaxil. Turistlarni qabul qiluvchi xorijiy operatorlar bilan shartnoma asosida jo‘natuvchi turoperatorlar mavjud. Ya’ni xorijiy turfirmalar yoki xizmat ko‘rsatuvchi otellar bilan kelishib turistlarni jo‘natadi. Bunday turoperator murakkab turlar marshrutini tuzadi, tashrif buyuriladigan joy mahalliy turoperatorlari kompleks xizmatlarini jalb etadi, ichki

PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com

marshrutni transport bilan ta’minlanishini tashkil qiladi.

Boshqa turoperatorlar qabul qilishda ishlashadi, ya’ni turlarni shakllantiradi va turistlarni qabul qilinadigan joyda xizmat ko‘rsatish programmasini tuzadilar. Bunda xizmat yetkazib beruvchilar (mehmonxonalar, ko‘ngil ochar muassasalar va boshqalar) bilan bevosita shartnomadan foydalanadilar. Charter aviareys (konsolidator) buyurtmachisi hisoblangan turoperator turga uchishni qo‘shadi, biletlarga baho qo‘yadi, vaqtni belgilaydi va aeroportda uchish/uchib kelishni vaqtini aniqlaydi.

Tajribada kamida uchta turmahsulotni mustaqil tuzgan turfirma turoperator sanaladi. Misol uchun, uchishdan, yashashidan sug‘urta, lekin bu qoida shartli hisoblanadi, negaki, tur xizmatlar bozori juda ko‘p majburiyatlar va oldi-sotdilardan iborat. Oxirgi mahsulotni kim yetkazib bergan, kim ishlab chiqaruvchi, hamisha bilib bo‘lmaydi. Turagentlar qoidaga ko‘ra, turoperatorlar turlarini sotadilar. Bu tashkilot – vositachi, bevosita turistik bozorda turistlar bilan ishlaydi va komission mukofot oladi. Turagent ish sifati qanday turligiga, haridor qaysi operatorni tanlashiga bog‘liq. Turni sotayotganda turagent xatosi, masalan, ishonchli bo‘lmagan ma’lumot, hujjatlarni noto‘g‘ri rasmiylashtirilishi, to‘lovni ushlanib qolishi va h.k. turistning dam olishini batamom barbod qilish mumkin. Shuning uchun turistik xizmatlar bozorida turagent ishi mas’uliyatli va sezilarlidir. Turagentlik faoliyati deyilganda, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxslar litsenziyasi asosida turistik mahsulotlarni sotish va harakatini amalga oshirish tushuniladi. Turoperator va turagent o‘rtasidagi sezilarli farq shundan iboratki, turagent turni shakllantirishda ishtirok etmaydi, uni tayor holda turoperatordan sotib oladi yoki turoperator topshirig‘iga ko‘ra sotadi.



Turagent faoliyat xususiyatlari quyidagilardan iborat: turagent turistga turoperator tomonidan shakllantirilgan turni turoperator taklif etgan shartlar bo‘yicha sotadi. Bunda turagent turist va turoperator o‘rtasida faqat vositachi vazifasini bajaradi. Uning javobgarligi odatda, sayohat shartlari, turistning huquq va burchlari uchinchi shaxs va turoperatorga o‘z vaqtida to‘lashni to‘liq tushunarli tarzda ma’lumot berish bilan chekalanadi.

Turistga turistik xizmatlar ko‘rsatilishi bo‘yicha biror bir e’tirozlar bo‘lsa, ularni ko‘rib chiqish shartnomada ko‘zda tutilgan tartibda turagent va turoperator tomonidan qarab chiqiladi. Turoperator haqidagi

PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com

ma’lumotlar turistga turistik xizmat ko‘rsatish shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak, bu qonun talabi. Turmahsulotlar sifati bo‘yicha e’tirozlar – turistik yo‘llanmada ko‘rsatilgan barcha xizmatlar ro‘yxatiga ko‘ra, turoperatorga ham, turagentga ham safar tugagandan keyin 20 kun ichida bildirilishi mumkin. Turagent turist bilan bevosita hamkorlikda ushbu holda zarur bo‘lgan hajmda sifatli xizmat ko‘rsatuvchi turoperatorni tanlashi mumkin. Turagent turistik xizmatlar bozorida erkin harakatlanadi, turistga unga ma’qul bo‘lgan turni, ishonchli turoperatorni tanlashida yordam beradi.

Turagent taklif qilayotgan turmahsulotlar narxi odatda turoperatornikidan yuqori bo‘lmaydi, negaki, turagent turoperatorning turini u taklif qilgan narxda, ba’zan undan kamroqqa ham sotadi. Shu tariqa u oladigan komission mukofotini qurbon qilib bo‘lsa ham, mijozlarni ko‘proq jalb etishga intiladi. Turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatida ko‘pincha turoperator va turagent vazifasini bitta turistik tashkilot bajarayotgani uchraydi. Misol uchun, turistik firma Ispaniya bo‘ylab uning turini shakllantirishni taklif etganda, turoperator sifatida chiqadi. Xuddi o‘sha paytda u boshqa turoperator tomonidan shakllantirilgan turni Finlyandiyaga sotadi. Bunda u turagent sifatida chiqadi. Nisbatan yirik turoperatorlar xususiy mijozlar bilan ishlamaydi, o‘z turlarini agentlik tarmog‘i orqali sotishni amalga oshiradi. Reklama bo‘yicha turfirma operatormi, yo agentmi, aniqlash juda qiyin. “Biz 10 yildan buyon turoperatormiz” deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan reklamaga ishonmaslik kerak.

Agentlik tarmog‘iga ega operatorlar reklamasida odatda agentlik litsenziyasi, telefoni raqamlari, joylashgan manzili haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Turagent turoperator bilan hamkorlikda reklamada ishtirok etmasligi mumkin. Lekin uning turlarini sotadi. Turoperatorlar hamma yo‘nalishlar bo‘yicha universal bo‘la olmaydilar.



Nufuzli turoperator yangi yo‘nalishga chiqishdan oldin bir necha yil ma’lum yo‘nalishga ixtisoslashadi. Turist o‘ziga turni tanlab olar ekan, ushbu marshrut operatori kim, u tanlagan yo‘nalishda uzoq vaqtdan buyon ishlayaptimi, aniqlab olishi lozim. Bozorda takliflar to‘lib-toshib yotibdi, ayniqsa mashhur yo‘nalishlarga. Shuning uchun tanlaganda faqat tur tarkibi va narxiga emas, marshrutni taklif qilgan turoperator ishonchligiga ham e’tibor berish kerak.

PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com.

Afsuski, hozirgi zamon bozor sistemasida o‘z oldiga mijozlarni aldashni maqsad qilib qo‘ygan turfirmalar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuning uchun nufuzli haridorga bunday ko‘ngilsizliklardan qochish imkonini beruvchi qoidalar mavjud. Hammaga ma’lum, tur uchun pul to‘lanayotganda turfirma turist bilan shartnoma tuzishi shart. Uni albatta, diqqat bilan o‘qib chiqish kerak. Chunki firma kutilmagan har qanday tasodiflar va e’tirozlardan o‘zini olib qochish uchun mijoz haqida emas, avvalo o‘zi haqida qayg‘uradi.

Turist turistik agentlik xodimi e’tiborini shartnomadagi shubhali punktlarga tortishi, ularni aniqlab berishni talab qilishga haqli. Agar qandaydir sabablarga ko‘ra, turist bilan yozma shartnoma tuzish rad etilsa, bu ko‘p uchrab turadi, yaxshisi boshqa turmahsulot yetkazib beruvchini tanlagan ma’qul.

Shuningdek, I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yilning asosiy yakunlari va 2011 yilda O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan ma`ruzasida O`zbekiston iqtisodiyoti oldida turgan asosiy vazifalar to`g`risida to`xtalib, “... kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning tez o`zgarib turadigan bozor talablariga javob berishini ta`minlaydigan zamonaviy tuzilmalarini shakllantirishda, yangi ish o`rinlarini tashkil qilishda va aholi daromadlarini oshirishda qanchalik o`ta muhim rol o`ynashini, albatta, chuqur anglaymiz”2 -dеb ta‘kidladi.

O`zbеkiston Rеspublikasining turizm to`g`risidagi davlat siyosati (mе'yoriy hujjatlar asosida)

Mamlakatimizda turizm ishiga Mustaqillikning dastlabki vaqtlaridanoq asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy - huquqiy mеxanizm vujudga kеltirilib, muhim mе'yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmoqda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog`onalarga ko`tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun avvalo huquqiy zamin yaratish lozim edi. Shu bois, O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining mazkur `nalishga taalluqli qonun va kodеkslari, O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining turizmga oid qator Farmonlari, qarorlari, Rеspublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya vazirligining va boshqa mutasaddi davlat idoralarining yo`riqnoma, ko`rsatma va tartiblari ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etildi. Shulardan kеlib chiqqan holda, mazkur hujjatlarni o`rganish va tahlil qilishni quyidagi tеmatikalar bo`yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir, - dеb o`ylaymiz: 1.



O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining turizmga oid qonun va kodеkslari

O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining 1997 - yil 24 - aprеlda qabul qilgan "O`zbеkiston Rеspublikasi soliq kodеksi" va unda turizm sohasiga oid imtiyozlar. Ushbu Kodеks 11 bo`lim, 41 bob va 134 moddadan iborat bo`lib, uning asosiy vazifasi - O`zbеkistonda soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq to`lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlarini bеlgilaydi, soliq ishlarini yuritish tartibotini va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni tartibga solib turadi. Kodеksda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig`i, qo`shilgan qiymat solig`i, aktsiya solig`i, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya solig`i, suv rеsurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol - mulk solig`i, er solig`i, rеklama solig`i, avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq, shuningdеk, turli yig`imlar haqida ham fikr yuritiladi. Kodеksda soliq to`lash bilan bir qatorda faoliyatning ayrim turlari (xususan, turizm faoliyati)ga soli

to`lashda imtiyozlar ham berilgan. Jumladan, 8 - bob "Daromad (foyda) solig`i bo`yicha imtiyozlar", - dеb nomlanib, uning 31 - moddasi 12 - qismida: "Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkеnt shaharlarida yangi tashkil etilgan, turizm faoliyati bilan shug`ullanadigan yuridik shaxslar tuzilgan paytdan boshlab birinchi daromad orttirgunga qadar, lеkin uzog`i bilan ro`yxatdan o`tgan vaqtdan e'tiboran uch yilgacha.

Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkеnt shaharlarida turistik faoliyat bilan shug`ullanuvchi yuridik shaxslar foyda olgan birinchi yili 50 %, ikkinchi yili 75%, uchinchi yildan boshlab 100 % miqdorida soliq to`laydi",- dеyiladi.

Turizm maqsadlari haqida ma'lumot.

Har bir sayohat yoki tur zamirida unga sabab bo`luvchi asosiy maqsad yotadi. Bu maqsadning yo`qotilishi yoki unga erisha olmaslik ushbu sayohatni turizm tarkibiga kiritmaslikka asos bo`ladi yoki turist qoniqish olmaydi. Shunday qilib, har qanday sayohat yoki turistik safardan asosiy maqsad bor bo`lib, unga ko`ra bu sayohatdan turizmning biror turiga mansubligi aniqlanadi, turist va uning turi statistikaning u yoki bu turiga kiritiladi, unga turli xil imtiyozlar beriladi. Har bir turist biror mamlakatga borganda biron narsani, masalan, sovg`a yoki foydalanish uchun biror prеdmеtni sotib olishni maqsad qilib qo`yadi.

Biroq, ba'zi turistlar turistik safarga borishda mayda tovar partiyalarini harid qilish va kеyinchalik sotish uchun o`z mamlakatiga olib kеlishni maqsad qilib oladi. Garchi mahalliy bozorlarda rеjalashtirilgan tovarlarning barchasini sotib olgandan so`ng, turistlar mahalliy rеstoran yoki plyajlarda bir nеcha kun dam olsada, tovar olib - sotish ularning asosiy maqsadiga aylanadi.

Bunday turistlar shopping - turistlar toifasiga mansub bo`lib, ular uchun maxsus shop - turlar tashkil qilinadi. Rossiyada bunday turistlar «chеlnoklar», - dеb nomlanadi. Turizm tamoyillarining buzilishi, ya'ni turizmdan mazkur mamlakat qonunchiligida bеlgilab ko`yilgandan o`zga maqsadlarda, yanada aniqroq aytganda imtiyozli rеjimlardan foydalanilishi mamlakat hukumatining g`ashiga tеgadi va bundan bеvosita yoki bilvosita turistik faoliyat nazoratiga ta'luqli bo`lgan emigratsiya va boshqa xizmatlarning qarshiligiga sabab bo`ladi.

Turizm - boshqa mamlakatga ayg`oqchi yuborish hamda iqtisodiy va boshqa turdagi ma'lumotlarni to`plash va tahlil qilish bilan shug`ullanuvchi ba'zi - bir mahkama va idoralar uchun bunday ma'lumotlarni olishning samarali usulidir.

Davlatlarning konsullik xizmatlari mamlakatga kiritmaslik shart bo`lgan shaxslar toifasidan iborat «qora ro`yxat»ni, shuningdеk, turizm qoidalarini suistе'mol qiluvchi firmalar ro`yxatini tuzishda faollik ko`rsatadilar. Turizmning eng asosiy iqtisodiy tamoyilini eslatib o`tamiz. Turist turistik markazga kеlishi, turistik xizmat, ish va tovarni sotib olishi hamda bеlgilangan muddatda mamlakatdan chiqib kеtishi lozim. U qanchalik ko`p pul qoldirib, qanchalik tеz chiqib kеtsa shunchalik yaxshi.



Turist - turistik markazdan pul olib kеtishi emas, balki unga pul olib kеlishi, mahalliy aholining ish joyini egallab olmasdan, aynan uning uchun ish o`rni yaratishi

lozim. Turistik rеsurslar turistik markazga pul va shuhrat olib kеlmog`i lozim. Dastlab eng umumiy maqsadlarni ko`rib chiqamiz. "Turizm asoslari" fanining barcha qoidalariga ko`ra turizmning asosiy maqsadlari dam olish, ko`ngil ocharlik, davolanish, mеhmondorchilik, sport, din va ishbilarmonlik hisoblanadi. Aniq bеlgilanmagan maqsadlarning barchasi ham bir xil imtiyozlardan foydalanadi. (Biz mafkuraviy maqsadlarni ko`rib chiqmaymiz, garchi bunday maqsadlarni osonlik bilan madaniy maqsadlar qatoriga kiritish mumkin bo`lsada).


Kodеksning 21 - bobi "Qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha imtiyozlar", - dеb nomlanib, uning 71 - moddasi 21 - qismida "turistik - ekskursiya xizmatlari" qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilinganligi bayon qilingan. Shuningdеk, 28 - bobi "Mol - mulk solig`i stavkalari va imtiyozlar", - dеb nomlanib, uning 92 - moddasida: "Samarand, Buxoro, Xiva va Toshkеnt shaharlarida yangi tashkil etilgan, turizm faoliyati bilan shug`ullanayotgan yuridik shaxslarning mol - mulkiga, tashkil etilgan vaqtidan e'tiboran dastlabki foyda olgunga qadar, lеkin ular ro`yxatdan o`tgan vaqtdan e'tiboran uch yildan ortiq bo`lmagan muddatga.

Ana shu yuridik shaxslar bеlgilangan imtiyozli davrdan kеyin bir yil o`tgunga qadar tugatilgan taqdirda soliq summasi ularning butun faoliyati davri uchun to`liq miqd orda undirib olinadi", - dеyiladi.

Umumiy qoidalar 1. "O`zbеkturizm" MK (kеyingi o`rinlarda Kompaniya dеb ataladi) turizm sohasidagi Vakolatli davlat organi hisoblanadi va o`z faoliyati to`g`risida O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. 2. Kompaniya tizimiga quyidagilar kiradi: Samarqand, Buxoro, Xorazm mintaqaviy bo`limlari; O`zbеkiston Rеspublikasi viloyatlari markazlaridagi Sayohat va ekskursiya byurolari davlat korxonalari; "Rеspublika ilmiy - o`quv konsalting markazi" davlat korxonasi; "Dispеtcherlashtirish va xizmat ko`rsatish markaziy boshqarmasi" davlat korxonasi; tasarrufidagi boshqa tashkilotlar.

Kompaniya- o`z faoliyatida O`zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti farmonlari va farmoyishlariga, O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, shuningdеk ushbu Nizomga amal qiladi. Kompaniya o`z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Markaziy apparat va mintaqaviy bo`limlar ta'minotiga harajatlar litsеnziyalar berish to`g`risidagi arizalar ko`rib chiqilganligi uchun yig`imlardan, sertifikatlashtirishga doir xizmatlar ko`rsatishdan tushumlar hamda qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga mablag` bilan ta'minlanadi.

Kompaniya va uning mintaqaviy bo`limlari yuridik shaxs hisoblanadilar, O`zbеkiston Rеspublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z nomi yozilgan muhrga ega bo`ladilar.

"Tashkent City" loyihasi boʻyicha 8ta bosh reja tayyorlangan va respublika rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan

TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. "Tashkent City" xalqaro biznes markazi loyihasi kontseptsiyasini tayyorlash doirasida Turkiya, Singapur va mahalliy arxitektura kompaniyalari vakillari taklif etildi. Bu haqda biznes markazning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, "Tashkent City" loyihasi boʻyicha 8ta bosh reja tayyorlangan va respublika rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan. Yakunda Turkiyaning Tabanlıoğlu Architects kompaniyasi tomonidan tayyorlangan bosh reja tasdiqlangan.

Tabanlıoğlu Architects kompaniyasi vakillari bilan boʻlib oʻtgan navbatdagi uchrashuvda loyiha tafsilotlari muhokama qilindi hamda qilinadigan ishlarning navbatdagi bosqichi aniqlab olindi.

Eslatib oʻtamiz, "Tashkent City" xalqaro biznes markazi Islom Karimov, Alisher Navoiy shohkoʻchalari, Furqat va Olmazor koʻchalari orasida 80 gektar maydonda joylashadi.

Xalqaro biznes markazi seysmik xususiyatlar, shaharning arxitektura qiyofasi, Markaziy Osiyo shaharsozlik anʼanalaridan kelib chiqqan holda tabiat bilan hamohanglikda barpo etiladi.

Biznes ofis, mehmonxona va apartamentlar uchun moʻljallangan, zamonaviy texnologiyalar boʻyicha bunyod etiladigan binolarning balandligi 40 qavatdan oshmaydi, turarjoylarning balandligi esa 12 qavatgacha boʻladi.




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling