1. Malakaviy tanishuv amaliyotining asosiy vazifalari


Xalqaro biznes markazi seysmik xususiyatlar, shaharning arxitektura qiyofasi, Markaziy Osiyo shaharsozlik anʼanalaridan kelib chiqqan holda tabiat bilan hamohanglikda barpo etiladi


Download 84.18 Kb.
bet2/2
Sana26.01.2020
Hajmi84.18 Kb.
1   2

Xalqaro biznes markazi seysmik xususiyatlar, shaharning arxitektura qiyofasi, Markaziy Osiyo shaharsozlik anʼanalaridan kelib chiqqan holda tabiat bilan hamohanglikda barpo etiladi.

Biznes ofis, mehmonxona va apartamentlar uchun moʻljallangan, zamonaviy texnologiyalar boʻyicha bunyod etiladigan binolarning balandligi 40 qavatdan oshmaydi, turarjoylarning balandligi esa 12 qavatgacha boʻladi.

 O'zbekistonda bo’limidagi kompaniyalar egalari va xizmatchilariga alohida murojaat etmoqchimiz. Agarda siz ishingiz rivojlanishini va yo’naltirilgan t’asirga ega bo’lgan bepul reklama qilishni istasangiz Yellowpages.uz ma’lumotnomasi sizni tengi yo’q yo’rdamchingizga aylanadi. Sizda reklama roliklari, banner va biznes rivojlanishida kerakli bo’lgan boshqa yordamchi vositalarni buyurtma qilishingiz uchun ko’p miqdorda mablag’ sarflashingizga zarurat qolmaydi. Katalogimizning туристические агентства bo’limida ma’lumotlarni joylashtirish uchun shuncha-ki sizda bunga bo’lgan xohish va kerakli ma’lumotlarni yetkazish kerak bo’ladi. Biz esa o’z navbatda hamkorligimiz har bir tomonga foyda keltirishi uchun qo’limizdan keladigan barchasini qilamiz. Hozirni o’zida «MS Word» (xajmi 111 Kb) formatida Anketani yuklab o’lib «Туристические агентства» bo’limiga o’z tashkilotingizni kiriting

Turizm bugungi kunda jahondagi eng ko‘p foyda keltiruvchi sohaga aylandi. So‘nggi yillarda uning jahondagi tovarlar va xizmatlar savdosining 10 % to‘g‘ri kelmoqda. Shuning uchun ko‘pgina mamlakatlarda bu sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ham turizmni rivojlantirishga davlat darajasida qarab, barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Mamlakatimiz turizmni rivojlantirishning barcha imkoniyatlariga ega. Birinchi navbatda, turistik resurslarga boyligi buning tasdig‘idir.Albatta turizmni shakllanishi va rivojlanishi turistik resurslarning salohiyatiga bog‘liqdir. Mamlakat qanchalik turli-tuman turistik resurslarga ega bo‘lsa, turizmni rivojlanishi shuncha oson kechadi. Turistik resurslarning turizmdagi ahamiyati uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunidan kelib chiqadi. Turizm ijtimoiy sohaning bir qismi bo‘lib, uning asosiy faoliyatlarida iste’molchiga iste’mol jarayonida moddiy va nomoddiy muhitni yaratish uchun xizmatlar qilish, dam olish va faoliyat ishlarini o‘zgartirish, almashtirish uchun sharoitlar yaratish, sog‘liqni muhofaza qilishni ta’minlash, shuningdek, aholining umumiy ma’lumoti va madaniy-texnik darajasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda turistik resurslar orqali dam olishni tashkil qilish, insonning hayotiy kuchlarini tiklash, bo‘sh vaqtdan unumli, to‘g‘ri foydalanish ta’minlanadi.

Shuningdek, turistik resurslar shaxsning rivojlanishida, barkamolligida, sayohatchining intellektual darajasini oshirishda, asabiy holatini yaxshilashda, shaxs sifatida tavsifini berishda xalqaro, davlatlararo va shaharlararo munosabatlariga ijobiy ta’sir qiladi. Undan tashqari turistik resurslar turizmni ijtimoiy samaradorligini ta’minlaydi. Bu soha bevosita aholining ijtimoiy sohaga muhtoj qatlamini, ya’ni maktab o‘quvchilarini, nafaqaxo‘rlarni, talaba – yoshlarni, nogironlarni, keksa nuroniylari kabi aholining shunday toifasini sayohat qildirish tushuniladi. Eng muhimi ushbu sohaga qo‘yilgan investesiya foyda uchun emas, balki ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.

Aholining salomatligi va atrof-muhit sifati o‘rtasida bevosita va bilvosita aloqalar mavjud. Masalan, Jahon sog‘liqni saqlash tashilotining ma’lumotlariga ko‘ra, aholi salomatligi 40-50% ularning iqtisodiy ta’minoti va yashash tarzi, 18-20 % atrof muhitning holatiga, 20-30% tibbiiy xizmat darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Havoning ifloslanishi aholi salomatligining 43-45 % yomonlashuviga sabab bo‘ladi. Zamonaviy gigiyena fani atrof-muhitning ifloslanishi aholi kasallanishining o‘rtacha darajasi 20% ga oshishini aniqlagan. Bunday vaziyatda rekreatsiya faoliyati ijtimoiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning muhim tarmog‘iga aylangan bo‘lib, u aholining ishdan bo‘sh vaqtidan foydalanishni yaxshilashga va dam olishini tashkil etishga xizmat qiladi.
Rekreatsiya inson tamonidan yuqori baholanadigan va ijtimoiy natija beradigan keng yo‘nalishni qamrab oladi. Unda dam olish va sog‘lomlashtirish, bilish va ijod, odamlar va tabiat bilan tanishish, ta’lim va tarbiyani takomillashtirish va boshqalar birgalikda o‘z ifodasini topadi. Bunday ehtiyojlarni qondirish, sog‘lomlashtirish, umrni o‘zaytirish, insonning jismoniy va ma’naviy darajasini oshirish, shaxsni barkomallashtirish, bilim va malakalarni oshirish va boshqa qator ijtimoiy natijalarga erishishga imkon beradi.

Tabiiy omillarga asoslangan rekreatsiya faoliyati (turizm ) shahar va qishloq aholisi orasida keng tarqalgan kasalliklarning ommaviy profilaktik vositasi hisoblanadi. U faqatgina ish qobiliyatini tiklashni va mehnat unumdorligini oshirishnigina ta’minlab qolmay, balki 20-50 % ga yurak-tomir, asab, nafas olish, oshqozon, suyak kasalliklari patologiyasi paydo bo‘lishining oldini olishni ta’minlaydi.O‘zbekistonning qulay iqlim sharoitlari va o‘ziga xos landshaftini inobatga olganda sport va ekologik turizmning rivojlanishi uchun barcha asoslar mavjud. Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyati ajoyib tog‘ tizimlari, gullagan vodiylar va ajoyib tog‘ daryolariga boy. Tog‘ning toza havosi, yil davomida quyoshli kunlarning ko‘pligi, ajoyib tog‘ manzaralari nafaqat O‘zbekiston fuqarolarining, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi qo‘shni mamlakatlarning aholisi ham tashrif buyuruvchi turizm obektlariga aylanishiga imkon beradi.

O‘zbekiston hududida mineral suvlarning turli xil turlari keng tarqalgan, mamlakatdagi 300 dan ortiq shifobaxsh yer osti mineral suv manbalariga ko‘plab odam tashrif buyuradi. Hozirgi kunda bu manbalardan 121 tasi faoliyat yuritmoqda. Chimyon va To‘rtko‘l kabi tog‘-chang‘i sportini rivojlantirish

mumkin bo‘lgan bir qancha tog‘ maskanlari mavjud. Baland qorli tog‘lar alpinizm, speleoturizm, daryo turizmi kabi turli tog‘ turizmi turlarini amalga oshirish imkonini beradi. Shifobaxsh giyohlarning ko‘pligi turli xil ekologik turlar, turli giyohlar va o‘simliklar yig‘ish uchun turlarni tashkil etishga ikmoniyat yaratadi. Bu esa ko‘plab chet ellik turistlar orasida qiziqish uyg‘otadi



Barqaror (o‘zgarmaydigan) omillar

Shular ichidan geografik omillarni tahlil etadigan bo‘lsak, bu omillar sayyohlik marshrutlarini to‘g‘ri tanlash, trasportning qulayligi, rekreatsiya resurslarining bahosi, turizmni mavsumga qarab rivojlantirish kabi jihatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.O‘z navbatida, geografik omillarni ikki guruhga bo‘lish keng tus olgan..


Geografik omillarMintaqalarda xalqaro turizmni rivojlanishiga tabiiy sharoitning katta ta’siri bor. Hozirgi jamiyatimizning o‘ta sanoatlashib borishi tufayli, insonlarning yovvoyi tabiatga bo‘lgan qiziqishi ortadi.

Iqlim, turizmni davriyligiga ta’sir ko‘rsatib, ayrim sohil bo‘yi dam olish joylari yil bo‘yi issiq iqlimga ega ekanligi (misol tariqasida Mavrikiy orollarini ko‘rsatish mumkin) tufayli, uzluksiz turistlar bilan gavjum bo‘lishiga olib kelgan. Tabiiy iqlim sharoiti turizm harakatini mavsumiy harakterga aylantiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Tabiatda ob-havoning o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanish hodisalari, tabiat injiqliklari turistlar oqimining keskin kamayishiga sababchi bo‘ladi. Shu sababli turizmning eng rivojlangan mintaqalari yer sharining mutadil iqlim zonalariga to‘g‘ri keladi. Jumladan, O‘rtayer dengizi, Qora dengiz, Karib dengizi, Adriatika dengizi, Boltiq dengizi, Yapon dengizi, Janubiy Xitoy dengizi qirg‘oqlarida joylashgan mamlakatlarda turizm xalqaro ahamiyatga eg.



O’zbekiston xududidining turistik qobilyati.

Resurslar

Mahalliy sayohatchilar talabi

Xorijiy sayohatchilar-

ning talabi

Resurs salohiyati

Foydalanish darajasi

Rekreasiya va ekologik turizm resurslari

past

yuqori

o‘rta

past

Madaniy va etnografik turizm resurslari

o‘rta

yuqori

yuqori

past

Tarixiy, me’moriy va arxeologik tanishuv resurslari

o‘rta

yuqori

yuqori

o‘rta

Diniy turizm resurslari


yuqori

o‘rta

yuqori

o‘rta

Ekzotik muhit va har xil sarguzasht resurslari

past

o‘rta

o‘rta

past

Servis sifati


past

yuqori

past

past

Turistlarni o’ziga jalb qiluvchi tarixiy va zamonaviy o’bektlar, rekratsion dam olish joylari mamlakatimiz hududi boyicha notekis joylashgan bo’lib, shartli ravishda 6 ta rekratsion mintaqaga ajratish mumkin.





2018-yilda sotilgan sayyohlik yo’llanmalarining soni va qiymati

Ko’rsatkichlar

Soni, birlik

Qiymati, mln.so’m

Sotilgan sayyohlik yo’llanmalari jami

531

844,1

Ulardan bevosita aholiga

531

844,1

shu jumladan:







O’zbekiston hududi boyicha O’zbekiston fuqarolariga

387

621,6

Chet el mamlakatlari boyicha O’zbekiston fuqarolariga

78

198,5

O’zbekiston hududi boyicha MDH fuqarolariga

38

15

O’zbekiston hududi boyicha boshqa chet el mamlakatlari fuqarolariga

28

9











‘zbekistonning turistik salohiyati katta ekanligi bilan birga, ularning ayrim turistik mintaqalari o‘ta diqqatga sazovordir. Masalan, turistlarning ko‘rishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar soni bo‘yicha Xiva shahari birinchi o‘rinda turadi. Unda 310 ta ob’ekt, ikkinchi o‘rinda Buxoro shahri boTib, unda 221 ta ob’ekt, Toshkent shaharida 144 ta va Samarqandda 118 ta ob’ekt mavjud. Ushbu mavjud turistik ob’ektlardan tashqari yana bir qancha ob’ektlarni birpo qilish mumkin. Birgina Samarqand viloyatini oladigan bo‘lsak, uning Urgut, Omon-qo‘ton, Ohalik, Mironqul kabi manzarali tog‘-daralari borki, bu joylarga piyoda marshrutlarni tashkil qilish mumkin.Albatta yoz fasllarida shu daralarda odamlar juda gavjum bo‘ladi. Lekin bular o‘z ixtiyori bilan borgan dam oluvchilardir. Tashkiliy tarzda bu tog‘ manzaralariga sayohatlar uyushtirish hamon yo‘lga qo‘yilmagan.

Bunday ob’ektlar Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin, Forish tumanlarida, vodiy viloyatlarida, Toshkent viloyatining ko‘plab manzaralari tumanlarida ham mavjuddir. Gap ularni ishga solib, aholi va mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun foydalanishda.Mintaqalarining asosiy belgilarini hamda 0‘zbekiston Respublikasi hududidagi ma’muriy chegaralarni hisobga olgan holda faoliyat ko‘rsatayotgan to‘rtta: Farg‘ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro, Xorazm va kelajakda rejalashtirilayotgan uchta Jizzax, Qarshi-Termiz, O‘rta-Qoraqalpoq turizm rayonini ajratib ko‘rsatish mumkin. Farg‘ona turizm rayoni respublikaning Namangan,

Andijon va Farg‘ona viloyatlarini qamrab oluvchi sharqiy qismida joylashgan. Tabiiy-iqlimiy sharoitlarning turli-tumanligi ko‘plab turizm ob’ektlari bilan birgalikda bu mintaqadan o‘quv-sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish maqsadida foydalanish imkoniyatini beradi. Arxeologik va me’morchilik yodgorliklar, sanoat komplekslari va xalq xunarmandchiligi Farg‘ona hududida turizm kompleksini shakllantiruvchi asosiy turizm ob’ektlaridir.

Tumanda Sux daryosi yoqasidagi Sariqurg‘onda, Oydinko‘l ko‘lida, Andijonning janubiy-sharqida «Bog‘ishamol», Karkidon suv omborida tabiiy dam olish hududlari tashkil qilingan. G‘oyatda qulay tabiiy imkoniyatlar, daryolar, ko‘llar va suv omborlarining ko‘pligi tog‘- iqlim sharoitlari bilan birgalikda tumanni katta maydondagi yagona turizm hududiga aylantiradi.

. O’zbekiston Respublikasi qonunlari:

1. O’zbеkiston Rеspublikasining “Turizm to’g’risida”gi qonuni // Xalq so’zi, 1999 yil 20 avgust.



II. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va qarorlari,

asarlari va nutqlari:
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018 yilning 22 fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi // “Xalq so‘zi” gazetasi, 23.02.2018y.

3. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarori. //www.lex.uz  

4. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qо‘mitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3510-sonli Qarori. //www.lex.uz

5. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3509-sonli Qarori. //www.lex.uz

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bо‘yicha qо‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar tо‘g‘risida” gi PF-5326-sonli Farmoni. //www.lex.uz

7. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 22 yanvardagi 2017–2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tо‘g‘risida”gi PF-5308-sonli Farmoni. //www.lex.uz

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Turizm industriyasini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig’ilishdagi nutqi. 2017 yil 3 oktabr. //www.kun.uz

9. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”gi PF-4947 –sonli Farmoni. //www.lex.uz

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni, 02.12.2016y. // www.lex.uz

11. Mirziyoyev Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bо‘lishi kerak.” - Toshkent: “О‘zbekiston”, 2017. - 104 b


O’zbekiston Respublikasi vazirliklari me’yoriy-huquqiy hujjatlari:
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 iyundagi №355-sonli qarori bilan “Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom” // www.lex.uz





XULOSA VA TAKLIFLAR

Mamlakatimizda turizm sohasining milliy iqtisodiyotga ta’sirini quyidagi funksiyalarda ifodalash mumkin:



  • milliy foydani yaratish;

  • yangi ishchi o‘rinlarini tashkil etish;

  • davlat byudjetiga valyuta tushumini ta’minlovchi manba;

  • aholi farovonligini oshirish;

  • iqtisodiy infrastrukturaning rivojlanishiga ko‘maklashish;

  • mintaqaviy rivojlanishni tenglashtirish;

  • investitsiyalarni jalb qilish jumladan, xorijiy investitsiyalarni;

  • tibbiy va madaniy yodgorliklardan foydalanishga ko‘maklashish.

Surxondaryo viloyati termiz shahridagi ‘Silk road pilgrim’ turk fermasida amalyot utash davrimda nazariy olgan bilimlarimizdan foydalanib amalyot utash davomida turk ferma ishini mukammalroq urganishga xarakat qildim.


Mintaqaviy turizm iqtisodiyotning o‘ziga xos bo‘lgan sohasi bo‘lib, ushbu soha ham boshqa sohalar singari mamlakat iqtisodiyotiga, uning yalpi ichki mahsulotining ko‘payishiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadigan soha hisoblanadi. Hozirgi paytda turizm juda muvozanatsiz holatda rivojlanmoqda.

Mintaqalarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvifaqligi belgilangan: 



  • O‘zbekistondagi muqaddas qadamjolarga ziyorat turizmi yo‘nalishi bo‘yicha sayyohlarni jalb qilish, bunda logistika, jumladan, charter reyslarni tashkil etish masalalarini hal qilish; 

  • Buxoro va Samarqand shaharlaridagi turizm hududlari tajribasi asosida Urganch, Toshkent shaharlari va Farg‘ona viloyatida turizm hududlari, shuningdek, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tog‘ klasterlarini bosqichma-bosqich tashkil etish; 

  • tashkil etilayotgan turizm hududlari va tog‘ (tog‘oldi) turizm klasterlariga chet el sarmoyadorlarini jalb qilish, shuningdek, yangi mehmonxonalar qurish uchun yurtimizga yetakchi mehmonxona brendlarini taklif qilish yoki mamlakatimizdagi mehmonxona xo‘jaliklarini ular boshqaruviga topshirish. 

  • tadbirkorlik subektlariga yangi mehmonxonalar va turizm infratuzilmasining boshqa inshootlarini qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun uzoq muddatli (15-yilgacha) kreditlar ajratish amaliyotini joriy qilish, bunda kredit va foizlarni qoplash uchun mehmonxonalarning moliyaviy tushumi va mavsumiy sharoitidan kelib chiqadigan talablar taqdim etiladi; 

  • tadbirkorlik subektlariga chet el valyutasidagi mablag‘larni o‘tkazish va soloqlar bo‘yicha imtiyozlar brlgilash; 

Bu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimiz turizm sohasining yanada rivojlanishiga yangi sur’at baxsh etib, unda belgilangan chora-tadbirlar ijrosiga xorijlik turistlar oqimi va turizm xizmatlari eksportini kengaytirish, tarmoqda yangi ish o‘rinlari yaratish asosida aholining bandlik darajasini oshirish, mehmonxonalar, sayyohlarni joylashtirishning boshqa vositalari va turizm faoliyati subektlari sonining ko‘payishiga xizmat qiladi.

Mamlakatda mintaqaviy turizmning tez sur’atlarda rivojlanishiga erishish uchun Respublika bo‘yicha faqat Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toshkentga e’tibomi kuchaytirmasdan balki boshqa mintaqalar bo‘yicha ham turizmni rivojlantirishning tegishli chora tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uning ijrosi yuzasidan nazoratni kuchaytirish lozim bo‘ladi. Bunda albatta mintaqalarda turizmning rivojlanishi, turistik resurslardan samarali foydalanish va turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyatini tartibga solib turuvchi boshqaruv organlarining samaradorligini oshirish lozim.

Davlat statistika Qo‘mitasi ma’lumotlariniga ko‘ra turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi firma va tashkilotlar soni Jizzax va Namangan viloyatlarida atigi 1 tadan ekanligini, ushbu yilda sotilgan turlar soniga e’tibor beradigan bo‘lsak Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida turlar sotilishi ham qoniqarli emas.

Bundan xulosa qilish mumkinki, yuqorida qayd qilingan viloyatlarda turizm sohasi tashkilotlari qoniqarsiz faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga ushbu viloyatlar hokimliklari o‘z viloyatlarida turizm tadbirkorligini tashkil qila olmaganlar.



Tur ferma ish faoliyatini boshlaganiga ko’p bo’lmaganiga qaramasdan xoziygi kunda xorijiy tur fermalari bilan aloqalarni urnatgan va xamkorlikda ish olib bormoqda bu xam MAMLAKATIMIZ TURIZ soxasi rivojlanishiga turki bulmoqda.

Turk fermaga malakaliy agent va yetuk mutaxasislar ish olib bormoqda.
Download 84.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling