1. Malumot –axboror hujjatlari tug’risida malumot bering
Bayonnomadan ko’chirma yozing
Download 291.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Himmatov Islom Akademik yozuv fanidan MUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy kengash raisi (imzo) T.SHIRINOV Ilmiy kotib (imzo) A.ABDUSAIDOV
3. Bayonnomadan ko’chirma yozing.
Samarqand Davlat universiteti Ilmiy kengashining 2019 yil 29 iyunda o`tkazilgan 12-raqamli majlisi BAYONNOMASIDAN KO`CHIRMA Qatnashdilar: 44 nafar Ilmiy kengash a’zosidan 40 nafari Eshitildi: «Yilning eng yaxshi darsligi va o`quv adabiyoti muallifi» 2019 yil Respublika tanloviga fizika-matematika fanlari doktori, professor M.Isroilovning «Hisoblash metodlari» nomli ikki qismdan iborat darsligini tavsiya etish, A. Pardayev, ilmiy kotib axboroti O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi 4-son va 2006 yil 6 iyuldagi 290- son qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi , Xalq ta’limi vazirligi va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi «Yilning eng yaxshi darsligi va o`quv adabiyoti muallifi» 2009 yil Respublika tanlovini e’lon qilgan edi. Fizika-matematika fanlari doktori, professor M.Isroilovning «Hisoblash metodlari» (1-qism. – Tosh-kent: O`zbekiston, 2003. - 440 bet; 2-qism. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2008. – 320 bet) nomli ikki qismdan iborat darsligi davlat ta’lim standartlari asosida tayyorlangan. Darslik oliy o`quv yurtlarida «Matematika», «Tadbiqiy matematika va informatika», «Axborot texnologiyalari» ixtisosliklari bo`yicha o`zbek tilida ta’lim olayotgan bakalavr va magistrlarga mo`ljallangan. Hozirgi kunda Oliy o`quv yurtlari talabalari mazkur darslikdan asosiy o`quv adabiyoti sifatida foydalanishmoqda. Ushbu masala mexanika-matematika fakulteti Ilmiy kengashi majlisida muhokama etilib, darslik tanlovga tavsiya etilgan. QAROR QILINDI: Fizika-matematika fanlari doktori, professor M.Isroilovning «Hisoblash metodlari» (1-qism. – Toshkent: O`zbekiston, 2003. - 440 bet; 2-qism. – Toshkent: Iqtisod – moliya, 2008. – 320 bet) nomli darsligi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan «Yilning eng yaxshi darsligi va o`quv adabiyoti muallifi» 2009 yil Respublika tanloviga tavsiya etilsin. Ilmiy kengash raisi (imzo) T.SHIRINOV Ilmiy kotib (imzo) A.ABDUSAIDOV Download 291.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling