1. Ma'lumot-axborot hujjatlariga qaysilar kiradi? A guvohnoma, yo‘riqnoma
Download 50.46 Kb.
|
DTIY - yakuniy nazorat
Taklifnoma
D) Taqriz 32. Hujjatlarning qaysi qismi tashkilot nomidan so‘ng katta harflar bilan yoziladi? A) Matn sarlavhasi B) Nazorat haqida qayd C) Tashkilotning manzil ma’lumotlari D) B va C 33.Ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos hislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatga nima deyiladi? A) Tavsiyanoma B) Tarjimai hol C) Tavsifnoma D) Taqriz 34.Hujjat nomi va matn sarlavhasidan keyin qanday tinish belgisi qo‘yiladi? A) vergul B) nuqta C) ikki nuqta, qavs, tire D) hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi 35. Bir voqea yoki holat (shaxsning yashash joyi, vazifasi yoki muassasa faoliyati) haqida axborot beruvchi hujjatga nima deyiladi A) Dalolatnoma B) Taqriz C) Ariza D) Ma’lumotnoma 36. Bir shaxs yoki xodim haqida ma’lumot beradigan, uni biron lavozim yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilotga a’zo bo‘lishga tavsiya etiladigan rasmiy hujjatga nima deyiladi? A) Hisobot B) Taqriz C) Ariza D) Tavsiyanoma 37. Qaysi ish hujjati asosan moliya-xo‘jalik ishlarini hisobga olish, taftish o‘tkazish, baxtsiz hodisalarni baholash, turli tekshiruvlar o‘tkazilganda tuziladi. A) Dalolatnoma B) Buyruq C) Hisobot D) Ma’lumotnoma 38. Farmoyish nima? A) Ishchi va xizmatchining xizmat faoliyatini ko‘rsatuvchi asosiy hujjat B) Davlat boshqarish organi rahbarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat asosiy va kundalik vazifalarni hal qiluvchi hujjat C) Muassasa ma’muriyati bo‘limlari rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilingan hujjat D) Bo‘lgan voqea, mavjud holatni bildirish mazmunidagi hujjat 39. Ariza nima? A) Tashkilot korxona yoki muassasa rahbari nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat B) Ishchi va xizmatchining xizmat faoliyatini ko‘rsatuvchi asosiy hujjat C) Fuqaro shaxsini bildiruvchi va u haqda muhim ma’lumot beruvchi rasmiy hujjat D) Bo‘lgan voqea, mavjud holatni bildirish mazmunidagi hujjat 40. Quyidagi qoliplashgan tuzilmalar qaysi ish hujjatida qo‘llanadi: “… so‘m maosh bilan …lavozimiga tayinlansin” , “ … o‘z hohishiga ko‘ra …lavozimidan ozod qilinsin” A) Buyruq B) Bayonnoma C) Ma’lumotnoma D) Bayonnoma 41. Mehnat bitimi deb ataluvchi hujjatning yana bir nomi nima? A) Dalolatnoma B) Taqriz C) Ariza D) Shartnoma 42.Qaysi ish hujjatlarida ko‘pchilikning fikri ifoda etilgani tufayli unda berildi, tuzildi, eshitildi, qaror qilindi singari so‘z va jumlalar o‘tgan zamonda, majhul nisbatda beriladi? A) Buyruq, farmoyish B) bayonnoma, ma’lumotnoma, dalolatnoma C) ariza, tilxat, tushuntirish xati D) A va B javoblar to‘g‘ri 43.Fikrni so‘z orqali ifodalash qobiliyati, mahorat, amaldagi so‘zlashuv jarayonidagi tilga nima deyiladi? A) Atama B) Madaniyat C) Nutq D) ma’naviyat 44. Mehnat daftarchasi atamasi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A) Ishchi va xizmatchining xizmat faoliyatini ko‘rsatuvchi asosiy hujjat B) Bo‘lgan voqea, mavjud holatni bildirish mazmunidagi hujjat C) Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z hayoti va faoliyatini aks ettirib yoziladigan bayonnoma hujjat D) Asosan alohida nashr hisoblanadigan o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va monografiyalarga yozilib, ularda asarning qisqacha mazmuni, ahamiyati, kimlarga mo‘ljallab yozilganini bildirgan hujjat 45.Qaysi ish hujjatida asosan alohida nashr hisoblanadigan o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va monografiyalarga yozilib, ularda asarning qisqacha mazmuni, ahamiyati, kimlarga mo‘ljallab yozilgani o‘z ifodasini topadi? A) Ariza B) Annotatsiya C) Bayonnoma D) Taqriz 46. Quyidagi qaysi hujjat bir necha kishi tomonidan tuziladi? A) Dalolatnoma B) Ma’lumotnoma C) Tushuntirish xati D) Ariza 47. Qaysi ish hujjati rejalashtirilgan ishlarning qanday amalga oshirilganligi to‘g‘risida taqdimot tarzida tuziladi? A) Dalolatnoma B) Buyruq C) Hisobot D) Bayonnoma 48. Qaysi hujjat turi kun tartibi, qaror kabi qismlardan iborat? A) dalolatnoma B) bayonnoma C) e’lon D) farmoyish 49. Buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar xizmat mavqeyiga ko‘ra qanday hujjatlar hisoblanadi? A)tashkiliy hujjatlar B)farmoyish hujjatlar C)ma’lumotsimon-axborot hujjatlar D)shaxsiy hujjatlar 50. Ko‘chirma olinadigan hujjat turini belgilang. A) buyruq, bayonnoma B) tilxat, ishonchnoma C) farmoyish, dalolatnoma D) tavsifnoma, tavsiyanoma 51. Dalolatnoma qanday qismlardan tashkil topadi? A) kirish , asosiy qism, xulosa B) kirish, maxsus qaydlar C) kirish, umumiy tekshiruvlar D) kirish va ta’kid 52. Dalolatnoma, asosan, necha nusxada tuziladi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 53. Ishonchnomalar uzog‘i bilan qancha muddatga beriladi? A) 6 oy B) 3 oy C) 3 yil D) nomuayyan muddatga 54. Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomonidan rasmiylashtirilishiga qarab ishonchnomalar qanday turlarga bo‘linadi? A) ichki va tashqi B) umumiy va xususiy C) rasmiy va norasmiy D) rasmiy va shaxsiy 55. Ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirilib berilgan yozma hujjat qaysi? A) shaxsiy ishonchnoma B) rasmiy ishonchnoma C) norasmiy ishonchnoma D) oddiy ishonchnoma 56. Ma’lumotnomaning qaysi turi jo‘natma hujjatlar daftariga qayd etiladi? A) shaxsiy ma’lumotnoma B) xizmat ma’lumotnomasi C) ichki xizmat ma’lumotnomasi D) barchasi 57. Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari qaysi? A) matn, imzo, sana B)tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumot va hujjat nomi C) ismi sharifi, tug‘ilgan yili, manzili D) millati, ma’lumoti, lavozimi 58. Tavsifnoma matni nechanchi shaxs tilidan bayon qilinadi? A) I shaxs B) II shaxs C) III shaxs D) vaziyatga qarab turlicha bo‘lishi mumkin 59. Qaysi hujjat turida “intizomli”, “mehnatsevar”, “talabchan”, “tashabbuskor” kabi sifatlardan foydalaniladi? A) tavsifnoma B) tarjimayi hol C) bayonnoma D) xat 60. Tavsiyanomaning tavsifnomadan farqi nimada? A) faqat ijobiy xususiyatlarning ko‘rsatilishida B) salbiy jihatlarning ko‘rsatilishida C) ijobiy va salbiy xususiyatlar qayd etilishida D) ikkalasi bir hujjat hisoblanadi 61. Telegramma qanday uslubda yoziladi? A) rasmiy- publitsistik uslubda B) “telefraf uslubi”da C) publitsistik uslubda D) ilmiy uslubda 62. Telefonogramma necha nusxada tayyorlanadi? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 63. Quyidagilardan qaysi biri javob talab qiladigan xatlar sirasiga kiradi? A) ilova xat B) axborot xat C) da’vo xat D) tasdiq xat 64. Quyidagilardan qaysi biri javob talab qilmaydigan xatlar sirasiga kiradi? A) so‘rov xat B) axborot xat C) da’vo xat D) iltimos xat 65. Xizmat xatlari necha qismlardan iborat bo‘ladi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 1 66. Xizmat xatlarining kirish qismida nimalar ifodalanadi? A) xat bilan tegishli muassasaga murojaat qilishga majbur etuvchi sabab ko‘rsatiladi B) xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi dalillar asosida bayon qilinadi C) xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ifodalanadi D) xat kim tomonidan yozilgani qayd etiladi 67. Xizmat xatlarining ikkinchi qismida nimalar ifodalanadi? A) xat bilan tegishli muassasaga murojaat qilishga majbur etuvchi sabab ko‘rsatiladi B) xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi dalillar asosida bayon qilinadi C) xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ifodalanadi D) xat kim tomonidan yozilgani qayd etiladi 68. Xizmat xatlarining xulosa qismida nimalar ifodalanadi? A) xat bilan tegishli muassasaga murojaat qilishga majbur etuvchi sabab ko‘rsatiladi B) xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi dalillar asosida bayon qilinadi C) xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ifodalanadi D) xat kim tomonidan yozilgani qayd etiladi 69. Xizmat xatlari, asosan, necha nusxada tayyorlanadi? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 70. Bunday xatlardan ko‘zlangan maqsad ma’lum tashkilot yoki shaxsni amalga oshirilayotgan tadbirdan xabardor qilishdir. Gap qaysi xat turi haqida ketmoqda? A) ilova xat B) axborot xati C) so‘rov xati D)kafolat xati 71. Ma’lum bir muassasaning boshqa bir idora yoki transport tashkilotlariga nisbatan talab va e’tirozlari bayon qilinadigan xat turi qaysi? A) da’vo xati B) axborot xati C) so‘rov xati D)kafolat xati 72. Xatni qabul qilib oluvchilarni jo‘natiladigan hujjatlar haqida yozma habardor qilish uchun qo‘llanuvchi qisqacha xabar qog‘ozi qanday nomlanadi? A) da’vo xati B) axborot xati C) so‘rov xati D) ilova xati 73. Muassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa muassasalarga rasmiy xat asosida murojaat qilishadi. Bunday o‘zaro yozishmalar qaysi xat turi orqali amalga oshiriladi? A) da’vo xati B) iltimos xati C) so‘rov xati D)kafolat xati 74. Muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida tuziladigan hujjat turi qaysi? A) da’vo xati B) axborot xati C) so‘rov xati D)kafolat xati 75. Javob talab qilinadigan bu xat turida ma’lumotlar, hujjatlar yoki boshqa narsalar so‘raladi. Ushbu ma’lumot qaysi hujjat haqida? A) da’vo xati B) axborot xati C) so‘rov xati D)kafolat xati 76. Ma’lum bir muassasa tomonidan yuboriladigan iltimos va so‘rovlarga javob tarzida yoziladigan xat turi qaysi? A) da’vo xati B) axborot xati C) so‘rov xati D) tasdiq xat 77. Bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga bir xil mazmundagi xabarni yetkazadigan rasmiy hujjat qaysi? A) da’vo xati B) axborot xati C) so‘rov xati D) farmoyish xati 78. Bu hujjatni tuzishdan asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqa-hodisalarni yoki mavjud holatlarni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bu qaysi hujjat? A) dalolatnoma B) bildirgi C) tushuntirish xati D) hisobot 79. Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat bu – A) nizom B) ustav C) yo‘riqnoma D) tushuntirish xati 80. Quyidagilardan qaysi biri tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi? A) yo‘riqnoma, nizom, shartnoma B) guvohnoma, ariza, buyruq C) buyruq, ko‘rsatma, farmoyish D) e’lon, hisobot, vasiyatnoma 81. Quyidagilardan qaysi biri ma’lumot-axborot hujjatlari sirasiga kiradi? A) yo‘riqnoma, nizom, shartnoma B) guvohnoma, ariza, buyruq C) buyruq, ko‘rsatma, farmoyish D) e’lon, hisobot, vasiyatnoma 82. Quyidagilardan qaysi biri farmoyish hujjatlari sirasiga kiradi? A) yo‘riqnoma, nizom, shartnoma B) guvohnoma, ariza, buyruq C) buyruq, ko‘rsatma, farmoyish D) e’lon, hisobot, vasiyatnoma 83. Quyidagilardan qaysi biri xizmat yozishmalari hisoblanadi? A) yo‘riqnoma, nizom, shartnoma B) guvohnoma, ariza, buyruq C) adres, taklifnoma, farmoyish xat D) e’lon, hisobot, vasiyatnoma 84. Quyidagilardan qaysi biri xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar hisoblanadi? A) yo‘riqnoma, nizom, shartnoma B) guvohnoma, ariza, buyruq C) buyruq, ko‘rsatma, farmoyish D) mehnat daftarchasi, shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildi 85. Davlatlararo yozishmalarning eng asosiy va keng tarqalgan turi qaysi? A) nota B) rasmiy xatlar C) memorandumlar D) diplomatik qaydnomalar 86. Buyruq matni qanday qismlardan tashkil topadi? A) kirish va farmoyish qismi B) kirish, maqsad C) kirish, sabab, xulosa D) kirish, asos, xulosa 87. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi hujjat qaysi? A) mehnat daftarchasi B) mehnat shartnomasi C) ma’lumotnoma D) rahbarning buyrug‘i 88. Xodimning shaxsiy hujjatlar yig‘majildi qachon rasmiylashtiriladi? A) Ishga qabul qilish haqida buyruq chiqqanidan keyin B) Xodim ishga kirish haqida ariza bergandan keyin C) Xodimning rahbarga og‘zaki murojaatidan keyin D) Hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ma’lum bir vaqt belgilanmagan 89. Hujjatlar oqimi necha turga bo‘linadi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 90. Boshqa tashkilotlardan keladigan hujjatlar qanday nomlanadi? A) Olinma hujjatlar B) Jo‘natma hujjatlar C) Ichki hujjatlar D) Tashqi hujjatlar 91. Boshqa tashkilotlarga yuboriladigan hujjatlar qanday nomlanadi? A) Olinma hujjatlar B) Jo‘natma hujjatlar C) Ichki hujjatlar D) Tashqi hujjatlar 92. Tashkilotning ichida tuzilib, boshqaruv jarayonida xodimlar tomonidan foydalaniladigan hujjatlar qanday nomlanadi? A) Olinma hujjatlar B) Jo‘natma hujjatlar C) Ichki hujjatlar D) Shaxsiy hujjatlar 93. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasidan olingan hujjatlar, olingandan so‘ng qancha muddat mobaynida ijro etuvchilarga yetkaziladi? A) uch kun muddatda B) bir kun muddatda C) bir soat ichida D) bir hafta mobaynida 94. Hujjatning asl munosabat belgisi qanday nomlanadi? A) rezolyutsiya B) rekvizit C) aksiz marka D) ustxat 95. Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, hujjat jo‘natilgan kundan boshlab qancha muddat ichida bajarilishi kerak? A) 10 kun B) 20 kun C) 1 oy D) 1 hafta 96. Hujjatlar yig‘majildlari yig‘ma nomenklaturasi kim tomonidan tuziladi? A) kotib B) umumiy bo‘lim C) devonxona D) barchasi 97. Arxivdan olingan hujjatlar qancha muddat ichida yana arxivga qaytarilishi kerak? A) 10 kun B) 15 kun C) 20 kun D) 1 oy 98. Bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot berish mazmunini ifodalaydigan hujjat qaysi? A) dalolatnoma B) ma’lumotnoma C) tushuntirish xati D) axborot xati 99. Shartnomalar qanday usulda tuziladi? A) og‘zaki B) yozma C) majburuy va ixtiyoriy D) A va B 100. Arizalarning qaysi turi nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi? A) iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar B) da’vo arizalari C) taklif mazmunini aks ettiruvchi arizalar D) sodda arizalar 101.Tegishlilik jihatiga ko‘ra hujjatlar qanday turlarga ajratiladi? A) rasmiy va shaxsiy B) ichki va tashqi C) sodda va murakkab D) xususiy, namunaviy va qolipli 102. Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeyiga ko‘ra hujjatlar qanday tasniflanadi? A) tashkiliy,farmoyish,ma’lumot-axborot,xizmat yozishmalari B) ilmiy, farmoyish, axborot, xizmat yozishmalari C) tashkiliy, rasmiy, ma’lumot-axborot, xizmat yozishmalari D) tashkiliy, farmoyish, ma’lumot-axborot, shaxsiy 103. Tarjimayi hol hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 104. Bayonnoma hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 105. Vasiyatnoma hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 106.Dalolatnoma hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 107. Tavsiyanoma hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 108. Buyruq hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 109. Guvohnoma hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 110. Nizom hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 111. Ta’tillar grafigi hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 112. Adres hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 113. Telegramma hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 114. Axborot xat hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 115. Ilova xat hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 116. Kafolat xat hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 117. Tasdiq xat hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 118. Xat hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 119. Ko‘rsatma hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 120. Farmoyish hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 121. Hisobot hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 122. E’lon hujjatchilikning qaysi turiga kiradi? A) ma’lumot-axborot B) farmoyish C) tashkiliy D) xizmat yozishmalari 123. Hujjat turli tashkilotlarga jo‘natilayotganda “Oluvchilar” rekviziti ko‘pi bilan qancha bo‘lishi kerak? A) 4 B) 5 C) 6 D) 7 124. Lotincha “ko‘rilgan”, “qarab chiqilgan” ma’nolarini anglatuvchi so‘z? A) viza B) rezolyutsiya C) rekvizit D) akt 125. Amaliyotda biron-bir hujjatni tayyorlagan shaxsning bu hujjatga mas’ulligini tasdiqlovchi imzosini, shuningdek, mansabdor shaxsning muayyan hujjatdagi fikrga (iltimos yoki talabga) roziligini anglatadi. Ushbu fikr nima haqida? A) viza B) rezolyutsiya C) rekvizit D) akt 126. Qolipli hujjatlarda qanday axborotlar aks etadi? A) o‘zgarmas B) o‘zgaruvchan C) doimiy D) Ava B 127. Yo‘riqnomaning zaruriy qismlari nechta? A) 4 B) 5 C) 6 D) 7 128. Tashkilot blankasida tuzilib, lavozimlar ro‘yxati, shtat birligi soni, lavozim maoshlari, ustamalar, ish haqining oylik fondi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi hujjat qaysi? A) shtat jadvali B) shtat yo‘riqnomasi C) mehnat bitimi D) shartnoma 129. Turli yig‘ilish, kengash va boshqa turli xil anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlarini va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat qaysi? A) bayonnoma B) bildirgi C) dalolatnoma D) guvohnoma 130. Qanday bildirishnomalar rahbar shaxs yoki bo‘lim mudiri nomiga yoziladi? A) ichki B) tashqi C) tashabbus D) hisobot 131. Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri – bu… A) xolislik B) rasmiylik C) an’anaviylik D) yagonalik 132. Hujjatlar tilida qaysi turkumga oid so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi? A) ot B) sifat C) fe’l D) olmosh 133. Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda ularda qanday gaplar deyarli qo‘llanilmaydi? A) inkor gap B) undov gap C)so‘roq gap D) B va C 134. Hujjatlar tili nechanchi shaxs tilidan yoziladi? A) I va II shaxs B) II shax C) III shaxs D) I va III shaxs 135. Farmoyish hujjatlari nechanchi shaxs tilidan yoziladi? A) I shaxs B) II shax C) III shaxs D) vaziyatga qarab turlicha bo‘lishi mumkin 136. Arizalar, odatda, nechanchi shaxs tilidan yoziladi? A) I shaxs B) II shax C) III shaxs D) vaziyatga qarab turlicha bo‘lishi mumkin 137. Tushuntirish xati nechanchi shaxs tilidan yoziladi? A) I shaxs B) II shax C) III shaxs D) vaziyatga qarab turlicha bo‘lishi mumkin 138. Buyruq nechanchi shaxs tilidan yoziladi? A) I shaxs B) II shax C) III shaxs D) vaziyatga qarab turlicha bo‘lishi mumkin 139. Farmoyish nechanchi shaxs tilidan yoziladi? A) I shaxs B) II shax C) III shaxs D) vaziyatga qarab turlicha bo‘lishi mumkin 140. Ko‘rsatma nechanchi shaxs tilidan yoziladi? A) I shaxs B) II shax C) III shaxs D) vaziyatga qarab turlicha bo‘lishi mumkin 141. “Sizga …ni ma’lum qilamiz”, “Sizda …ni bildiramiz”, “Sizga …ni eslatamiz”, “…yordam tariqasida…”, “…qaroriga muvofiq ravishda…” kabi qoliplashgan birikmalardan qaysi hujjat turlarida foydalaniladi? A) buyruqda B) farmoyishda C) arizada D) xizmat yozishmalarida 142. Kafillik shartnomasi kimlar o‘rtasida tuziladi? A) “Kafil” va “Lizing oluvchi” B) “Kafil” va “Lizing beruvchi” C) “Kafil”, “Lizing oluvchi” va “Lizing beruvchi” D) bunday shartnoma turi mavjud emas 143. Mohiyat e’tibori bilan buyruqlar necha guruhga bo‘linadi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 144. 143. Mohiyat e’tibori bilan buyruqlar qanday bo‘ladi? A) asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid B) ichki va tashqi C) umumiy va xususiy D) asosiy va shaxsiy 145. Buyruqning farmoyish qismida “Buyuraman” so‘zidan keyin qanday tinish belgi ishlatiladi” A) nuqta B) ikki nuqta C) nuqtali vergul D) tinish belgi ishlatilmaydi 146. Farmoyishlarda fe’l qanday shaklda bo‘ladi? A) majhul nusbatda B) aniq nisbatda C) harakat nomi shaklida D) xabar maylida 147. Idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjarlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzsidan chiqaridigan huquqiy hujjat bu … A) buyruq B) farmon C) ko‘rsatma D) ko‘chirma 148. Qaysi hujjat turida “..buyruqni bajarish uchun”, “Yuklayman”, “Tavsiya etaman” kabi birikmalar qo‘llaniladi? A) buyruq B) farmon C) ko‘rsatma D) ko‘chirma 149. Da’vo arizalari xizmat arizalaridan nimasi bilan farq qiladi? A) to‘rtburchak muhrning bo‘lmasligi bilan B) farq qilmaydi C) bir necha shaxs tomonidan yozilganligi bilan D) to‘rtburchak muhri bilan 150. Vasiyatnoma bo‘yicha qanday shaxslar merosxo‘r bo‘la oladi? A) faqat farzandlari va yaqin qarindoshlari B) har qanday shaxs, kooperativ va jamoat tashkilotlari C) faqat farzandlari D) turmush o‘rtog‘i va farzandlarigina merosxo‘r bo‘ladi 151. Qanday vasiyatnomalar yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi? A) notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar B) notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar C) A va B D) har qanday vasiyatnomalar 152. Tasdiqlanishiga ko‘ra shaxsiy ishonchnomalar necha turga bo‘linadi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 153. Tasdiqlanishiga ko‘ra shaxsiy ishonchnomalar qanday turlarga bo‘linadi? A) yozma va bosma B) oddiy va notarial C) tasdiqlangan va tasdiqlanmagan D) notarial va tasdiqlanmagan 154. Ishonchnoma bergan shaxs qachon ishonchnomani bekor qilishi mumkin? A) ishonchnomani olgan shaxs vafot etsa B) ishonchnomaning muddati tugasa C) ishonchnomani bolgan shaxs uni olishdan bosh tortsa D) istalgan paytda 155. Quyidagilardan qaysisi e’lonning bir turi hisoblanadi? A) bildirgi B) bildirish C) taklifnoma D) axborot xati 156. Konsert, kinofilmlar namoyishi va teatr tomoshalari haqidagi e’lon qanday nomlanadi? A) bildirgi B) bildirish C) taklifnoma D) afisha 157. Pochta jo‘natmalari ustidagi yozuv, jo‘natma yetib borishi kerak bo‘lgan joy va shaxs yoki muassasa nomini ko‘rsatuvchi qism qanday nomlanadi? A) manzil B) xatjild C) adres D) A va C 160. Xatjilddagi shartli raqamlar uning qaysi qismiga yoziladi? A) o‘ng tomon tepasiga B) chap tomon pastidagi maxsus joyga C) shartli raqam bo‘lmaydi D) Chap tomon yuqori qismiga 161. “Hujjat” so‘zi qaysi tildan olingan? A) arab B) fors C) turk D) o‘zbek 162. Quyidagilardan qaysi biri shartnoma jo‘natilganligini tasdiqlovchi dalil hisoblanadi? A) talabnoma B) iltimos xat C) ilova xat D) da’vo xati 163. Quyidagilarning qaysi birida kirish so‘z va kirish birikmalar ko‘p qo‘llaniladi? A) diplomatik yozishmalarda B) shaxsiy xatlarda C) arizalarda D) tavsiyanomada 164. Qaysi hujjat turida iboralardan unumli foydalaniladi? A) diplomatik yozishmalarda B) rasmiy uslubda iboralar deyarli qo‘llanilmaydi C) arizalarda D) tavsiyanomada 165. Notalar qaysi hujjat turi tarkibiga kiradi? A) ma’lumot-axborot hujjatlari B) farmoyish hujjatlari C) tashkiliy hujjatlar D) xizmat yozishmalari 166. Bayonotlar qaysi hujjat turi tarkibiga kiradi? A) ma’lumot-axborot hujjatlari B) farmoyish hujjatlari C) tashkiliy hujjatlar D) xizmat yozishmalari 167. Diplomatik qaydnomalar qaysi hujjat turi tarkibiga kiradi? A) ma’lumot-axborot hujjatlari B) farmoyish hujjatlari C) tashkiliy hujjatlar D) xizmat yozishmalari 168. Memorandumlar qaysi hujjat turi tarkibiga kiradi? A) ma’lumot-axborot hujjatlari B) farmoyish hujjatlari C) tashkiliy hujjatlar D) xizmat yozishmalari 169. Davlat boshliqlari, prezidentlar, vazirlar, elchilar, va boshqa yuqori mansabdor shaxslar orasidagi yozishmalar qanday nomlanadi? A) nota B) taklif xat C) bayonot D) rasmiy xat 170. Hozirgi kunda jahon hamjamiyatida notalarning necha turi keng qo‘llanilmoqda? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 171. Hozirgi kunda jahon hamjamiyatida notalarning qaysi turlari keng qo‘llanilmoqda? A) ichki va tashqi B) verbal va noverbal C) shaxsiy va verbal D) shaxsiy va umumiy 172. Milliy bayramlar bilan qutlash uchun yuborilgan yozishma notaning qaysi turiga kiradi? A) tashqi nota B) shaxsiy nota C) verbal nota D) umumiy nota 173. Ishonch yorliqlarini topshirish uchun yuborilgan yozishma notaning qaysi turiga kiradi? A) tashqi nota B) shaxsiy nota C) verbal nota D) umumiy nota 174. Davlatning tashkil topgan yoki mustaqillik e’lon qilingan kuni bilan qutlash uchun yuborilgan yozishma notaning qaysi turiga kiradi? A) tashqi nota B) shaxsiy nota C) verbal nota D) umumiy nota 175. Prezidentlik saylovi yoki referendum munosabati bilan qutlash uchun yuborilgan yozishma notaning qaysi turiga kiradi? A) tashqi nota B) shaxsiy nota C) verbal nota D) umumiy nota 176. Elchixona, vakolatxonalarning ochilishi munosabati bilan yuborilgan yozishma notaning qaysi turiga kiradi? A) tashqi nota B) shaxsiy nota C) verbal nota D) umumiy nota 177. Hozirgi davrda davlatlararo tashqi aloqalarda eng ko‘p qo‘llanuvchi hujjat turi qaysi? A) bayonot B) verbal nota C) memorandumlar D) esdalik yozishmalari 178. Tashqi ishlar vazirliklari, elchixonalar,vakolatxonalarning asosiy yozishmasi qaysi? A) bayonot B) verbal nota C) memorandumlar D) esdalik yozishmalari 179. Verbal notalarda qanday masalalar yoritiladi? A) viza berish B) elchixonalar va vakolatxonalardagi o‘zgarishlardan xabardor qilish C) biror joyga deligatsiya jo‘natish D) barchasi to‘g‘ri 180. Notaning qaysi qismida murojaat qismi bo‘lmaydi? A) shaxsiy nota B) verbal nota C) noverbal nota D) barchasida murojaat qismi bo‘ladi 181. Rasmiy xatlar kim tomonidan yoziladi? A) mansabdor shaxs tomonidan B) vazir tomonidan C) elchi tomonidan D) president tomonidan 182. Biror mamlakatning davlat ahamiyatiga ega masalalar yuzasidan bergan murojaatnomasi … A) nota B) taklif xat C) bayonot D) rasmiy xat 183. Qaysi hujjatda jahon hamjamiyatiga taalluqli masalalar: urush va tinchlik, chegara xavfsizligi, mamlakat ichki ishlariga aralashishga nisbatan raddiya berish kabi masalalar yoritiladi? A) nota B) taklif xat C) bayonot D) rasmiy xat 184. Qabul qilingan xalqaro shartnomalar, bitim va muzokaralar yuzasidan kengaytirilgan ma’lumot beruvchi hujjat bu… A) esdalik yozishmalari B) taklif xat C) bayonot D) rasmiy xat 185. Qaysi hujjatda shartnoma bitimlarning amal qilshi va kuchga kirishining o‘zaro kelishilgan qonun-qoidalari bayon etiladi? A) esdalik yozishmalari B) taklif xat C) bayonot D) rasmiy xat 186. Qaysi hujjatda shartnoma bitimlarning amal qilshi va kuchga kirishining o‘zaro kelishilgan qonun-qoidalari bayon qilinib, ular bilan kimlar, qaysi davlatlar va mahkamalarni tanishtirish zarurligi, ularning qo‘shimcha yig‘ilish muddatlari va ushbu hujjat uchun javobgar sanaluvchi idoralar ko‘rsatiladi? A) esdalik yozishmalari B) taklif xat C) bayonot D) rasmiy xat 187. Diplomatik aloqalar, munosabatlar, shartnoma, bitim, muzokaralar bayonnomasi hisoblanuvchi diplomatic hujjat qaysi? A) esdalik yozishmalari B) qaydnoma C) bayonot D) rasmiy xat 188. Qaysi hujjatlar toza, sifatli oq qog‘ozga yoziladi? A) esdalik yozishmalari, qaydnoma B) taklif xat, nota C) nota, memorandum D) bayonot, rasmiy xat 189. Davlatlarning biror masala yuzasidan o‘zaro qabul qilgan qarorlari yuzasidan bergan bayonnomasi qanday nomlanadi A) memorandum B) qaydnoma C) bayonot D) rasmiy xat 190. Qaysi hujjatda har tomonlama tahlil qilingan masalalar bo‘yicha har bir davlatning fikri va o‘zaro kelishuvi bayon qilinadi? A) memorandum B) qaydnoma C) bayonot D) rasmiy xat 191. Tijorat yozishmalarida shartnomaga rozilik xati qanday nomlanadi? A) oferta B) avizo C) aksept D) so‘rovnoma 192. Tijorat yozishmalarida taklif xati qanday nomlanadi? A) oferta B) avizo C) aksept D) so‘rovnoma 193. Sotuvchi yoki eksport qiluvchining ma’lum shartlari ko‘rsatilgan bitim (oldi-sotdi) tuzishga roziligini ifodalovchi hujjat qanday nomlanadi? A) oferta B) avizo C) aksept D) so‘rovnoma 194. Sotuvchi yoki eksport qiluvchining ma’lum shartlari ko‘rsatilgan bitim (oldi-sotdi) tuzishga roziligini ifodalovchi hujjat qanday nomlanadi? A) taklif xat B) avizo C) aksept D) so‘rovnoma 195. Tijorat xatlari vazifasiga ko‘ra necha turga bo‘linadi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 196. Tijorat xatlari vazifasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? A) reklamatsiya va oferta B) so‘rov va oferta C) so‘rov va so‘rovga javob D) import va eksport 197. Tijorat xatlarining da’vo va da’voga javob shakli qanday nomlanadi? A) so‘rov B) oferta C) reklamatsiya D) aksept 198. Tijorat xatlarining yozilish uslubi, gap qurilishi va so‘z birikmalari ko‘proq qaysi hujjat turning uslubiga o‘zshaydi? A) tashkiliy hujjat B) diplomatik hujjat C) ma’lumot-axborot hujjatlari D) A va B 199. Xat turlarining qaysi biri tashkilot nomidan yuboriladi va xat so‘nggida imzo qo‘yilmaydi? A) nota B) da’vo xati C) rasmiy xat D) kafolat xati 200. Telefonogramma matnini tayyorlashda so‘zlar soni qancha bo‘ishi kerak? A) chegaralanmagan B) 100 so‘zdan C) 200 so‘zdan D)50 so‘zdan Download 50.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling