1. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari va bu boradagi muammolar. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»


-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/56
Sana24.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1116694
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
Bog'liq
ta\'limga oid me\'yoriy hujjatlar

27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi 
vakolatlari 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari: 
ta’lim sohasidagi vakolati davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan 
holda davlat ta’lim muassasalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi
bundan respublika tasarrufidagi ta’lim muassasalari mustasno; 
o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat ta’lim muassasalari uchun 
moliyalashtirish hajmini belgilaydi
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat 
tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ta’lim tashkilotlarini 
rivojlantirish masalalari yuzasidan hamkorlik qiladi; 
davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni 
(mikrouchastkalarni) belgilaydi; 
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ta’lim tashkilotlariga 
ko‘maklashadi; 
ta’lim oluvchilar uchun sifatli ta’limni, tarbiyani ta’minlash, ularning 
iste’dodini shakllantirish va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur 
sharoitlar yaratish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi; 
o‘z vakolatlari doirasida ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni 
rivojlantiradi va nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga 
ko‘maklashadi; 
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga 
ko‘maklashadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
28-modda. Ta’lim tashkilotini boshqarish 
Ta’lim tashkilotini boshqarishni tegishincha quyidagilar amalga oshiradi: 


pedagogik kengash; 
kuzatuv (vasiylik) kengashi; 
oliy ta’lim tashkilotining kengashi; 
ta’lim tashkilotining rahbari. 
Ta’lim tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvi organlari tashkil etilishi 
mumkin. 
Ta’lim tashkilotlarini boshqarishda va kadrlar tayyorlashda kadrlar 
talabgorlari ishtirok etadi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling