1. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari va bu boradagi muammolar. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»


-modda. Ta’lim tashkilotlarining reytingi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/56
Sana24.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1116694
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
Bog'liq
ta\'limga oid me\'yoriy hujjatlar

41-modda. Ta’lim tashkilotlarining reytingi 
Ta’lim tashkilotlarining reytingi: 
ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish; 
ilmiy-pedagogik faoliyat darajasining o‘sishini va sifatining oshishini 
rag‘batlantirish; 
pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish; 
o‘qitish sifatining yuqori ko‘rsatkichlariga erishish; 
mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash 
maqsadlarida belgilanadi. 
Reytingni belgilash uchun ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan 
ma’lumotlarning ishonchliligi uchun ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar 
bo‘ladi. 
42-modda. Ta’lim tizimidagi monitoring 
Ta’lim tizimidagi monitoring ta’limning holatini, ta’lim natijalarining 
o‘zgarishi sur’atlarini, ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-
sharoitlarni o‘rganish va kuzatishni, shuningdek ta’lim oluvchilarning kontingenti 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va boshqaruv qarorlari qabul qilinishini tahlil etishni o‘z 
ichiga oladi. 
Ta’lim tashkilotlarining monitoringi Ta’lim inspeksiyasi, ta’lim sohasidagi 
vakolatli davlat boshqaruvi organlari va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan 
amalga oshiriladi. 


Ta’lim holatining tahlili va uni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risidagi axborot 
Ta’lim inspeksiyasining, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining 
va ular hududiy bo‘linmalarining, shuningdek ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-
saytlariga joylashtiriladi. 
Ta’lim tizimidagi ma’lumotlar jumlasiga rasmiy statistika ma’lumotlari, 
ta’lim tizimi monitoringi natijalari, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi 
organlarining va ular hududiy bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining hamda ta’lim tashkilotlarining ma’lumotlari kiradi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling