1. Mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish


Ilovadan qanday foydalanish kerak?


Download 0.59 Mb.
bet6/6
Sana28.07.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1663341
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
INTERNET BANKING ONLAYN BANKING MOBIL BANKING VA SMS BANKING DASTURIY TIZIMIDA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Ilovadan qanday foydalanish kerak?
Har bir mobil bank ilovasining dizayni va menyusi har xil, ammo bu muammo emas, chunki ularni ishlatish juda oson. Menyu asosan foydalanuvchi istagan operatsiyalarga muvofiq bo'limlardan (o'tkazmalar, to'lovlar va hokazo) tashkil topgan. Birinchi o'rinda ilovaga kartaning ma'lumotlarini kiritish kerak, undan keyin to'lovlarni amalga oshirish mumkin.
Masalan, internet xizmati uchun to'lovni amalga oshirish kerak bo'lsa, taxminan quyidagi xarakatlarni amalga oshirish kerak:

Mobil banking orqali har qanday bank operatsiyasini amalga oshirishingiz bilanoq ilovada ro'yxatdan o'tkazilgan telefon raqamingizga amalga oshirilgan operatsiya haqida SMS-xabar yuboriladi.
Mobil banking afzalliklari:

  • Mobil ilova orqali masofadan turib bank xizmatlaridan foydalanish;

  • Vaqtni tejash (operatsiyalarning tezkor ravishda amalga oshishi va to'lov uchun kassaga borish hojati yo'qligi);

  • Kuniga 24 soat ishlaydi.

Mobil banking kamchiliklari:

  • Mobil telefonning o'g'irlanishi yoki yo'qolishi;

  • Hisobvaraq xavfsizligi darajasining pastligi.

Mobil telefon yo'qolsa yoki o'g'irlansa, birinchi o'rinda karta hisobvarag'i ochilgan bank filialiga murojaat qilib kartani bloklash zarur.

SMS-banking


"SMS-Banking" dasturiy majmuasi doirasida mijoz mobil telefoniga SMS-xabar olish orqali o‘z hisob raqamlaridagi mablag‘ harakatini tunu-kun nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
"SMS-Banking" dasturiy majmuasi mijoz talabnomasiga ko‘ra ishlaydi.

  1. Mijozga bir necha mobil telefon raqamini biriktirish

  2. Telefon raqamiga mijozning bir necha hisob raqamlarini biriktirish

  3. Foydalanuvchilarni tizimga ulash/tizimdan chiqarish

  4. Foydalanuvchining alohida telefon raqamlarini tizimga ulash/tizimdan chiqarish

  5. Mijozning telefon raqamiga alohida xizmatlarni biriktirish

  6. Mijozning telefon raqamiga bosh ofisning ma’muri tomonidan tuzilgan xizmatlar paketini biriktirish

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, mamlakat iqtisodiyotining qon-tomiri hisoblangan bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish, yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘na-lishlari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda zamonaviy naqd pulsiz hisob-kitoblar mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar banklarimiz tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, to‘lov intizomi va madaniyatini yangi bosqichga ko‘tarilishini ta’minlash bilan birga, barcha iqtisodiy tarmoqlar taraqqiyotini mustahkamlashga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.




Foydalanilgan adabiyotlar
1. Bank tizimi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari o’quv qo’llanma
2. www.aim.uz
3. www.arxiv.uz
4. www.ziyonet.uz
Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling