198. Qang’ davlatining bilimdoni «Qang’ davlati va qang’liklar » asarining
muallifi bo’lgan , tarixchi olimni toping ?
199. Ilk o’rta asrlarda Zaxoki Maron qal’asi qayerda joylashganini aniqlang
?
200. N. Ya. Bichurin, Xitoy solnomasida qang’liklarga tegishli quyidagi
beshta viloyatlar haqida ma’lumotlar borligini ta’kidlaydi: Suse (Susye),
Fumu, Yuni, Gi, Yuegyan. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha shundan Gi
qaysi hududga to’g’ri keladi ?
201. Farg’ona so’zi So’g’d manbalarida qanday shaklda yozilgan ?
202. Qaysi yilgi jang natijasida Amir Temur jang vaqtida o`ng qo`lini
tirsagida va o`ng oyog`idan kamon o`qi tegishidan qattiq jarohatlanadi?
203. 1370-yilda Amir Temur Shibirg`on hokimi Zinda Chashmning sayi-
harakatlariga qarshi kim boshchiligidagi qo`shinni jo`natadi?
204. Amir Temur qo`shini tomonidan qaysi hududning egallanishi Husayn
So`figa kuchli ta`sir ko`rsatadi?
205. Oltin O`rda xoni To`xtamishxon Xorazmning qaysi hokimni Amir
Temurga qarshi qo`zg`olon ko`tarishiga undaydi?
206. Amir Temur davlatida xiroj miqdorini aniqlash majburiyati
yuklatilgan amaldor nomini ko`rsating?
207. Amir Temur va uning davri xususidagi “Ro`znomayi g`azavoti
Hinduston” nomli asar kimga tegishli ekanligini toping?
208. Amir Temurning “Temur tuzuklari” nomli asarini qaysi Buxoro amiri
maxsus parchalar ko`chirtirib, ulardan bevosita o`z faoliyatida foydalangan?
209. “Suluk-al mulk” asari qaysi hukmdorning topshirig`iga binoan
yozilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |