1. Mantiq fanining predmeti va ahamiyati. Tafakkur – mantiq ilmining o’rganish ob’ekti sifatida. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari
Download 231 Kb.
|
4-мавзу. Мантиқ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo’ldosh o’zgarishlar metodi.
Tafovut metodi. Bu metod faqat ikki holatda, ya’ni hodisaning vujudga kelgan va kelmagan hollarini taqqoslash asosida hodisaning sababini aniqlash usuli bo’lib, unda mavjud hollar bir-biridan faqat bitta holati bilan farq qiladi: birida u yo’q, ikkinchisida – bor va faqat ana shu holat bor holdagina hodisa yuzaga keladi. Ana shuning uchun ham mazkur holat kuzatilayotgan hodisaning sababi bo’lsa kerak, deb taxmin qilinadi, ya’ni ehtimoliy xulosa hosil qilinadi. Uning sxemasi quyidagicha:
Tafovut metodidan bilishning turli xil sohalarida keng foydalaniladi. Masalan, yaxshi ishlayotgan va yaxshi ishlamayotgan korxonalar solishtirilib, korxonaning yaxshi ishlamasligi sababi aniqlanadi. Meditsinada esa ikkita hayvonlar guruhi – eksperiment o’tkazilayotgan va nazorat qiluvchi guruhlar qiyos qilinib, eksperiment o’tkazilayotgan guruhda sinalgan preparatning samaradorlik darajasi aniqlanishi mumkin. Bunda har ikkala guruh bir xil sharoitda saqlanib (A, S, D), eksperiment davomida bittasiga V holati qo’shiladi. Bu esa avvalgi holda yo’q bo’lgan d hodisasining vujudga kelishiga sababchi bo’ladi. Ana shunga asoslanib, «V holati d hodisaning sababi bo’lishi mumkin», degan xulosaga kelinadi. Demak, tafovut metodiga muvofiq, hodisa vujudga kelayotgan va vujudga kelmayotgan hollar ulardan avval kelayotgan holatlarning bittasidagina farq qilib, qolganlarida o’xshash bo’lsa, ana shu bitta holat kuzatilayotgan hodisaning sababidir. Yo’ldosh o’zgarishlar metodi. Yo’ldosh o’zgarishlar metodiga muvofiq, bir holatning o’zgarishi hodisaning o’zgarishiga ham olib kelsa, shu holot kuzatilayotgan hodisa o’zgarishining sababidir. Yo’ldosh o’zgarishlar metodi yordamida juda ko’p qonunlar, shu jumladan, fizikadagi gazning harorati bilan uning zichligi, tortishish kuchi bilan masofa, iqtisodiyotdagi talab va taklif o’rtasidagi bog’lanishlar va shu kabilar o’rganiladi. Hodisadan avval kelayotgan holatlarni A, V, S lar bilan, bu holatlarning o’zgarishi darajasini 1,2,..., n bilan, hodisani d bilan belgilasak, yo’ldosh o’zgarishlar metodida muhokama jarayonining quyidagi shakl bo’yicha amalga oshishini ko’ramiz: Masalan, Quyoshning dastlabki holotdagi aktivligi S1 ga teng bo’lganda, yerda radiatsiya darajasini d1 deb olsak, Quyosh aktivligining S2 darajasiga ko’tarilishi yerdagi radiatsiya darajasining ham d2 gacha ko’tarilishiga olib keladi.Yo’ldosh o’zgarishlar metodining qo’llanishi ma’lum bir shart sharoitlarga rioya qilishni taqazo etadi. Birinchidan, o’rganilayotgan hodisaning sababi bo’lishi mumkin deb ehtimol qilingan holotlar aniqlanishi kerak. Bu holatlarni A, V, S lar deb hisoblasak, «A yoki V yoki S holat d hodisasini keltirib chiqaradi», degan ayiruvchi hukm ko’rinishidagi fikr hosil bo’ladi. Ikkinchidan, yuqoridagi holatlar ichidan sababiy aloqadorlikning bir ma’noli bo’lishi xususiyatiga ega bo’lishi, ya’ni konkret holatning o’zgarishi hodisadagi konkret o’zgarishga olib kelishi shartiga muvofiq kelmaydiganlari chiqarib yuborilishi (eliminatsiya qilinishi) zarur. YUqoridagi shaklda A va V holatlari aynan shunday bo’lib, ular muhokama jarayonidan chiqarib yuborilishi kerak. Uchinchidan, eliminatsiyadan keyin qolgan yagona holat ajratib olinib, uning o’zgarishi hodisaning o’zgarishiga sababdir, degan xulosaga kelinadi. Bizning shaklda bunday holat S bo’lib, uning S1 dan Sngacha bo’lgan o’zgarish intensivligi hodisaning d1dan dngacha bo’lgan o’zgarishi intensivligi bilan birgalikda kechayapti. Yo’ldosh o’zgarishlar to’g’ri va teskari yo’nalishlarga (proporsionallikka) ega bo’lishi mumkin. To’g’ri yo’nalishdagi (proporsionallikdagi) bog’lanish deganda, hodisadan avval keladigan holatning o’zgarish intensivligining ortishi hodisaning o’zgarishi intensivligining ortishiga olib keladigan aloqadorlik nazarda tutiladi. Masalan, Quyoshdagi dog’ning kattalashishi magnit bo’ronining kuchayishiga olib keladi. Teskari yo’nalishdagi (proporsionallikdagi) bog’lanish deganda esa, hodisadan avval kelayotgan holatning intensivligining ortishi hodisaning o’zgarish intensivligining kamayishiga olib keladigan aloqadorlik tushuniladi. Masalan, tushunchaning hajmi kengaytirilganda, uning mazmuni torayadi. Download 231 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling