1. Mantiq fanining predmeti va ahamiyati. Tafakkur – mantiq ilmining o’rganish ob’ekti sifatida. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari
Download 231 Kb.
|
4-мавзу. Мантиқ
Qoldiqlar metodi. Bu metod tatbiq etiladigan ob’ekt murakkab hodisadan iborat bo’lib, bittasidan boshqa qismlarining sabablari aniq bo’lganda, ana shu qolgan qismni vujudga keltiruvchi sababni topish maqsadida qo’llaniladi. Uning muhokama yuritish jarayonida amal qilish shakli quyidagicha:
Ehtimol, S holat z ning sababidir. Qoldiqlar metodini qo’llash natijasida geliy, rubidiy kabi kimyoviy elementlar, Neptun planetasi topilgan va boshqa turli sohaga oid ko’p hodisalar aniqlangan. Bu metodni qo’llaganda muhokama yuritish jarayonining qanday kechishini Neptun planetasining kashf etilishi misolida ko’rib chiqamiz. Uran planetasining harakatini kuzatar ekanlar, olimlar uning hisoblab chiqilgandan ko’proq miqdorda og’ishgan orbita bo’ylab harakat qilishini qayd etganlar. Ma’lumki, planetaning og’ishish miqdorining bir qismi unga shu paytgacha ma’lum bo’lgan planetalarning ta’sir o’tkazishi bilan bog’liq. Qolgan qismining esa boshqa bir kuch ta’sirida bo’layotganini bu yerda tushunib olish qiyin emas. Olimlar, shu paytgacha noma’lum planeta mavjud bo’lib, ana shuning ta’sirida Uran planetasining og’ishish miqdori ko’payayotgan bo’lsa kerak, degan taxminiy fikr bildirishgan. Oradan ma’lum bir vaqt o’tgandan keyin Levere hisoblash yo’li bilan yangi planetaning – Neptunning joylashishini aytib beradi. Nihoyat, I. Galle 1846 yili yangi qurilgan teleskop yordamida uni osmon sferasidan topadi. Agar Uran planetasiga ta’sir etuvchi planetalarni A, V, S lar, Uran planetasining umumiy og’ishish miqdorini tashkil etuvchi qismlarini a, v, s, d bilan belgilagan holda, og’ishishning a miqdorini — A planetasi, v miqdorini — V planetasi, s miqdorini – S planetasi ta’siri bilan bog’lasak, unda d miqdori «Qandaydir noma’lum X planetasi mavjud bo’lib, ana shuning ta’sirida vujudga kelsa kerak», degan xulosani hosil qiluvchi muhokamaning amalga oshayotganini ko’ramiz. Uning formulasi quyidagicha bo’ladi: A, V, S lar a, v, s, d larni keltirib chiqaradi. A a ni keltirib chiqaradi. V v ni keltirib chiqaradi. S s ni keltirib chiqaradi. Ehtimol, qandaydir X mavjud bo’lib, u d ni keltirib chiqarayotgan bo’lsa kerak. Demak, qoldiqlar metodi mohiyatini shunday ifodalash mumkin: agar o’rganilayotgan murakkab hodisani tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisa qismining) bitta holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi zaruriy tavsifga ega bo’lmasa, ana shu qoldiq holat mazkur hodisaning (hodisa qismining) sababi bo’lishi mumkin. Ilmiy induksiyaning boshqa metodlari singari qoldiqlar metodi ham ehtimoliy bilim olish vositasi hisoblanadi. SHunday qilib, sababiy aloqadorlikni aniqlashning biz ko’rib chiqqan induktiv metodlari o’z mantiqiy tarkibiga ko’ra yetarli darajadagi murakkab muhokama yuritish usullari bo’lib, ularda induktiv umumlashtirish deduktiv xulosa chiqarish ishtirokida amalga oshadi. Xususan, deduksiya tasodifiy holatlarni muhokama jarayonidan chiqarib tashlash (eliminatsiya qilish) yo’li bilan (ayiruvchi-qat’iy sillogizmning tollendo ponens modusi asosida) induktiv umumlashtirish yo’nalishini belgilashga, uning xulosasining asoslanganlik, ishonchlilik darajasining ortishiga hizmat qiladi.U to’liqsiz induksiyaning alohida bir turi bo’lib, ilmiy induksiya singari, xulosa chiqarishda eliminatsiya qilish usuliga, ya’ni keraksiz holatlarni muhokamadan chiqarib tashlash yo’li bilan kerakli holatlarni ajratib olishga asoslanadi. U ommaviy tusga ega, keng ko’lamda sodir bo’ladigan hodisalarni o’rganishda qo’llaniladi. Masalan, u iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini o’rganish, tug’ilish va o’lish haqidagi ma’lumotlarni to’plash, tahlil qilish va shu kabi hollarda muvaffaqiyatli qo’llaniladi. Ommaviy tusdagi hodisalarni o’rganish tasodifiy belgilar, ularning mavjud hodisalarda takrorlanishi, ko’lamini aniqlashga yordam beradi va shu tariqa sababiy aloqalarni o’rnatishni osonlashtiradi. Statistik umumlashtirish ko’proq ommaviy tusdagi hodisalarning miqdoriga tegishli ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish, umumlashtirish bilan bog’liq. Bunday miqdoriy ma’lumotlar hodisalar taraqqiyotining nisbatan turg’un tendensiyalarini o’zida ifoda qilgani holda, ularning taraqqiyot yo’nalishlarini belgilashga, strategik va taktik ahamiyatga molik vazifalarni hal etishni tashkil qilishga yordam beradi. Masalan, u aholiga xizmat ko’rsatish, turli xil kasalliklarning tarqalishi, qonunbuzarlik kabi hodisalarning oldini olish maqsadida profilaktika ishlarini amalga oshirishga imkon beradi. Ommaviy tusdagi hodisalar haqida ularni yoppasiga qarab chiqish yo’li bilan emas, balki ayrimlarini tanlab olib o’rganish asosida, ularga xos bo’lgan turg’un belgilar, aloqalar, qonuniyatlarni mantiqan butun sinfga ko’chirish orqali xulosalar hosil qilinadi. Xulosa chiqarish bunda statistik umumlashtirish tarzida sodir bo’ladi. Download 231 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling