1. Marginoniyning xayoti va ijodi Marginoniyning ijod namunalar
Download 57.1 Kb.
|
1. Marginoniyning xayoti va ijodi Marginoniyning ijod namunalar-fayllar.org
1. Marginoniyning xayoti va ijodi Marginoniyning ijod namunalar Kirish. Burxoniddin al-Marginoniy---fikix ilmining mutafakkiri Asosiy kism 1. Marginoniyning xayoti va ijodi 2.Marginoniyning --- ijod namunalar 3.Burxoniddin al-Marginoniyning boy merosi Xulosa Burhoniddin Margʻinoniy (toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Fargʻoniy al-Rishtoniy al-Margʻinoniy) (1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlogʻi — 1197.29.10, Samarqand)— buyuk faqih, imom. Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, soʻng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qoʻlida tahsil koʻrdi. Rishton, Margʻilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnaxrning boshqa shaharlarida islomiy taʼlim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shayxulislom boʻlib yetishdi. 1149-yil haj safariga bordi. Burhoniddin margʻinoniy Samarqand shahridagi Chokardiza kabristonga dafn etilgan. Burhoniddin margʻinoniy fiqh boʻyicha asosiy asari „Bidoyat ul-mubtadiʼ“ („Boshlovchilar uchun qoʻllanma“)ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Quduriy (1029-yil v.e.) va Muhammad ash-Shayboniy (884 yil v.e.) asarlariga tayanib yozgan. Burhoniddin margʻinoniyning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin boʻlgan. Shu sababli Burhoniddin margʻinoniyning oʻzi 8 jildli sharh — „Kifoyat ul-Muntahiy“ („Yakunlovchilar uchun tugal taʼlimot“)ni yozishga karor qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida „Kitob al-Hidoya“ (qisqacha nomi „Hidoya“ — „Toʻgʻri yoʻl“)ni yaratadi (1178). Burhoniddin margʻinoniy bu kitobda oʻsha zamonlarda moʻminmusulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va masʼuliyatlariga taalluqli juda koʻp murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib maʼlum va mashhur boʻlib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi boʻyicha eng aniq, izchil, mukammal asar boʻlgan. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi boʻyicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qoʻllanma sifatida foydalanilgan (qarang Hidoya). Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham „hidoyat yoʻlining sarboni“ deya katta hurmat-eʼtibor topdi. Burhoniddin valmilla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor boʻldi. Burhoniddin margʻinoniy yana bir qancha asarlar yozgan: „Nashr al-mazhab“ („Mazhabning tarqalishi“), „Kitob at-tajnis val-maziyd“ („Fuqarolik huquqini taqdim etish“), „Kitob ul-faroiz“ („Majburiyatlar haqida kitob“), „Maziyd fi furu ulhanafiy („Hanafiya mazhabiga qoʻshimchalar“) va boshqa U oʻz asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni koʻrish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuygusi, oʻz davrining huquqiy mszonlari asosida yashash, oʻzganing mol-mulkiga koʻz olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehroqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Burhoniddin margʻinoniyning oʻzi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yoʻlidagi fidoyiligi, kamtarligi oʻz asarlarida bir“on marta ham „men“ degan soʻzni ishlatmay, „bu zaif banda aytadi“, deya hokisorlik bilan izoh berishida ham koʻrinib turadi. Burhoniddin margʻinoniyning ilmiy merosi oʻz ahamiyatinn yoʻqotmagan. Jahondagi koʻp oliy oʻquv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari Burhoniddin margʻinoniyning fiqh taʼlimoti asosida oʻrganiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng uning ilmiy merosini har tomonlama chuqur oʻrganish, asarlarini chop etish ishlariga katta eʼtibor berila boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Burhoniddin margʻinoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana boʻyicha) (2000) keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Margʻilon shahri markazida Burhoniddin margʻinoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi oʻrnatildi Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil al-Fargʻoniy ar-Rishtoniy al-Margʻinoniy 1123 yil 23 sentyabrda tugʻilgan. U Qurʼonni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh – islom xuquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega boʻlganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhon ud-din va-l-milla[1] va Burhonuddin al-Margʻinoniy[2] nomlari bilan mashhurdir. Burhonudsin al-Margʻinoniy dastlabki taʼlimni Margʻilonda olib, keyinchalik Movarounnahrning oʻsha davrdagi diniy va maʼrifiy markazi boʻlgan Samarqandga koʻchib borgan va umrining oxi-rigacha oʻsha yerda yashagan. Mavlono Burhonuddin al-Margʻinoniy yoshlik chogʻlaridanoq Qurʼoni karimni yod olib, hadislarni chuqur oʻrgangan.U balogʻat yoshiga yetganida mukammal ilmga ega boʻlganiga qaramay ustozlardan taʼlim olishni davom ettirdi. 1149 yili Burhonuddin al-Margʻinoniy haj safariga bordi. “Kitob ul-mashoyix” (“Shayxlar haqidagi kitob”) asarida u oʻzi taʼlim olgan 40 dan ortiq shayx va allomani sanab oʻtgan. Bu roʻyxatda Najmuddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Abu al-Asir al-Baydaviy, Abu Yoqub as-Sayariy, Abu Isʼhoq an-Navqadiy, Jaʼfar al-Hinduvoniylarning nomlari bor.Keyinchalik u fiqhga oid masalalar bilan qiziqib, oʻsha davrning koʻzga koʻringan allomalaridan “Al-Muhit” (“Ilmlar dengi-zi”) asarining muallifi Umar ibn Maaza, “Al-Fatava va favoid az-Zahira” (“Fatvolar va zohir narsalarning foydalari”) asarining muallifi Zohir ud-din ibn Umar al-Qodiy al-Buxoriy ibn al-Itobiy va boshqalarning nazariga tushgan.Burhonuddin al-Margʻinoniy islom dinidagi sunniylarning toʻrtta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini oʻrganish bilan birga oʻzi ham fiqhga oid bir qator asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan “Bidoyat al-muntahiy (“Boshlovchilar uchun dast-labki taʼlim”), “Kifoyat al-muntahiy” (“Yakunlovchilar uchun tugal taʼlim”), “Nashr ul-mazhab” (“Mazhabning yoyilishi”), “Kitob ul-mazid” (“Ilmni ziyoda qiluvchi kitob”), “Manosik ul-haj” (“Haj marosimlari”), “Majma ul-navozil” (“Nozil boʻlgan narsalar toʻplami”), “Kitob ul-faroiz” (“Farzlar kitobi”) va boshqalar maʼlum.Al-Margʻinoniyning butun islom olamida mashhur boʻlgan “Hidoya” asari 1178 yili Samarqandda yozildi. Mahmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning “Katoib ul-aʼlom al-axyor fi taboqot fuqaho va mashoyix mazhab an-Nuʼmon” (“Nuʼmon mazhabiga mansub boʻlgan taniqli alloma faqihlar va shayxlar haqidagi kitob”) nomli asarida keltirilishicha, Burhonuddin al-Margʻinoniy “Bidoyat al-muntahiy” asarining soʻzboshisida “Hidoya”ning yaratilishi xususida shunday yozgan: “Abul-Hasan Ali ibn Bakr Abd ul-Jalil bir kuni fiqh masalalariga bagʻishlangan hajmi uncha katta boʻlmagan, lekin mazmuni toʻliq boʻlgan bir yaxlit kitob zarur ekanligi haqida fikr bildirdi. Iroqqa safar qilganimda u yerda “al-Muxtasar al-Quduriy” (“Kuduriy qisqartmasi”)ni koʻrdim. U fiqh bobida ajo-yib asar edi. Bu paytgacha kattayu-kichik barcha “Jomeʼ us-Sagʻir” (“Kichik toʻplam”) dan foydalangan edi. Shunda fikhga oid barcha asarlarni jamlab, ulardan eng zarur masalalarni odsim va bu asarga “Bidoyat al-muntahiy” deb nom berdim. Keyinchalik bu asarga sharh yozib, uni “Kifoya ul-muntahiy” deb nomladim”[3].Keyinchalik bu asarlarning ham hajmi kattalik qilib, yanada moʻjaz boʻlgan, butun islom olamida xanafiya mazhabining fiqh masalalarida asosiy qoʻllanmasiga aylangan al-Margʻinoniyning “al-Hidoya” asari yaratildi. Bu asar butun musulmon olamida mashhur boʻlib ketdi, musulmon huquqi – fiqh boʻyicha eng aniq, izchil, mukammal asar sifatida tan olindi.“Hidoya”ning asosini fiqh ilmi asoschilaridan boʻlgan Abu Hanifa an-Nuʼmon ibn Sobit, Abu Abdulloh, Ahmad ibn Hanballarning yirik asarlari, bu allomalarning shogird va safdoshlaridan imom Abu Yusuf, imom Abu Abdulloh ibn Husayn ash-Shay-boniy (imom Muhammad), imom Abul-Xazl Zufar ibn Xazllarning asarlari, dastlabki toʻrt xalifa va sahobalarning rivoyatlari, ular xabar qilgan hadislar tashkil qiladi. Bundan tashqari, “Hidoya”da asosiy fiqhiy masalalarning sharhi va yechimida Muhammad Bazdaviyning “Mabsut”, ibn Iso at-Termiziyning “Jomeʼ ul-Kabir” (“Katta toʻgsham”), Quduriyning “al-Muxtasar al-Quduriy” kabi asarlariga ishora qilinadi.“Hidoya”da huquqiy masalalarning yechimi dastlab yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshka mualliflar eʼtirozlari yoki qoʻshilishlarini izhor etish yoʻli bilan berilgan. Ana shu obroʻli mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng maʼqul yechimni tanlab olish yoʻliga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltiriladi. “Hidoya” toʻrt juzdan iborat boʻlib, birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular: tahorat, namoz, roʻza, zakot va haj kitoblaridir. Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yoʻqolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan.Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga oʻtkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, daʼvo, iqror boʻlish, sulh, bir ishda pul bilan sherik boʻlish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovgʻa, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod boʻlgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar oʻrin olgan.Toʻrtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bogʻdorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka soʻyiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomonnarsalar haqida, tashlandiq yerlarni oʻzlashtirish xususida, taqiq-langan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi toʻlash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.“Hidoya” bir necha asrlar davomida koʻp musulmon mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik boʻyicha eng asosiy qoʻllanma hisoblanib, bu yerda 1917 yil inqilobidan keyin ham, to 30-yillargacha shariat qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha, amalda boʻlib keldi. Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi. “Hidoya” ning qisqartirilgan ruscha tarjimasi 1893 yilda N. P. Grodekov tomonidan nashr etilgan[4].Oʻzbekistonning mustaqillikka erishuvi tufayli islom yodgorliklari, jumladan, shariat, fiqhga oid asarlarni oʻrganish, bu sohadagi boy merosimizni nashr etish imkoniyati vujudga keldi. Vatandoshimiz al-Margʻinoniyning “Hidoya” asari islom huquqshunosligida mashhurligini nazarga olib N. I. Grodekovning inglizchadan ruschaga qilgan va tor doira uchun moʻljallangan “Hidoya”ning 1-kitobi Toshkentda 1994 yilda yuridik fanlari doktori A. X. Saidovning soʻzboshisi va sharhi bilan qayta nashr etildi. Uzoq musulmon olamida hozirgacha oʻz qimmatini yoʻqotmagan “Hidoya” va uning muallifi Margʻinoniy faoliyati oʻz tadqiqotchilarini kutmoqda.“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi. Milla deganda xalq, yaʼni musulmonlar tushuniladi. Bu yerda olimni ulugʻlab, uni islom olamidagi xalqlar hamda islom dinining dalili, isboti deyilmoqchi.[2] Margʻinon – Margʻilon shahrini oʻrta asrlarda arablar Margʻinon deb atashgan.[3] OʻzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondi. Inv. № 2929, 214.[4] Qarang. Hidoya. Kommentarii musulmanskogo pravo. Toshkent, 1893. T. , I – IV. Asar 400 nusxada bosilgan boʻlib, “Turkiston oʻlkasini maʼmuriy jandarm boshqaruv ishlaridagi xizmatchilariga moʻljallangandir” (“Turkistanskiye vedomosti” 1893 g. 16 (28) iyunya), yaʼni Rus chorizmining mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishni osonlashtirish maqsadlariga boʻysundirilgan boʻlib, ruscha tarjima inglizcha tarjimasidek toʻliq emas, ayrim qismlari toʻligʻicha tushirib qoddirilgan. Yo‘nalishlar: O‘rta asr arboblari, Shoirlar, Diniy ulamolar (Tavxid, Kalom ilmlari) Burhonuddin al-Marg‘inoniy - buyuk mutafakkir, islom fiqhining rivojlanishiga hissa qo‘shgan, faylasuf alloma, shoir, tavxid ilmi bilan shug‘ullangan va islom olamida Shayx-ul islom unvoniga sazovor bo‘lgan ulug‘ faqixdir. Burhonuddin al-Marg‘inoniy Farg‘ona viloyatining Rishton qishlog‘ida tug‘ilgan, so‘ngra Marg‘ilon shahrida 13 yil yashagan. O‘zining mashhur “Hidoya” asarining birinchi qismini shu yerda yozgan. Hayotining asosiy qismini esa Samarqand shahrida o‘tkazgan. 1178 yili aprel oyida “Hidoya” asarini tugatgan.Burhonuddin al-Marg‘inoniy 74 yoshida vafot etgan va Samarqandagi Chokardiz mozorida dafn qilingan Fiqx ilmida chuqur bilimga ega bo‘lsada, Burhonuddin al-Marg‘inoniy hayotining oxirigacha ustozlarining asarlarini o‘rgangan. "Kitob ul-mashoyix" ("Shayxlar haqidagi kitob") asarida u o‘zi ta’lim olgan 40 dan ortiq shayx va allomalarni, jumladan, Najmuddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Abu al-Asir al-Baydaviy, Abu Yoqub as-Siyariy, Abu Ishoq an-Navqadiy, Ja’far al-Hinduvoniy va boshqalarni sanab o‘tgan. U fiqx ilmi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shish bilan bir qatorda, ko‘plab shogirdlar ham yetishtirgan. Burhonuddin al-Marg‘inoniyning asosiy asarlari quyidagilar:"Nashr ul-mazhab" ("Mazhabning yoyilishi") ;"Kifoyat al-muntahiy" ("Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim") ;"Kitob ul-faroiz" ("Farzlar kitobi"); “Kitob at-tajniya val-mazid” (“Ilmga bag‘ishlangan kitob”); "Kitob ul-mashoyix" ("Shayxlar haqidagi kitob"); «Kifoyatul-muntaxiy» (“Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot”); “Xidoya” («Kifoyatul-muntaxiyga yozilgan to‘rt bobdan iborat sharxlar kitobi”). Afsuski, bizgacha Burhonuddin al-Marg‘inoniyning barcha asarlari yetib kelmagan. O‘zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar xazinasida allomaning bir qator asarlari qo‘lyozma nusxalari bor: «Bidoyatul-Mubtadi’» «Majma’ Muxtorot an navozil» «Xidoya fi al-Fiqx»«Al Kifoya fi sharx Hidoya». Burhonuddin al-Marg‘inoniyning asosiy asari hisoblangan "Hidoya" asari imom Muhammad ash-Shayboniy (“Kichik to‘plam”), Quduriyning "al-Muxtasar al-Quduriy" asarlari asosida tashkil qilingan. "Hidoya"da “Muxtasar”da mavjud xuquqiy asoslar keltirilsada, biroq, uni alohida asar sifatida e’tirof etish mumkin. Chunki unda ko‘rib chiqilgan masalalar Quduriyning "al-Muxtasar al-Quduriy"dan ko‘ra kengroq yoritilgan. "Hidoya" to‘rt juzdan iborat bo‘lib, u alohida bob va bo‘limlarga bo‘lingan 57 ta kitobni o‘z ichiga mujassam etadi. Xar bir kitob islom huquqining muayyan qismiga bag‘ishlangan. "Hidoya"da huquqiy masalalarning yechimi dastlab Sahobalar, mujtahid olimlar va Movaraunnahrdan chiqqan yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflar e’tirozlari yoki qo‘shilishlarini izhor etish yo‘li bilan berilgan. Birinchi juz besh kitobdan iborat bo‘lib, u namoz, ro‘za va zakotga bag‘ishlangan. Ikkinchi juzga 36 bo‘lim nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan. Uchinchi 36 bob va 37 bo‘limdan iborat juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o‘tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish,vakolat, da’vo, iqror bo‘lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo‘lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik, majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo‘lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o‘rin olgan. To‘rtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bog‘dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so‘yiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o‘zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan. "Hidoya" boshqa manbalardan o‘zining mantiqiy ketma-ketligi va mavzular joylashi va mavzular sharhlarining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Burhonuddin al-Marg‘inoniyning "Hidoya" asari islom huquqshunosligiing rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan va o‘chmas iz qoldirgan.2000 yilning noyabirida Marg‘ilonda Burhonuddin al-Marg‘inoniyning 910 yilligi keng nishonlandi. SHarq musulmon olamida «Islom daraxti Arabistonda ko‘karib gullagan bo‘lsa mevasi Movarounnahrda etilgan». degan hikmatli e’tirof bor. Ayni shu e’tirofning paydo bo‘lishiga sababchilardan biri islom huquqshunosligining ulkan namoyandasi Burhonniddin Marg‘inoniydir… “O‘zining beqiyos salohiyati bilan buyuk ilmiy maktab yaratib, go‘zal Farg‘ona diyorini jahonga tarannum etgan islom huquqshunosligining yana bir ulkan namoyandasi Burhonniddin Marg‘inoniyning tabbarruk nomini butun musulmon dunyosi yuz yillar davomida e’zozlab keladi. Bu mo‘‘tabar allomaning SHarq olamida “Burhoniddin va milla”, ya’ni “Din va millatning hujjati” degan yuksak unvonga sazovor bo‘lgani ham buni yaqqol isbotlaydi. Marg‘inoniyning o‘lmas merosi, xususan, ellik etti kitobdan iborat “Hidoya” -“To‘g‘ri yo‘l” deb atalgan asarining, mana, sakkiz asrdirki, musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinayotgani, albatta, bejiz emas.” Islom Karimov BURHONIDDIN MARG‘INONIY HAQIDA Turkistondagi ilk Uyg‘onish davri shunday qomusiy olimlarni dunyoga keltirdiki, ularning jahon madaniyati va ilmu faniga qo‘shgan hissasi hanuzgacha hayrat bilan e’tirof etiladi. 2000 yilda tavalludiga hijriy sana bo‘yicha 910 yil to‘lishi munosabati bilan keng nishonlangan Burhoniddin Marg‘inoniy ham ana shunday buyuk siymolardan biridir. To‘liq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Farg‘o-niy al-Rishtoniy al-Marg‘inoniy (1123 yil 23 sentyabr, Rishton tumani, Dahbet qishlog‘i — 1197 yil 29oktyabr, Samarqand)— buyuk faqih, imom. Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, so‘ng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbi-jobiy qo‘lida tahsil ko‘rdi. Rishton, Marg‘ilon, Buxoro, Samarqand va Movoraunnahrning boshqa shaharlarida islomiy ta’lim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. SHayxulislom bo‘lib etishdi. 1149 yili haj safariga bordi. Burhoniddin Marg‘inoniy Samarqand shahridagi CHokardiza qabristoniga dafn etilgan. Allomaning tavallud sanalari xususida ixtiloflar bor. Ko‘pgina manbalarda ul Zotning tug‘ilgan kunlari umuman qayd etilmaydi. Abu Tohirxo‘ja Samarqandiyning «Samariya» nomli kitobida mavlono Burhoniddin Marg‘inoniy hijriy 515 yilning 12-rajab oyida shanba kuni (milodiy 1123 yil 23 sentyabrda) tavallud topgan deb ma’lumot beriladi. Vaholanki, «Hidoya»ning qadimiy qo‘lyozma nusxalaridan birida allomaning tug‘ilgan kunlari 511 hijriy deb ko‘rsatilgan. SHunga asosan 2000 yili tavalludlarining hijriy 910 yilligi nishonlandi. Bu hisobga ko‘ra, Burhoniddin Marginoniy tavalludlari 511 hijriy yilga to‘g‘ri keladi. Burhoniddin Marg‘inoniy fiqh bo‘yicha asosiy asari «Bidoyat ul-mubtadi’» («Boshlovchilar uchun qo‘llanma»)ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Quduriy va Muhammad ash-SHayboniy asarlariga tayanib yozgan. Burhoniddin Marg‘inoniyning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin bo‘lgan. SHu sababli Burhoniddin Marg‘inoniy ning o‘zi 8 jildli sharh — «Kifoyat ul-Muntahiy» («YAkunlovchilar uchun tugal ta’limot»)ni yozishga qaror qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida «Kitob al-Hidoya» (qisqacha nomi «Hidoya» — «To‘g‘ri yo‘l»)ni yaratadi (1178). Burhoniddin Marg‘inoniy bu kitobda o‘sha zamonlarda mo‘min-musulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va mas’uliyatlariga taalluqli juda ko‘p murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Mazkur kitob nafaqat Movoraunnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib ma’lum va mashhur bo‘lib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi bo‘yicha eng aniq, izchil, mukammal asar bo‘lgan. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi bo‘yicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan . SHu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham «hidoyat yo‘lining sarboni» deya katta hurmat-e’tibor topdi. Burhoniddin val-milla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor bo‘ldiAlloma yana bir qancha asarlar yozgan: «Nashr al-mazhab» («Mazhabning tarqalishi»), «Kitob at-tajnis val-maziyd» («Fuqarolik huquqini taqvim etish»), «Kitob ul-faroiz» majburiyatlar haqida kitob»), “Ziyd fi furu ul-hanafiy”( «Hanafiya mazhabiga qo‘shimchalar») shular jumlasidandir. U o‘z asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va siyosiy mulkchilik), jinoyat va jazoning huquqiy jihatlarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, jinoiy ishni ko‘rish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuyg‘usi, o‘z davrining huquqiy mezonlari asosida yashash, eganing mol-mulkiga ko‘z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat kabi tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Burhoniddin Marg‘inoniyning o‘zi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yo‘lidagi fidoyiligi, kamtarinligi, o‘z asarlarida biron marta ham «men» degan so‘zni ishlatmay, hokisorlik bilan izoh berishida ko‘rinib turadi. Burhoniddin Marg‘inoniyning bizgacha etib kelgan asosiy fiqhiy asarlari jumlasiga quyidagilar kiradi: 1. «Nashr al-mazhab» (Mazhabning tarqalishi); 2. «Kitob al-manosakul-haj» (Haj marosimlari haqida kitob); 3. “Kitob un-filfaroiz» (Majburiyatlar haqida kitob yoki Meros huquqi bo‘yicha kitob); 4. «Kitob at-tajniysu val-maziyd» (Ilmni ziyoda qiluvchi kitob yoki Fuqarolik huquqini taqvim etish kitobi); 5. «Muxtorot un-navozil» (Majmu’-unnavozil) (Nozil bo‘lgan narsalar majmuasi); 6. «Kitob ul-mashoyix» (SHayxlar haqidagi kitob); 7. «Maziydun fi furu’ ul-hanafiya» yoki “Ziyd fi furu ul-hanafiy” (Xanafiy mazhabiga qo‘shimchalar); 8. «SHarh al-Jomiy-al-Kabir Muhammad ash-SHayboniy» (ash-SHayboniyning «Jomi’u-kabiyr» asariga sharh); 9. «Bidoyat ul-mubtadi’» (Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim); 10. «Kifoyat ul-muntahiy» («YAkunlovchilar uchun tugal ta’lim»). «Bidoyatul-mubtadi’» asari uchun yozilgan 8 jildlik sharh: 11. «Hidoya» («Kifoyat ul — muntahiy» asari uchun yozilgan 4-jildlik sharh). Afsuski, sanab o‘tilgan asarlar haqida to‘liq bir tasavvur yo‘qdir. CHunki o‘rta asr faqihlarining ko‘pgina asarlari kabi, Burhoniddin Marg‘inoniyning ham asarlarining hammasi bizgacha etib kelmagan. O‘zbekiston Respublikasi FA SHarqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar xazinasida allomaning bir qator asarlari qo‘lyozma nusxalari bor. Allomaning eng mashhur va eng yirik asari «Hidoya» to‘rt jilddan iborat bo‘lib, uning har bir jildi turli muammolarni huquqiy echimiga bag‘ishlangan. Birinchi jild 5 kitobdan iborat bo‘lib, tahorat va amaliy ibodatlar (namoz, ro‘za, zakot va haj)ga bag‘ishlangan. Bu jild 47 bob va 37 fasldan iborat. Ikkinchi jildiga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik va vaqf huquqi kabi masalalar kiritilgan. Bu jild 60 bob, 36 fasldan tashkil topgan. Uchinchi jildida (14 kitob) oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o‘tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da’vo, iqror bo‘lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo‘lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo‘lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o‘rin olgan. Bu jildda 36 bob, 37 fasl bor. To‘rtinchi jildida (76 kitob) esa shafoat, merosni taqsimlash, dehqonchilik hamda bog‘dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so‘yishadigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq erlarni o‘zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan. Bu jild 23 bob, 38 fasldan iborat. Burhoniddin Marg‘inoniyning ilmiy merosi hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Jahondagi ko‘p oliy o‘quv yurtlarida musulmon huquqshunosligi Burhoniddin Marg‘inoniyning fiqh ta’limoti asosida o‘rganiladi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng uning ilmiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, asarlarini chop etish ishlariga katta e’tibor berila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan Burhoniddin Marg‘inoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana bo‘yicha) (2000) keng nishonlandi. SHu munosabat bilan Marg‘ilon shahri markazida Burhoniddin Marg‘inoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu erda uning ramziy maqbarasi o‘rnatildi. BURHONIDDIN MARG‘INONIY ASARLARIDAN IQTIBOSLAR “HIDOYA” ASARIDAN Quyosh nurlarini berkitib bo‘lmaganidek, haqiqatning chirog‘ini ham so‘ndirib bo‘lmas. * * * Sahbon o‘g‘li Ajlonning og‘zidan chiqqan fasohatli so‘zlarining o‘zi bir xulqu tabiatdirki, u bularni otasi (Sahbon)dan olgan. * * * Senga ezgulik ko‘rsatgan kimsaga ezgulik qilgin, chunonchi Javzo yulduzi botgandan keyin SHixara yulduzining porlashi go‘zaldir. * * * Payg‘ambar alayhissalomdan: «La’na ollohu ar-roshiy va-l-murtashiy», ya’ni «rishvat (pora) oluvchiga ham, beruvchiga ham, Alloh taoloning la’nati bo‘lsin», degan hadisi sharif sodir bo‘lgandur». * * * Qimorbozlar oy nurini g‘animat bilib qimor o‘ynasalar, tunlari qissayu hikoyatlar tinglovchilar esa bedorlikka parvo qilmaydilar. * * * YOzilgan kitob nusxasining to‘g‘riligi ko‘z qorachig‘ining boqqaniga bog‘liqdir, rivoyatning inobatlisi (ishonchlisi) esa serob suvdan ham ortiqroq qondirar. * * * Baland tog‘larga ko‘tarilib va pastliklarga tushib safar qilish uyda, devorlar ichida, mashaqqatlar orasida och o‘tirishdan avlodir (xayrlidir). * * * O‘z vaqtidan kechikib berilgan in’’m-ehson mahkam tortilgan zanjir misoli qattiq bug‘uvchidir. * * * Hunarmandu kosiblar qo‘pdir, biroq mohiru qobiliyatlari ozdir (ya’ni, usta ko‘pu ustasi ozdir). * * * Ikki narsa bir daraxtning butog‘idir, ya’ni, ikkalasi ham bir xildir: biror narsa so‘raganga (tilanganga) bersa-yu ammo keyin uni minnat qilsa, ikkinchisi, o‘zining in’om — ehsonini ayab, xassislik qilsa, chunonchi Alloh taolo nazdida minnat bilan bir narsa berish va xassislik qilib bermaslik qabohatda barobar hisoblanadi. * * * Zimmangda farz bo‘lgan narsani qarz va burch o‘rniga qo‘y. Bu hol qalbingu dilingga rohat baxsh etib, sharafing va obro‘yingii saqlash uchun eng to‘g‘ri yo‘ldir. * * * Olam uzra shunday yurginki, to butun olamning elkasiga oyoq qo‘ygandek bo‘l, shunda jami maxluqotdan (borliqdan) ustun bo‘lursan. * * * Alloh taolo ato qilgan turli ne’matlarning lazzati qudrat holvasidan totliroqdir. Ammo minnat bo‘lgan holatda esa zaqum (jahannam daraxti) mevasining achchig‘iga qaraganda ham achchiqdir. * * * O‘zi sazovor bo‘lmagan hamdu sanoyu maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir. * * * Tavba qilgan kishi umrining nihoyasi (xotimasi) umrining boshi , degandek (ya’ni, onadan tug‘ilgan kuni kabi gunohsizdir), uning ishlari Alloh taolo nazdida aybli bo‘lmaydi. * * * Misvoklar (tish tozalagichlar) bilan og‘zingni tozalading, koshki endi bundan keyin sen og‘zingni (tilingni) bo‘hton, yolg‘on, g‘iybat so‘zlarni aytish bilan bulg‘amasang. * * * Senga malomat bilan ko‘p hollarda mudom vaz’ qildilar (senga ko‘p malomat qildilar ma’nosida), bularning o‘rniga seni g‘aflatning davomli uyqusidan uyg‘otganlarida ma’qul bo‘lardi. * * * Ilmli bo‘lish bir baland toqqa chiqish kabi ko‘p mashaqqatlidir, lekin undan tushish osondir, johilligu nodonlik bulog‘i chuqur chashma misoli bo‘lsa-da, biroq u ko‘p qiyinchiligu azoblarga giriftor qiladi». * * * YOmon narsayu e’tiqod bilan qilingan ezgu ish sarob va kul kabi hech qanaqa foyda bermaydi. * * * Ilmli bo‘lish o‘qish, o‘qitish, yozish bilan hosilu mukammal bo‘ladigan bir saboqdir. Agar olim kishi chiroyli, xushxat yozuvga ega bo‘lsa, bu uning kamolotga etganidan dalolatdir. * * * Seni kasodu inkisorga uchrashdan ogoh qiluvchi kishiga lutf bilan muomalada bo‘l, qo‘rqma, zarari yo‘q, ziyoni yo‘q, deb yuklatuvchilardan uzoqroqda bo‘l. * * * Ezgulik, xayrli ishlarga astoydil kirish, ularni paysalga solib, keyin qilarman degan o‘ylardan voz kech, shayton yo‘ldan uradigan shoshma-shosharlik bilan emas, tafakkur va idrok bilan ish tut. * * * Riyo bor har qanday ishda ravoligu ziyo yo‘qdir. * * * YOlg‘onchining qasami bor (haqiqiy) ilmining ham soxtaligini oshiradi. Din xususida bo‘ladigan musobaqa (munozara)larda komil e’timod bilan e’tiqod qil, shunda har qaysi maydonlarda oldinda bo‘lasan. Mening ko‘zim faqat sizning yaqin bo‘lishingizdan qaror va tinchlik topadir, chunki oshiq va muhib o‘z ma’shuqasiga yaqin bo‘lmasa rohat olib shod bo‘lmaydi. * * * Sotib olgan narsangda aldanib, moliyaviy ziyon-zarar ko‘ruving sen bundan kelgusida ko‘radigan ziyonlaringdan, ancha engilroq va osonroqdir». * * * Sening qilayotgan ishlaringda dushmaning ogoh bo‘lib, ulardan ko‘z yumishi senga ilon chaqqandan ko‘ra ham zararli va mashaqqatli bo‘ladi. * * * Urug‘likni ham, po‘choqni ham, niyatu orzularni ham, muhabbatu firoqni ham yaratuvchi Alloh taolodir. * * * Ot uchun har doim qamchi lozimdir. U garchand elib-yugaradigan tulpor bo‘lsa ham. * * * Dehqonchilik qilib ziroat ekish foydayu xayr baraka birla mushtarakdir, o‘z xalqini behad ko‘p xayr-barakaga burkaydir. * * * Zaminda o‘zini inson (odam) hisoblab yurgan odamlaru (nos) odam sifatli olchoqlar (nuvays) bordir. SHu odamlar jumlasidan hazrat Tovus — (Muhammad payg‘ambar alayhissalomning mashhur izdoshlaridan Abu Abdurahmon ibn Kisoning laqabi shunday bo‘lib, u o‘z fazli-kamoloti va muruvvati bilan mashhur zot edi) va Tuvays (Madinai munavvarida yashagan, yaramas odatlari va shumligi bilan mashhur bo‘lgan bir kimsa) ham bordir. * * * YAramas va xasis kishining eshigini taqqillatishda saxiy va mo‘‘tabar kishining oziq tishini sug‘urish bilan barobar ranju izza bordir. YA’ni, saxiy kishi ishi tushib zaruratdan xasis odamning eshigini qoqsa, u buni o‘zining oziq tishini sug‘urtirgandek ozoru aziyat chekkan holda qiladi» * * * Bu dunyo mol-mulkini o‘z zimmangga va bo‘yninga olishlikda og‘ir va ma’suliyatli burchlar bor (ya’ni, o‘zgalarning shon-sharaflari bilan bog‘liq ishlarni gardaningga olishda o‘ylab ish tut ma’nosida). * * * Alloh taolodan astoydil istisno bilan o‘tinib so‘ragan kimsaning nidosi sira noumid qolmaydi. * * * Aql-idrok va shariatga amal qilib ish tutgan banda asl va ikkinchi darajali maqsadu matlablarini jam qilishi muqarrardir. * * * Goh vaqtda johil kishi akd-idrokli kishining suhbatida (yo‘ldosh) bo‘lur, undan boshqalarga zarar kelmas, Faroqid yulduzi bilan Suhayl yulduzi ham yonma-yon bo‘lgani kabi (ya’ni, Suhayl yulduzining kuchi oz bo‘lsa-da, shimol tarafidan Faproqid yulduzlarining yaqinlashuvchi bilan ularning nurlari zaiflashmaydi ham, kamaymaydi ham). * * * Ko‘pincha yoki ba’zan Hasan al-Basriyga o‘xshash buyuklarni Hajjoj Zolimga o‘xshashlar tug‘adilar, go‘yo sho‘r dengiz suvidan dur-marjonlar chiqqani kabi. * * * Ba’zida ikki yaramasdan Hasan misoli go‘zal bir o‘g‘lon dunyoga keladi, chunonchi qon bilan etning orasidan sut chiqadi. * * * Ilmiy-urfon va aql-farosati bilan mashhur bo‘lgan Abdumalik ibn Qariyb Horun ur-Rashidga o‘z zakovatli qalbi va keng fikr mulohazasi bilan yaqinlashadi. Bu yaqinlashuv uning Asmam qabilasidanligi va sharif nasabli ekanligidan bo‘lmay, ilmi tufaylidir, aks holda Horun ur-Rashid unga barmog‘i bilan-da ishora qilmasdi. * * * SHod-xurramlik va yaramaslik ezgulik va yovuzlikka muqorana qilindi, ya’ni shod-xurramlik ezgulikka, yaramaslik yovuzligu qayg‘u hasratga muqorin bo‘ldi. * * * Rivoyatlarga ko‘ra, Ziyod o‘g‘illarini komil insonlar deydilar. Uning etti farzandining har biri shoirlarning eng peshvosi bo‘lib, balog‘at va fasohatda etuk edilar. Biroq ulardan ko‘ra ham ilmu sharifni yuqori martabaga ko‘taruvchi shunday olimlar borki, ular ilmlariga amal qilib, shariat ahkomlarini — qonun qoidalarini yuqori ko‘taruvchilardir. «VA’Z VA XUTBALARDA OLTIN SHODALAR» KITOBIDAN Birinchi maqola Kishining ilmi va dini yuqoriga ko‘targanda, faqirligi va etimligi uni past qilmaydi. Nodonlik va fosiqlik uni past qilganda, molu nasabi uni(ng martabasini) ko‘tarmaydi. Ilm otadir, u fosid (yaramas illatlar)liklarni eng isloh qiluvchidir. Taqvo onadir, u og‘ushiga (bag‘riga) olishda eng yaqindir. Sen o‘zingni u ikkoviga (ota-onaga) sig‘inib qolishdan asra, Olloh seni mo‘l ne’mat bilan siylasin. U seni yaxshi hayot bilan umringni barakali qilsin Ikkinchi maqola Ey Odam farzandi, sening asling sopol idish kabi tuproqdan (yaratilgan)dir. Sening ichingda senga joiz bo‘lmagan narsalar, ya’ni, ota-bobo, davlat bilan faxrlanish va takabburlik mavjuddir. Qanday yaxshi bo‘lardi (takabburlikdan) yuzingni o‘zgartirmasang, bobong (obro‘si) bilan faxrlanmasang. Ey do‘stim minadigan narsang (tobuting)dan, boradigan joyingdan ogoh bo‘l! Mutaassibliging va xudbinliklaringni jilovla. Uchinchi maqola Umr to‘fon kabi o‘tib boradi. Sen esa lahzali hukminda o‘zingning zaif qarashing bilan zalolatni to‘fonli bardavomligi umididasan. U (umring) yorug‘ kundir, uni g‘animat bil, (umring) qaro tundir uni g‘aflatda o‘tkazma. (umring) amniyat va osoyishtalik topishi uchun, miniladigan hayvonlar jigarlarini himoya qiluvchi kishilarga (ya’ni, ilm talabida izlanish olib borayotgan olimlar) ergash. 23 SENTYABR — BUYUK FAQIX, IMOM BURHONIDDIN MARG’INONIY KUNI Sharq musulmon olamida «Islom daraxti Arabistonda ko’karib gullagan bo’lsa mevasi Movarounnahrda yetilgan». degan hikmatli e’tirof bor. Ayni shu e’tirofning paydo bo’lishiga sababchilardan biri islom huquqshunosligining ulkan namoyandasi Burhonniddin Marg’inoniydir… * * * “O’zining beqiyos salohiyati bilan buyuk ilmiy maktab yaratib, go’zal Farg’ona diyorini jahonga tarannum etgan islom huquqshunosligining yana bir ulkan namoyandasi Burhonniddin Marg’inoniyning tabbarruk nomini butun musulmon dunyosi yuz yillar davomida e’zozlab keladi. Bu mo»tabar allomaning Sharq olamida “Burhoniddin va milla”, ya’ni “Din va millatning hujjati” degan yuksak unvonga sazovor bo’lgani ham buni yaqqol isbotlaydi. Marg’inoniyning o’lmas merosi, xususan, ellik yetti kitobdan iborat “Hidoya” -“To’g’ri yo’l” deb atalgan asarining, mana, sakkiz asrdirki, musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinayotgani, albatta, bejiz emas.” Islom Karimov BURHONIDDIN MARG’INONIY HAQIDA Turkistondagi ilk Uyg’onish davri shunday qomusiy olimlarni dunyoga keltirdiki, ularning jahon madaniyati va ilmu faniga qo’shgan hissasi hanuzgacha hayrat bilan e’tirof etiladi. 2000 yilda tavalludiga hijriy sana bo’yicha 910 yil to’lishi munosabati bilan keng nishonlangan Burhoniddin Marg’inoniy ham ana shunday buyuk siymolardan biridir. To’liq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Farg’o-niy al-Rishtoniy al-Marg’inoniy (1123 yil 23 sentyabr, Rishton tumani, Dahbet qishlog’i — 1197 yil 29oktyabr, Samarqand)— buyuk faqih, imom. Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, so’ng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbi-jobiy qo’lida tahsil ko’rdi. Rishton, Marg’ilon, Buxoro, Samarqand va Movoraunnahrning boshqa shaharlarida islomiy ta’lim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shayxulislom bo’lib yetishdi. 1149 yili haj safariga bordi. Burhoniddin Marg’inoniy Samarqand shahridagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. Allomaning tavallud sanalari xususida ixtiloflar bor. Ko’pgina manbalarda ul Zotning tug’ilgan kunlari umuman qayd etilmaydi. Abu Tohirxo’ja Samarqandiyning «Samariya» nomli kitobida mavlono Burhoniddin Marg’inoniy hijriy 515 yilning 12-rajab oyida shanba kuni (milodiy 1123 yil 23 sentyabrda) tavallud topgan deb ma’lumot beriladi. Vaholanki, «Hidoya»ning qadimiy qo’lyozma nusxalaridan birida allomaning tug’ilgan kunlari 511 hijriy deb ko’rsatilgan. Shunga asosan 2000 yili tavalludlarining hijriy 910 yilligi nishonlandi. Bu hisobga ko’ra, Burhoniddin Marginoniy tavalludlari 511 hijriy yilga to’g’ri keladi. Burhoniddin Marg’inoniy fiqh bo’yicha asosiy asari «Bidoyat ul-mubtadi’» («Boshlovchilar uchun qo’llanma»)ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Quduriy va Muhammad ash-Shayboniy asarlariga tayanib yozgan. Burhoniddin Marg’inoniyning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin bo’lgan. Shu sababli Burhoniddin Marg’inoniy ning o’zi 8 jildli sharh — «Kifoyat ul-Muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’limot»)ni yozishga qaror qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida «Kitob al-Hidoya» (qisqacha nomi «Hidoya» — «To’g’ri yo’l»)ni yaratadi (1178). Burhoniddin Marg’inoniy bu kitobda o’sha zamonlarda mo’min-musulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va mas’uliyatlariga taalluqli juda ko’p murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Mazkur kitob nafaqat Movoraunnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima etilib ma’lum va mashhur bo’lib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi bo’yicha eng aniq, izchil, mukammal asar bo’lgan. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi bo’yicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan . Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham «hidoyat yo’lining sarboni» deya katta hurmat-e’tibor topdi. Burhoniddin val-milla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor bo’ldi. Alloma yana bir qancha asarlar yozgan: «Nashr al-mazhab» («Mazhabning tarqalishi»), «Kitob at-tajnis val-maziyd» («Fuqarolik huquqini taqvim etish»), «Kitob ul-faroiz» majburiyatlar haqida kitob»), “Ziyd fi furu ul-hanafiy”( «Hanafiya mazhabiga qo’shimchalar») shular jumlasidandir. U o’z asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va siyosiy mulkchilik), jinoyat va jazoning huquqiy jihatlarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, jinoiy ishni ko’rish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuyg’usi, o’z davrining huquqiy mezonlari asosida yashash, eganing mol-mulkiga ko’z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat kabi tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. Burhoniddin Marg’inoniyning o’zi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yo’lidagi fidoyiligi, kamtarinligi, o’z asarlarida biron marta ham «men» degan so’zni ishlatmay, hokisorlik bilan izoh berishida ko’rinib turadi. Burhoniddin Marg’inoniyning bizgacha yetib kelgan asosiy fiqhiy asarlari jumlasiga quyidagilar kiradi: 1. «Nashrul mazhab» (Mazhabning tarqalishi); 2. «Kitob al-manosakul-haj» (Haj marosimlari haqida kitob); 3. “Kitobun-filfaroiz» (Meros huquqi bo’yicha kitob); 4. «Kitob-attajniysu val-maziyd» (Ilmni ziyoda qiluvchi kitob); 5. «Muxtorotun navozil» (Majmu’-unnavozil) (Nozil bo’lgan narsalar majmuasi); 6. «Kitob ul-mashoyix» (Shayxlar haqidagi kitob); 7. «Maziydun fi furu’il-hanafiya» (Xanafiy mazhabiga qo’shimchalar); 8. «Sharh al-Jomiy-al-Kabir Muhammad ash-Shayboniy» (ash-Shayboniyning «Jomi’u-kabiyr» asariga sharh); 9. «Bidoyat ul-mubtadi’» (Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim); 10. «Kifoyatul-muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim»). «Bidoyatul-mubtadi’» asari uchun yozilgan 8 jildlik sharh: 11. «Hidoya» («Kifoyatul — muntahiy» asari uchun yozilgan 4-jildlik sharh). Afsuski, sanab o’tilgan asarlar haqida to’liq bir tasavvur yo’qdir. Chunki o’rta asr faqihlarining ko’pgina asarlari kabi, Burhoniddin Marg’inoniyning ham asarlarining hammasi bizgacha yetib kelmagan. O’zbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti Qo’lyozmalar xazinasida allomaning bir qator asarlari qo’lyozma nusxalari bor. Allomaning eng mashhur va eng yirik asari «Hidoya» to’rt jilddan iborat bo’lib, uning har bir jildi turli muammolarni huquqiy yechimiga bag’ishlangan. Birinchi jild 5 kitobdan iborat bo’lib, tahorat va amaliy ibodatlar (namoz, ro’za, zakot va haj)ga bag’ishlangan. Bu jild 47 bob va 37 fasldan iborat. Ikkinchi jildiga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo’qolganlar, sherikchilik va vaqf huquqi kabi masalalar kiritilgan. Bu jild 60 bob, 36 fasldan tashkil topgan. Uchinchi jildida (14 kitob) oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o’tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da’vo, iqror bo’lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo’lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg’a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo’lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o’rin olgan. Bu jildda 36 bob, 37 fasl bor. To’rtinchi jildida (76 kitob) esa shafoat, merosni taqsimlash, dehqonchilik hamda bog’dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so’yishadigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o’zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to’lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan. Bu jild 23 bob, 38 fasldan iborat. BURHONIDDIN MARG’INONIY ASARLARIDAN PARCHALAR “HIDOYA” ASARIDAN Quyosh nurlarini berkitib bo’lmaganidek, haqiqatning chirog’ini ham so’ndirib bo’lmas. * * * Sahbon o’g’li Ajlonning og’zidan chiqqan fasohatli so’zlarining o’zi bir xulqu tabiatdirki, u bularni otasi (Sahbon)dan olgan. * * * Senga ezgulik ko’rsatgan kimsaga ezgulik qilgin, chunonchi Javzo yulduzi botgandan keyin Shixara yulduzining porlashi go’zaldir. * * * Payg’ambar alayhissalomdan: «La’na ollohu ar-roshiy va-l-murtashiy», ya’ni «rishvat (pora) oluvchiga ham, beruvchiga ham, Alloh taoloning la’nati bo’lsin», degan hadisi sharif sodir bo’lgandur». * * * Qimorbozlar oy nurini g’animat bilib qimor o’ynasalar, tunlari qissayu hikoyatlar tinglovchilar esa bedorlikka parvo qilmaydilar. * * * Yozilgan kitob nusxasining to’g’riligi ko’z qorachig’ining boqqaniga bog’liqdir, rivoyatning inobatlisi (ishonchlisi) esa serob suvdan ham ortiqroq qondirar. * * * Baland tog’larga ko’tarilib va pastliklarga tushib safar qilish uyda, devorlar ichida, mashaqqatlar orasida och o’tirishdan avlodir (xayrlidir). * * * O’z vaqtidan kechikib berilgan in»m-ehson mahkam tortilgan zanjir misoli qattiq bug’uvchidir. * * * Hunarmandu kosiblar qo’pdir, biroq mohiru qobiliyatlari ozdir (ya’ni, usta ko’pu ustasi ozdir). * * * Ikki narsa bir daraxtning butog’idir, ya’ni, ikkalasi ham bir xildir: biror narsa so’raganga (tilanganga) bersa-yu ammo keyin uni minnat qilsa, ikkinchisi, o’zining in’om — ehsonini ayab, xassislik qilsa, chunonchi Alloh taolo nazdida minnat bilan bir narsa berish va xassislik qilib bermaslik qabohatda barobar hisoblanadi. * * * Zimmangda farz bo’lgan narsani qarz va burch o’rniga qo’y. Bu hol qalbingu dilingga rohat baxsh etib, sharafing va obro’yingii saqlash uchun eng to’g’ri yo’ldir. * * * Olam uzra shunday yurginki, to butun olamning yelkasiga oyoq qo’ygandek bo’l, shunda jami maxluqotdan (borliqdan) ustun bo’lursan. * * * Alloh taolo ato qilgan turli ne’matlarning lazzati qudrat holvasidan totliroqdir. Ammo minnat bo’lgan holatda esa zaqum (jahannam daraxti) mevasining achchig’iga qaraganda ham achchiqdir. * * * O’zi sazovor bo’lmagan hamdu sanoyu maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir. * * * Tavba qilgan kishi umrining nihoyasi (xotimasi) umrining boshi , degandek (ya’ni, onadan tug’ilgan kuni kabi gunohsizdir), uning ishlari Alloh taolo nazdida aybli bo’lmaydi. * * * Misvoklar (tish tozalagichlar) bilan og’zingni tozalading, koshki endi bundan keyin sen og’zingni (tilingni) bo’hton, yolg’on, g’iybat so’zlarni aytish bilan bulg’amasang. * * * Senga malomat bilan ko’p hollarda mudom vaz’ qildilar (senga ko’p malomat qildilar ma’nosida), bularning o’rniga seni g’aflatning davomli uyqusidan uyg’otganlarida ma’qul bo’lardi. * * * Ilmli bo’lish bir baland toqqa chiqish kabi ko’p mashaqqatlidir, lekin undan tushish osondir, johilligu nodonlik bulog’i chuqur chashma misoli bo’lsa-da, biroq u ko’p qiyinchiligu azoblarga giriftor qiladi». * * * Yomon narsayu e’tiqod bilan qilingan ezgu ish sarob va kul kabi hech qanaqa foyda bermaydi. * * * Ilmli bo’lish o’qish, o’qitish, yozish bilan hosilu mukammal bo’ladigan bir saboqdir. Agar olim kishi chiroyli, xushxat yozuvga ega bo’lsa, bu uning kamolotga yetganidan dalolatdir. * * * Seni kasodu inkisorga uchrashdan ogoh qiluvchi kishiga lutf bilan muomalada bo’l, qo’rqma, zarari yo’q, ziyoni yo’q, deb yuklatuvchilardan uzoqroqda bo’l. Ezgulik, xayrli ishlarga astoydil kirish, ularni paysalga solib, keyin qilarman degan o’ylardan voz kech, shayton yo’ldan uradigan shoshma-shosharlik bilan emas, tafakkur va idrok bilan ish tut. * * * Riyo bor har qanday ishda ravoligu ziyo yo’qdir. * * * Yolg’onchining qasami bor (haqiqiy) ilmining ham soxtaligini oshiradi. Din xususida bo’ladigan musobaqa (munozara)larda komil e’timod bilan e’tiqod qil, shunda har qaysi maydonlarda oldinda bo’lasan. * * * Mening ko’zim faqat sizning yaqin bo’lishingizdan qaror va tinchlik topadir, chunki oshiq va muhib o’z ma’shuqasiga yaqin bo’lmasa rohat olib shod bo’lmaydi. * * * Sotib olgan narsangda aldanib, moliyaviy ziyon-zarar ko’ruving sen bundan kelgusida ko’radigan ziyonlaringdan, ancha yengilroq va osonroqdir». * * * Sening qilayotgan ishlaringda dushmaning ogoh bo’lib, ulardan ko’z yumishi senga ilon chaqqandan ko’ra ham zararli va mashaqqatli bo’ladi. * * * Urug’likni ham, po’choqni ham, niyatu orzularni ham, muhabbatu firoqni ham yaratuvchi Alloh taolodir. * * * Ot uchun har doim qamchi lozimdir. U garchand yelib-yugaradigan tulpor bo’lsa ham. * * * Dehqonchilik qilib ziroat ekish foydayu xayr baraka birla mushtarakdir, o’z xalqini behad ko’p xayr-barakaga burkaydir. * * * Zaminda o’zini inson (odam) hisoblab yurgan odamlaru (nos) odam sifatli olchoqlar (nuvays) bordir. Shu odamlar jumlasidan hazrat Tovus — (Muhammad payg’ambar alayhissalomning mashhur izdoshlaridan Abu Abdurahmon ibn Kisoning laqabi shunday bo’lib, u o’z fazli-kamoloti va muruvvati bilan mashhur zot edi) va Tuvays (Madinai munavvarida yashagan, yaramas odatlari va shumligi bilan mashhur bo’lgan bir kimsa) ham bordir. * * * Yaramas va xasis kishining eshigini taqqillatishda saxiy va mo»tabar kishining oziq tishini sug’urish bilan barobar ranju izza bordir. Ya’ni, saxiy kishi ishi tushib zaruratdan xasis odamning eshigini qoqsa, u buni o’zining oziq tishini sug’urtirgandek ozoru aziyat chekkan holda qiladi» * * * Bu dunyo mol-mulkini o’z zimmangga va bo’yninga olishlikda og’ir va ma’suliyatli burchlar bor (ya’ni, o’zgalarning shon-sharaflari bilan bog’liq ishlarni gardaningga olishda o’ylab ish tut ma’nosida). * * * Alloh taolodan astoydil istisno bilan o’tinib so’ragan kimsaning nidosi sira noumid qolmaydi. * * * Aql-idrok va shariatga amal qilib ish tutgan banda asl va ikkinchi darajali maqsadu matlablarini jam qilishi muqarrardir. * * * Goh vaqtda johil kishi akd-idrokli kishining suhbatida (yo’ldosh) bo’lur, undan boshqalarga zarar kelmas, Faroqid yulduzi bilan Suhayl yulduzi ham yonma-yon bo’lgani kabi (ya’ni, Suhayl yulduzining kuchi oz bo’lsa-da, shimol tarafidan Faproqid yulduzlarining yaqinlashuvchi bilan ularning nurlari zaiflashmaydi ham, kamaymaydi ham). * * * Ko’pincha yoki ba’zan Hasan al-Basriyga o’xshash buyuklarni Hajjoj Zolimga o’xshashlar tug’adilar, go’yo sho’r dengiz suvidan dur-marjonlar chiqqani kabi. * * * Ba’zida ikki yaramasdan Hasan misoli go’zal bir o’g’lon dunyoga keladi, chunonchi qon bilan etning orasidan sut chiqadi. * * * Ilmiy-urfon va aql-farosati bilan mashhur bo’lgan Abdumalik ibn Qariyb Horun ur-Rashidga o’z zakovatli qalbi va keng fikr mulohazasi bilan yaqinlashadi. Bu yaqinlashuv uning Asmam qabilasidanligi va sharif nasabli ekanligidan bo’lmay, ilmi tufaylidir, aks holda Horun ur-Rashid unga barmog’i bilan-da ishora qilmasdi. * * * Shod-xurramlik va yaramaslik ezgulik va yovuzlikka muqorana qilindi, ya’ni shod-xurramlik ezgulikka, yaramaslik yovuzligu qayg’u hasratga muqorin bo’ldi. * * * Rivoyatlarga ko’ra, Ziyod o’g’illarini komil insonlar deydilar. Uning yetti farzandining har biri shoirlarning eng peshvosi bo’lib, balog’at va fasohatda yetuk edilar. Biroq ulardan ko’ra ham ilmu sharifni yuqori martabaga ko’taruvchi shunday olimlar borki, ular ilmlariga amal qilib, shariat ahkomlarini — qonun qoidalarini yuqori ko’taruvchilardir. http://fayllar.org Download 57.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling