1. Marketingni boshqarish tushunchasi va uning turlari Marketing boshqarilishi


Download 31.05 Kb.
bet7/8
Sana06.05.2023
Hajmi31.05 Kb.
#1435869
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Menejmentni boshqarish

Marketing kontseptsiyasi. Bu tadbirkorlik faoliyatida boshqa usullarga nisbatan yangidir. Marketing kontseptsiyasi shunday deydi: korxonaning o’z maqsadlariga erishishning kafolati bu uning bozorning nimaga muhtojligini aniqlash va kerakli mahsulotlar bilan ta’minlashni boshqa raqobatchilardan samaraliroq bajarishga harakat qilishidan iborat.
Bu kontseptsiyasining ma’nosini quyidagi iboralardan topish mumkin: «Ehtiyojlarni qidiring va qondiring», «Ishlab chiqarilgan tovarni sotishga harakat qilgandan ko’ra, sotiladigan mahsulotingni ishlab chiqar», «Mijozlarni seving, tovarni emas», «Siz aytgancha bo’la qolsin», «Siz - bizning boss» va hokazo.
Tijorat harakatlarini intensifikatsiya qilish kontseptsiyasi va marketing kontseptsiyasini ko’pincha adashtirishadi. 
Birinchi kontseptsiyada xaridor ehtiyojini, ya’ni uning muammolarini hal etsa, ikkinchi kontseptsiyada xaridor ehtiyojini, ya’ni u muhtoj bo’lgan tovarlar bilan qondiradi. 1-rasmda bu ikki kontseptsiyani taqqoslangan. Tijorat intensifikatsiya qilish kontseptsiyasining asosiy ob’ektiga - firmaning mijozlari va ularning ehtiyoj-lari, talablari kiradi. Firma o’z faoliyatini iste’molchilar talabi evaziga, ya’ni o’z mijozi talabini qondirgan holda yuqo-ri foyda olishga intiladi.

Asosiy e’tibor beriladigan ob’ekt

Maqsadga erishish predmeti

Oxirgi maqsad

Tovarlar

Tijorat harakatlarini rag’batlantirish

Sotish hajmini o’sishi hisobiga foyda olish

Tijorat harakatlarini intensifikatsiya qilish kontseptsiyasi

Iste’molchilarning ehtiyojlari

Marketing kompleks harakati

Iste’molchilarning talabini qondirish evaziga foyda olish

Marketing kontseptsiyasi.
O’z ma’nosiga ko’ra marketing kontseptsiyasi - bu mijoz ehtiyoji, bu ehtiyojni qondirishga qaratilgan, marketing kompleks harakati bilan mustahkamlangan, iste’molchi ehtiyojini qondirishni yaratishga yo’naltirilgan va shular orqali korxona o’z maqsadlariga erishishi kerak.
Bu kontseptsiya firmaning «Iste’molchi hokim» degan nazariyaga bo’ysunishida ko’rinadi. Kontseptsiyada iste’molchi uchun kerakli bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarib, uni ehtiyojlarini qondirish hisobiga firma maksimal darajada foyda oladi.
Marketing kontseptsiyasini ko’pgina firmalar tatbiq etganlar. Bu kontseptsiyasini odatda keng is’temol mollari ishlab chiqaruvchi firmalar qo’llaydilar. Sanoat tovarlarini ishlab chiqaruvchilar kamroq, katta kompaniyalar ko’proq, kichik kompaniyalar kam qo’llaydi.

Download 31.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling