javob berolmaydi. Ikkita mezon gunihi mavjud.
Birinchi guruh mezonlari umumiy
mezonlardan iborat bo'lib, jismoniy mashqlarning hamma turlariga taalluqli. Jismoniy
mashqlarning natijasi texnik bajarilishining sama-radorlik ko'rsatkichi deb hisoblanadi.
Biroq
jismoniy mashqlarning natija berishi, jismoniy tayyorgarlikning hamma tomonlariga bog'liq
ekanligini ko'zda tutmoq zarur. Standart texnika bilan texnik bajarilishni bir-biri
bilan taqqoslash
baho mezoni bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Ammo bu holatda individual texnikaning ko'rsatgan natijasini, jismoniy tayyorgarlik
darajasining o'zgarishi asosida, texnika detalini o'zgartirish maqsadga muvofiq deb tushu-nilmaydi.
Ikkinchi guruh mezonlari uch qismdan iborat bo*lib, buning yordamida, faqat ma'lum
jismoniy mashqlar texnikasining samaradorligini baholash mumkin. Masalan': qisqa masofaga
yugurish texnikasining samaradorligini „yugurish faolligining koeffitsiyenti", „depsinish kuchining
koeffitsiyen-ti", chidamlilik mashqlarida „texnikaning tejamlilik koeffitsiyenti"
asosida baholash
mumkin.
Odatda, alohida olingan mezon to'liq va obyektiv — xolis baho berish qobiliyatiga ega
emas. Shuning uchun umumiy va juz'iy, xususiy mezonlar majmuyini tuzish tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: