1-Ma’ruza: Axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari. Reja
Informatika va ATning asosiy vazifasi
Download 31.69 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Jamiyatni axborotlashtirish va il g’or axborot texnologiyasini joriy etish zaruriyati
Informatika va ATning asosiy vazifasi - axborotni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish, hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iboratdir.
Informatika va AT quyidagi masalalarni yechadi: Ixtiyoriy informatsion jarayonlarni tekshirish; Informatsion jarayonlarni tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlash uchun eng yangi texnika texnologiyalarini yaratish va takomillashtirish; Jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va injenerlik muammolarini yechish. Shartli ravishda Informatika va ATni uchta o’zaro bog’liq qismga bo’lish mumkin: Apparatli texnika vositasi. Dastur muhiti. Algoritmlar muhiti. Informatika va AT keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog’liq bo’lgan sohadir. Tor ma’noda Informatika va AT 3 qismdan iborat: texnik vositalar, dasturlar va algoritmlar. Shuningdek, Informatika va ATni xalq xo’jaligidagi, fundamental va tadbiqiy fanning bir tarmog’i deb ko’rish mumkin. O’z navbatida insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi, shu bilan birga fanning har bir tarmog’i, xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo’lsin, undagi axborot o’zining maxsus tomonlari bilan tavsiflanadi. Masalan, iqtisodiyot, yuridik, filologiya va jurnalistika axborotlari haqida aytadigan bo’lsak, bu shu soha mutaxassislarining xizmat burchlari muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bo’lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma’lumotlar to’plami bo’lib hisoblanadi. Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri - iqtisodiy axborot. Uning farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan, korxonalar va shu singari boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bog’liqligidadir. Ma’lumot yoki axborot tarixan moddiy va ma’naviy boyliklar qatoridagi qadriyatlardan bo’lib kelgan. Tinch hayot davrida xom ashyoni qayta ishlash, inshootlarni puxta qilib yaratish, tabiyat injiqliklariga bardosh bera olishga doir tajriba xulosalari yozma yoki og’izdan - og’izga ko’chuvchi ma’lumot, oila, qabila va millat-elatlarni mavqeini belgilovchi manba va boylik sifatida qadrlangan. Urush yoki taxlikali kunlarda esa dushman qurolli kuchlari, rejalari, mudofaa imkoniyatlari haqidagi ma’lumot hayot-mamot masalasi bo’lgan. Shu bois ma’lumotga nisbatan har doim uni saqlash, tezkorlikda uzatish va to’g’ri taxlil qilish kabi masalalar dolzarb bo’lib kelgan. Masalan, ma’lumotni qulay va ishonchli saqlash maqsadida qog’oz ixtiro qilingan, tezkorlikda va ta’sirchan uzatish uchun telegraf, telefon, radio, televidenie ixtiro qilingan. To’g’ri va tezkor tarzda katta hajmdagi ma’lumotni qayta ishlash maqsadida esa kompyuter ixtiro qilingan deyish mumkin. Kompyuterlar imkoniyatlari takomillashuvi hamda ishlab chiqarish va hayotni turli sohalariga intensiv tarzda kirib borishi mos fan sohasini Informatika va AT fani predmetini bir necha bor tubdan yangilanishiga olib kelgan. Hozirgi kunda kompyuter va unga mos dasturiy ta’minot bazasi imkoniyatlari bu fanni o’qitishda har bir soha mutaxassislariga muayyan bilim va ko’nikmalar majmuasini belgilash imkonini beradi va taqozo qiladi. 1.2. Jamiyatni axborotlashtirish va il g’or axborot texnologiyasini joriy etish zaruriyati O’zbekistonda yuzaga kelgan vaziyat iqtisodiyotning rivojlanishini intensiv yo’lga o’tkazishni, resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni, ishlab chiqarishga tobora takomillashgan mexnat qurollarini joriy etishni juda xam muxim vazifa qilib qo’ymoqda. Korxonalarni texnik jixatdan qayta qurollantirish, kam chiqitli va chiqitsiz texnologiyalardan, ilg’or konstruksiyali materiallardan foydalanish dasturlarini amalga oshirish asosidagina mehnat unumdorligini o’stirish, maxsulot sifatini yaxshilash, axolining xarid talabini qondirish, ilm - fan ishlab chiqarish tarmoqlarni, ayniqsa, elektronika, asbobsozlik, hisoblash texnikasi, aloqa vositalari ishlab chiqarishlarini rivojlantirish vazifasi kelib chiqadi. Bularning xammasi axborotlashtirishning ulkan imkoniyatlaridan samarali foydalanishni, uning bozor munosabatlariga o’tish davridagi jarayonlariga ta’sirini kuchaytirishning eng dolzarb vazifasiga aylantirmoqda. Download 31.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling