1-Ma’ruza: Axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari. Reja


Download 31.69 Kb.
bet5/6
Sana24.02.2023
Hajmi31.69 Kb.
#1227225
1   2   3   4   5   6
Axborotlarni izlash. Bu saqlanayotgan axborotlardan kerakli mahlumotni tanlashdir. Axborotni izlash jarayoni kerakli axborotga tuzilgan surov (savol) asosida amalga oshiriladi.

  1. Axborotlarni qayta ishlash, chop etish va axborotdan foydalanish. EHMda iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash markazlashgan xolatda olib boriladi, mini va makro EHMlarda esa, boshlang’ich axborot xosil bo’lgan joyning o’zida (ya’ni u yoki bu boshqaruv xizmati mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joylari (AIJ) ning o’zida) amalga oshiriladi.

1.3. Informatsion jarayonlarning rivojlanish bosqichlari.
Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, axborot texnologiyasi, modellashtirish, ma’lumot manbai, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta’minlash va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muxim xususiyatlarini ifoda etadi.
Axborot - ijtimoiy, tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va ma’lumot, kishilarning amaliy faoliyati davomida to’plagan tajribalari majmui demak. Inson axborot oqimi ichra yashar ekan, turli-tuman voqea, xodisalar va jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini, o’zaro munosabati moxiyatini taxlil etish, mushoxada va muloxaza qilib ko’rish, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlari qanday amal qilayotganligini anglab yetish maqsadida ko’pdan ko’p so’zlarga, dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariyot amaliyot bilan birlashadi.
Odamlarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muammolarni xal etishga safarbar qilmoq uchun tegishli axborotlarni o’z vaqtida to’plab, qayta ishlab, muayyan bir tartibga solish va zudlik bilan kishilarga yetkazish kerak bo’ladi. Buning uchun jamiyatni axborotlashtirish dasturini amalga oshirish va ilg’or axborot texnologiyasini joriy etish zarur.
Axborot texnologiyasi - bu usullar tizimi va axborotlarni yig’ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish yo’lidir. U Informatika va ATning predmeti hisoblanadi xamda boshqaruv amaliyotini o’tkazishni, ishlab chiqarishni boshqarishni, ilmiy izlanishlar va sanoat miqyosida korxonalarning tashkil topishini, ularning texnik rivojlanishi natijasida xalq xo’jaligining yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi.
Axborot texnologiyasi boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi iqtisodiy axborotlarni o’lchash, jamlash, saqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajaradi.
1.4. Axborot o’lchovi
Xar qanday axborot kompyuter xotirasida ma’lum hajmdagi joyni egallaydi. Shundan kelib chiqib axborot hajmini o’lchash uchun kattaliklar sistemasi yaratilgan.
Axborotlarning eng kichik o’lchov birligi bit deb ataladi va u xotiraning bitta yacheykasi bo’lib, unga 0 yoki 1 yozilib qo’yilishi mumkin.
Bayt – ketma-ket yozilgan 8 ta bitdan iborat bo’lib, uning xar birida bittadan belgini ifodalash mumkin. Bunday belgilar soni 28 = 256 tadan iborat.
Bundan tashqari axborotlarning hosilaviy o’lchov birliklari xam mavjud bo’lib, ular kilobayt(Kb), megobayt(Mb), gigobayt(Gb), eksobayt(Eb) lardan iboratdir:
1 Kb = 210 = 1024 bayt;
1 Mb = 210 = 1024 Kb;
1 Gb = 210 = 1024 Mb;
1 Eb = 210 = 1024 Gb;
Misol sifatida Ekonometrika so’zi nechta belgidan iborat bo’lsa kompyuter xotirasida shuncha baytni, ya’ni 12 baytni yoki 12x8 = 96 bitni egallaydi.

Download 31.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling