1-Ma’ruza. Axborot texnologiyalarining paydo boʻlishi va shakllanish bosqichlari. Reja


Prezident farmonlari va qarorlari


Download 102 Kb.
bet6/7
Sana09.05.2023
Hajmi102 Kb.
#1447675
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-maruza

Prezident farmonlari va qarorlari

Hukumat qarorlari

Axborotlashtirish to‘g‘risida (2003y.)

Telekommunikasiyalar sohasida boshqaruvni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida (2000y.)

Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida (2002y.)

Elektron raqamli imzo to‘g‘risida
(2003y.)

Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida (2002y.)

Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida (2005y.)

Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida
(2004y.)

Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida (2005y.)

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro aloqadorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (2007y.)

Elektron tijorat to‘g‘risida
(2004y.)

O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida (2005y.)

Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (2007y.)

Elektron to‘lovlar to‘g‘risida
(2005y.)

Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida (2006y.)

Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida (2009y.)

O‘zbekiston Respublikasi Prezedentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risidagi» 2002 yil 30 maydagi PF–3080 sonli farmoni e’lon qilindi. Bu farmon iqtisodiyotning turli tarmoqlari, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda aholining turli qatlamlariga zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng foydalanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratib berishda asosiy qadam bo‘ldi.


Bu farmonni bajarish yuzasidan va axborot kommunikasiya texnologiyalari sohasida strategik ustivor vazifalarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2002 yil 6-iyunda qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi va ulkan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, XTVdagi umumta’lim maktablar kompyuter bilan ta’minlandi, darsliklar chiqarildi, malaka oshirish mutaxassislarining har 3 yilda axborot-kommunikasiya bo‘yicha malaka oshirishi ta’minlandi. Bundan tashqari ushbu hujjat asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- AKTni rivojlantirish va joriy etish masalalari belgilandi;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etildi;
-Sohada tashkiliy o‘zgartirishlar amalga oshirildi (O‘zAAA, AKTni rivojlantirish Jamg‘armasi, TATU tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007 yil 17 dekabrdagi 259-son qaroriga asosan Hukumat portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan Hukumat portalida chop etilgan axborot, ommaviy axborot vositalarida chop etilgan axborot bilan teng kuchga ega ekanligi belgilab berilgan.
O‘tgan vaqt moynida Portal yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilib kengaytirib borildi. Portalning funksional imkoniyatlarni mukammallashtirish, foydalanuvchilar qulayligi uchun do‘stona interfeys yaratish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risida dolzarb va tezkor ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi «Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ–1041–sonli qaroriga asosan «Qo‘shimcha modullar (G to V va G to S) kiritilgan yangi platformadagi yangi Hukumat portalini ishga tushirish» loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009 yil 1- oktyabrdagi Internet tarmog‘ida asosiy domen www.gov.uz manzili bo‘yicha joylashtirildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichida mamlakatimizda axborot kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, ta’lim tizimiga horijiy ilg‘or tajribalarni, texnologiyalarni jalb etish va ulardan amalda foydalanish ta’lim sohasining muhim vazifalardan biri deb sanaladi. Masalan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallariga videokonferensiya aloqa terminallarining o‘rnatilishi yuqori malakali professor-o‘qituvchilarining ma’ruzalarini tinglash, unda filial talabalarining virtual tarzda ishtirok etishini ta’minlash, amaliy mashg‘ulotlarni birgalikda bajarish, ilmiy-amaliy konferensiya, semenar, treninglar, vertual ko‘rgazmalarni hamkorlikda o‘tkazish imkonini berdi. Ayni vaqtda filial professor-o‘qituvchilari va talabalari VPN tarmog‘i orqali xohlagan axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida ta’limga juda katta ahamiyat berib kelinmoqda. Darhaqiqat, har qanday davlat ravnaqini belgilab beradigan eng asosiy omil – kadrlar deb hisoblanadi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida izchil olib borilayotgan islohatlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi. O‘sib kelayotgan barkamol, har tomonlama rivojlangan, keng tafakkurga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalash hamda jahon hamjamiyatiga integrasiya qilish maqsadida chet tillarni o‘qitish hozirgi kunda davlatimizning ustivor vazifalaridan deb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yildagi 1875-sonli “Chet tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi farmoni ushbu yo‘nalishdagi vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, yuqori malakali chet tili o‘qituvchilarini tayyorlash, ta’limida axborot va media-texnologiyalaridan keng foydalanish, darsda interfaol metodlarni qo‘llash kabi vazifalar shular sirasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 23 maydagi PQ-1971-sonli “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbekiston davlat tillari universitetiga chet tillari o‘qitishning Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun chet tillari bo‘yicha yuqori malakali o‘qituvchilarni tayyorlash vazifasi yuklatilgan. “Axborot texnologiyalari til o‘qitishda” fanining maqsadi aynan mana shu ustivor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Xorijiy tillarni samarali o‘qitishda axborot texnologiyalarining imkoniyatlari juda katta va shuning uchun pedagog kadrlarni tayyorlashda uning o‘rni alohida. Xorijiy tillarni o‘qitishda qo‘llaniladigan axborot texnologiyalari, texnik va dasturiy vositalarni bilish bilan birga xorijiy tillarni o‘qitishda multimedia resurslarini yaratish va ishlov berish texnologiyalari, shaxsiy elektron ta’lim resurslarini shakllantirish, xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha elektron o‘quv kurslarini loyihalashtirish, o‘quvchilar bilimini baholash tizimlari, xorijiy tillarni o‘qitishda internet texnologiyalari, masofaviy o‘qitish texnologiyalari va uni tashkil qilish usullaridan foydalanish, video konferensiya, ommaviy on-line ochiq kurslar (Coursera, edX, Khan Academy, MIT Open Course Ware)ni tashkil etish kabi malakalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling