BIT usullari klassifikatsiyasi
BIT barcha usullari boshlang‘ich berilganlar bilan ishlash tamoyiliga ko‘ra ikkita katta guruhga bo‘linadi:
Berilganlarni bevosita ishlatish, yoki berilgnalarni saqlash.
Bu holda boshlang‘ich berilganlar detallashgan ko‘rinishda saqlab qolinadi va prognoli modellashtirish va/yoki istisnolarni tahlil qilishda ishlatiladi. Bunday usullar guruhi bilan bog‘liq muammolar – ularni ishlatishda haddan katta hajmdagi berilgani tahlil qilishda murakkabliklarni yuzaga kelishining mumkinligi.
Ushbu guruh usullari: klaster tahlil, yaqin qo‘shni usuli, k- yaqin qo‘shni usuli, analogiya bo‘yicha mulohaza qilish.
Shakllantirilgan qonuniyatlarni ajratib olish va qo‘llash, yoki qoliplar distillyatsiyasi.
Qoliplar distilyatsiya texnologiyasida boshlang‘ich berilganlardan bitta namuna (qolip) ajratib olinadi va qandaydir formal konstruksiyalarga o‘giriladiki, uning ko‘rinishi ishlatilayotgan BIT usuliga bog‘liq bo‘ladi. Bu jarayon erkin izlash bosqichida amalga oshiriladi. Prognozli va istisnolar tahlili bosqichlarida namunalar ishlatiladi, ular berilgan bazasiga nisbatan kompaktli (ixcham) bo‘ladi.
Ushbu guruh usullari: mantiqiy usullar, vizullashtirish usullari, kros-tabulyatsiya usullari, tenglamalarga asoslangan usullar.
Mantiqiy usullar, yoki mantiqiy induksiya usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: qat’iymas so‘rovlar va tahlillar; belgili qoidalar; qarorlar daraxti; genetik algoritmlar.
Ushbu guruh usullari yaxshi izohlanuvchi hisoblanadi – odatda tlopilgan qonuniyatlar foydalanuvchi nuqtai-nazaridan shaffof ko‘rinishda shakllantiriladi. Masalan, qoidadar, qarorlar daraxti.
Kross-tabulyatsiya usullari: agentlar, bayyes to‘rlari, kross-jadval vizualizatsiyasi. Garchi oxirgi usul BIT talabalariga u darajada javob bermaydi, lekin u qoliplarniizlash kabi BIT asosiy vaziflarini yechishni ta’minlaydi.
Tenglamalarga asoslangan usullar. Bu guruh usullari aniqlangan qonuniyatlarni matematik ifodalar ko‘rinishida ifodalaydi. Usullar faqat sonli o‘zgaruvchilar bilan ishlaydi, boshqa tur o‘zgaruvchilari mos ravishda kodlashtirilishi kerak. Bu guruhning asosiy usullari: statistik usullar va neyron to‘rlari. Statistik usullarga korrelyatsiya-regresssiyali tahlil, dinamik qatorlar korrelyatsiyasi, dinamik qatorlar tendlari aniqlash, garmonik tahlil.
Boshqacha klassifikatsiyada BIT usullar rang-barangligi ikkita guruhga ajratiladi: statistik va kibernetik usullar:
Do'stlaringiz bilan baham: |