1-Ma’ruza: Bolalar adabiyoti faniga kirish. Bolalar folklori. Alisher Navoiy ijodi. Gulxaniy ijodi. Reja


Download 144.99 Kb.
bet7/8
Sana07.11.2023
Hajmi144.99 Kb.
#1754153
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Maruza (1)

Gulxaniy ijodi
Gulxaniy XVIII asrning оxiri XIX asming boshlarida yashab ijod etgan va bu davr o'zbek adabiyotida o'ziga xos o'rinda turadigan yozuvchidir. Uning asl ism-sharifi Muhammad Sharif bo'lib, Gulxaniy esa uning adabiy taxallusidir. Taxminlarga ko'ra, u XVIII asrning 70-yillarida hozirgi Xo'jand viloyatining Darvoza qishlog'ida dunyoga keladi.
Bo'lajak yozuvchining bolaligi o'zi olamga kelgan tog' qishlog'ida o'tadi. Вu yerda ozmi-ko'pmi o'qib, savod chiqaradi, adabiyotga bo'lgan havasi ortadi. She'riyatga oid ko'plab asarlar o'qiydi, xalq og'zaki ijodini berilib o'rganadi va asta-sekin she'riy mashqlari boshlanadi. U o'z ilnini oshirish maqsadida avval Namangan va so'ngra Farg'onaga keladi, qiziqchiligi, hozir­javobligi va hajviy she'rlari bilan kishilar o'rtasida tanila boshlaydi. Ayniqsa, g'ariblik turkumidagi ruboiy va to'rtliklari bilan el og'ziga tushadi. Shoir keyinchalik Qo'qonga keladi va moddiy qiyinchilik bilan yashaydi. U o'zbekcha she'rlariga Gulxaniy, tojikcha she'rlariga Jur'at deb taxallus qo'yadi.
Gulxaniy bir necha yil Qo'qon хоni Olimxon saroyida navkar bo`lib xizmat qilgan, janglarda qahramonlik ko'rsatgan bo'lsa-da, аmmо ochlik, yupunlik, muhtojlik uning hamrohi bo`lib qolaveradi.
Gulxaniyning «Ber menga» radifli she'ri uning navkarlik davrida yozilgan asaridir. G'azal och qolgan kishining o'z xo'jayinidan nоn so'rashl bilan boshlanib, lirik qahramon - navkarning qalb alamlari so'nggi baytlarda izchil осhNа boradi.
Вu g'azalga chuqurroq nazar tashlansa, unda faqat yakka, ocЫikdan tinkasi qurigan bitta shaxs haqida gapirilmay, balki katta ijtimoiy masala ­Olimxonning navkarlari orasidagi ichki hayot sharoiti haqida gapiriladi. G'azalda lirik qahramonning obrazi umumlashma obraz darajasigacha ko'tarilgan, chunki Olimxon navkarlaridan faqat Gulxaniy хоn iltifotiga sazavor bo'lolmadi, degan qarorga kelish yanglishdir. Demak, lirik qahramon - navkar o'z boshidan kechirganlarini bayon qilish asosida Olimxonning navkarlarga muruvvatsizligi va qo'shindagi tartibsizlikni fosh qiladi. O'z huquqini yoqlash bilan boshqa navkadarni ham ana shunday ish ko'rishga da'vat etadi:
Наzratim, ochlikdan о 'ldim, yegani nоn ber menga,
Kofir o'lg'ayman agar desamki, bahmon ber menga.
Moshu bug'doyyu guruch berkim, shular menga kerak,
Hech aytmasman aqiku, lа 'lu maljon ber menga.
Egnima yopiq berib, qornimni to'yg'iz nоn bilаn,
Senga billohim demasman dinu imon ber menga.
Navkaring ochlikdan о 'lsa, nega xayfing kelmagay,
Еу tabibi hoziqim doriyu darmon ber menga.
Nonu to 'n ber, benavolik dardidan qutqar meni,
Меn qachon ayldimki, Qorun ganjidek kon ber menga...
Gulxaniyni еr yigitlar to'pidan kamsitmagil,
Fо'tа ber, ot ber, to'nu chakmon ber menga.
Xalq zolim deb atagan Olimxondan keyin Qo'qon taxtiga chiqqan Umarxon hukmronligi davrida ham Gulxaniy tunnushida bеch qanday o'zgarish bo'lmadi.
Gulxaniy avval adashib, tunnushim yaxshi bo'larmikan, qornim nоngа to'yannikan, degan o'y-umidlar bilan Umarxon saroyidagi maddoh shoirlar guruhiga qo'shiladi. Хоnni maqtab qasida va g'azallar yozadi. Qasidalarida Umarxonni ko'klarga ko'tarib maqtadi, хоnga unda bo'lmagan yaxshi sifatlarni taqdi, uni fuqaroparvar, adolatparvar, zulm va haqsizlikka xotima beruvchi kishi qilib tasvirladi va bu bilan хоnni anа shunday ijobiy xislatlar egasi bo'lishga da'vat etdi. Ammo Umarxon saroyidagi fisq-fujurlar, munofiqliklar, хоn va uni o'rab olgan arkoni davlat tayanchiari tomonidan xalq boshiga keltirilgan qora kunlar Gulxaniydek xassos shoirning saroy ahliga bо'lgan munosabatini o'zgartirib yubordi: endi u bа'zan ixtiyoriy ravishda va bа'zan payravlik qilib shohni ta'riflashdan chekinadigan bo'ldi, o'z e'tirozlarini bildira boshladi. Gulxaniy XIX asrning birinchi yarmida vafot etdi.
«Zarbulmasal» xalq ertaklari taxlitida yozilgan mukammal mazmunli o'tkir satirik asardir. Gulxaniy o'zining bu asarida xalqning mazmundor maqollari, hikmatli so'zlari va qochiriq gaplaridan mohirlik bilan foydalandi. U hukmdorlar va ularning laganbardorlarini, saroy ablining yaramas kirdikorlarini majoz уо'li bilan o'tkir satira ostigа oladi. Chunki u mehnatkash xalqning og'ir, mashaqqatli hayotini o'z ko'zi bilan ko'rdi, saroy bazmlari, keti uzilmas mayparastliklar xalqni talash hisobiga bo'lishini payqadi va bunday salbiy ishlar uning ko'zini ochdi. Natijada, unda saroy abliga nishаtan nafrat hissi tobora oshib bordi. Ammo shoir, sharoitga ko'ra, hukmron doiralardan noroziligini va naftatini ochiq-oydin ifodalay olmas edi. Shuning uchun majoziy shakldagi «Zarbulmasal» asarini yozishga kirishdi. Asarda shoiming maqsadi, hayotga, uni o'rab olgan muhitga, hokim tabaqalarga bo'lgan munosabati to'g'ridan-to'g'ri ifoda etilmay, balki hayvonlar, qushlar va shunga o'xshash majoziy obrazlarning tasviri orqali ifodaladi. Shoir shu zaylda o'zi yashagan zamon uchun aniq va xaralcterli voqea-hodisalarni, ularga o'zining munosabatini, qarashlarini bildiradi.
Muallif o'z masallarida majoziy obrazlar orqali o'sha davr illatlarini fosh qiladi, mamlakatga xarobalik, xalqqa qashshoqlik keltirgan o'zaro urushlarga qarshi ommaning noroziligini ifodalaydi.
Gulxaniy o'z zamonasida sodir bo'layotgan talon-tarojlik, xalqni qiynash, ortiqcha soliqlar solish kabi voqealarni ochiqdan-ochiq yoza olmas edi. U buni faqat ertak уо'li bilan amalga oshirish mumkin еkanligini tushunadi.
Shuning оchun Yapaloqqush va boyo'g'lining bir-biriga quda bo`lishi yoqeasini keltiradi. Вu ikki quda to'y bahonasi bilаn mamlakatni honayayron qiladi. Yozuychi Ko'rqush, Hudxud, Kulonkirsulton, Sho'ranul, Malik Shohim va Kordonlarning bir-birlariga ауtgаn masallari, hikoyalari orqali asarning g'oyaviy mazmunini ochadi.
Yapaloqqush va Boyo'g'lilar xatti­-harakatIari ochko'z va qonxo'r bo`ri, aldamchi va shayton tulkilarga o'xshaydi. Bularning o`y-fIkrlаri, yurish-turishlari shumlik, shahar va qishloqlarning vayron bo'lishi ular оchоn bayramdir.
Gulxaniy «Маymun bilаn najjor» masalida hunar va hunar ahlini ulug'laydi, qo'lingdan kelmaydigan ishga aslo urinib kulgi bo'lma, ko'r­ko'rona biroyga taqlid qilib falokatga yo'liqma, degan fIkrni mаymоn qismati orqali ko'rsatadi.
Najjor juda aqlli va mohir hunarmand sifatida tasyirlanadi. U ijtimoiy­foydali mehnat bilаn shug'ullanishni har narsadan yuqori qo'yadi. Gulxaniy najjor va оning mehnatini, duradgorlik mahoratini katta muhabbat bilаn tasyirlar ekan, hattoki, mаymоn ham mehnatga muhabbat bilаn qaraydi, hunarga va hunar egasiga uning hayasi keladi, degan fIkrni olg'a suradi.
Mehnatkash xalqning og'ir hayoti va mehnati, huquqsizligi va nochorligi, bir so'z bilan aytganda, ayanchli qismati «Tuva bilan bo'taloq»da o'ziga xos badiiy tasvirga ega.
Gulxaniyning tasvirlashicha tuya hayotda ezilgan, tutqun, erksiz, og'ir mehnat bandasi hamda qul qismatiga mahkum etilgan mehnatkashlarning majoziy obrazidir. Bo'taloq esa, оna sutiga ham to'yolmay, og'ir, mashaqqatli hayot kechirgan, och-yalang'ochlikda, muhtojlikda yashagan erksiz mehnatkash bolalarning timsolidir.
Gulxaniyning «Toshbaqa bilan chауоn» masalida bir-biriga zid va qarama­qarshi ikki obraz berilgan: toshbaqa - aqlli, farosatli, safarlarda ko'p yurib, аnchа tajriba orttirgan, insofli, sodiq va qadrdon do'st timsoli. U o'z hamrohi Chayonning suydan o'ta olmasligini bilgach, Chayonga yordam qo'lini cho'zadi. Lekin u Chауоnning xiyonatini «Sen bilmaysanmi Chауоnning muddaosi, хоh do'stning ko'ksiga, хоh dushmanning orqasiga bo'lsin nish urishdir» degan jayobini eshitgach, оni halok qiladi. Gulxaniy bu masali orqali Chауоngа o'xshagan odamlar bilan do'st va хаmroh bo'lmaslikka, kishi о'zini va taqdirini o'shanday kishilarga topshirib qo'ymaslikka chaqiradi.
Chауоn butun umri bo'yi birovlarga yomonlik qilgan, ularga ziyon­zahmat yetkazgan, yaxshilikni bilmaydigan, yaxshilikka yomonlik qaytaradigan, xiyonatkor toifalarning ramziy obrazidir.
Gulxaniy shu zaylda hozirgi zamon o'zbek bolalar adabiyotining maydonga kelishida barakali hissa qo'shgan qalamkashdir.



Download 144.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling