1-Ma’ruza: davlat kadastrlarini yaratish va yuritishning normativ huquqiy va nazariy asoslari reja


Download 1.87 Mb.
bet58/58
Sana27.02.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1235160
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
1. Maruza matn

4. SHahar darajasida:
- shaharning 1:2 000 masshtabdagi yagona raqamli kartografik asosi;
- shahar, shahar tumanlari (mavjud bo‘lsa) va mahallalarning chegaralari;
- shahar hududini kadastr bo‘yicha bo‘lish birliklarining chegaralari;
- shaharning bosh rejasi, hududlarni zonalashtirish rejalari, tarixiy-arxitektura rejasi va shahar hududining batafsil rejalari;
- iqtisodiy va soliqqa oid zonalashtirish chegaralari;
- davlat er kadastri ma’lumotlari asosida — er uchastkalari, ularning kadastr raqamlari, chegaralari va ekin maydoni (ularda joylashgan bino va inshootlarning konturlarini belgilagan holda), mo‘ljallangan maqsad va funksional foydalanish, erlarni er uchastkalari egalari, foydalanuvchilar, ijaraga oluvchilar hamda er uchastkalari mulkdorlari o‘rtasida taqsimlash, er uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha majburiyatlar;
- binolar va inshootlar davlat kadastri, shaharsozlik davlat kadastri ma’lumotlari, xizmat ko‘rsatuvchi ta’mirlash tashkilotlari ma’lumotlari, infratuzilmaning qurilishi tugallangan ob’ektlarini muhandislik-geodezik ijroviy suratga olish natijalari va boshqa rasmiy manbalar asosida — muhandislik-transport infratuzilmasi;
- binolar va inshootlar davlat kadastri, madaniy meros ob’ektlari davlat kadastri, shaharsozlik davlat kadastri ma’lumotlari va boshqa rasmiy manbalar asosida — binolar va inshootlar, ularning huquqiy rejimi, texnik holati, me’moriy va madaniy qimmati;
- moddiy madaniy meros ob’ektlari davlat kadastri ma’lumotlari asosida — madaniy meros yodgorliklari;
- geografik ob’ektlarning nomlari davlat reestri ma’lumotlari, topografik chizmalar, boshqa rasmiy manbalar asosida — mahallalar, ko‘chalarning nomlari va joyning nom berilgan boshqa ob’ektlari;
- topografik chizmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining shahar hududidagi ob’ektlarning manzillarini belgilash yoki o‘zgartirish haqidagi qarorlari asosida — shahar hududidagi manzillar reestri;
- belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharsozlik dasturlari, infratuzilmani rivojlantirish, madaniy meros yodgorliklari va tabiiy ob’ektlarni muhofaza qilish, hududni ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish hamda muhofaza qilish sxemalari va loyihalari, davlat investitsiya dasturlari va loyihalari;
- shaharsozlik davlat kadastri ma’lumotlari asosida — boshqa shaharsozlik hujjatlari, loyiha hujjatlari materiallari, qurilish uchun ruxsatnomalar, shaharsozlik reglamentlari, qurilishi tugallangan hamda foydalanish uchun qabul qilingan ob’ektlar va boshqa shaharsozlik hujjatlari;
- qizil chiziqlar va qurilishlarni tartibga solish chiziqlari;
- shaharsozlik davlat kadastri ma’lumotlari, tegishli shaharsozlik hujjatlari, ekologik, gidrometeorologik, radiologik, sanitariya-gigienaga oid hamda boshqa tadqiqotlar va qidiruvlar ma’lumotlari asosida — ayrim hududlar va er uchastkalarining ekologik va muhandislik-geologik tavsiflari, ularda shaharsozlik reglamentlari va cheklovlarni inobatga olgan holda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati;
- boshqa davlat kadastrlarining va axborot tizimlarining hududlardan foydalanish, shahar hududini ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik va boshqalarga oid mintaqalarga bo‘lish bo‘yicha axborot resurslari;
- hududiy rejalashtirish, shaharsozlik, er tuzish va boshqa sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlari.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling