1. Hududlarning davlat kadastrini yuritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqish hamda joriy etish.
2. Hududlarning davlat kadastrini yuritish vositalarini rivojlan-tirish va joriy etish.
|
1. Hududlarning davlat kadastri axborot tizimi hamda geoportallarining texnik va dasturiy vositalariga xizmat ko‘rsatish.
2. Axborotni saqlash va arxivlashtirish tizimiga xizmat ko‘rsatish.
3. Boshqa davlat kadastrlari, reestrlar va axborot tizimlari bilan axborot almashish.
4. Qonun hujjatlariga muvofiq axborotni undan ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish.
5. Qonun hujjatlariga muvofiq intellektual mulkni muhofaza qilish tadbirlari ishlab chiqish.
|
1. Hududlar davlat kadastrining bazaviy sub’ektlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish va ulardan hududlar davlat kadastri axborot tizimining ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi, hisobga olinishi hamda kiritilishi lozim bo‘lgan axborotni doimiy qabul qilib olishni tashkil etish.
2. Olingan ma’lumotlar va hujjatlarni dastlabki qayta ishlash, ularni nazorat qilish va tizimlashtirish hamda ularni hududlar davlat kadastri axborot tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritishni nazorat qilish.
3. Hududlarning davlat kadastri axborot tizimi hamda geoportallarining texnik va dasturiy vositalariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.
4. Axborotni saqlash va arxivlashtirishni nazorat qilish.
5. «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi tomonidan vakolatli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini shakllantirish va uni manfaatdor foydalanuvchilarni tashkil etish.
6. Hududdan, erdan va boshqa tabiiy va xo‘jalik resurslaridan foydalanishning holati, ushbu hududda joylashgan turli ob’ektlarning holati va o‘zgarishlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish va tahliliy hisobotlar tuzish.
7. Hududlarning davlat kadastri axborot resurslari to‘g‘risidagi metama’lumotlar bazasini tashkil etish va yuritishni tashkil etish.
8. Tegishli darajadagi hududlarning davlat kadastri axborot resurslarini tasarruf qiluvchi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq foydalanuvchilarning alohida toifalariga hududlar davlat kadastri axborot resurslaridan ruxsat berilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash. 9. Hududlarning davlat kadastrini yuritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni joriy etish.
14. Hududlarning davlat kadastrini yuritish vositalarini rivojlantirish va joriy etishni tashkil etish.
|
1. Hududlar davlat kadastrining bazaviy sub’ektlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish va ulardan hududlar davlat kadastri axborot tizimining ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi, hisobga olinishi hamda kiritilishi lozim bo‘lgan axborotni doimiy qabul qilib olish.
2. Olingan ma’lumotlar va hujjatlarni dastlabki qayta ishlash, ularni nazorat qilish va tizimlashtirish hamda ularni hududlar davlat kadastri axborot tizimining ma’lumotlar bazasiga kiritish.
3. «Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi tomonidan vakolatli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini shakllantirish va uni manfaatdor foydalanuvchilarga berish.
4. Hududdan, erdan va boshqa tabiiy va xo‘jalik resurslaridan foydalanishning holati, ushbu hududda joylashgan turli ob’ektlarning holati va o‘zgarishlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish va tahliliy hisobotlar tuzish.
5. Hududlarning davlat kadastri axborot resurslari to‘g‘risidagi metama’lumotlar bazasini tashkil etish va yuritish, hududlar davlat kadastrining ochiq axborot resurslarini shakllantirish hamda geoportallar tarmog‘ida ulardan foydalanish;
6. Foydalanuvchilarning so‘rov-lariga javoban hududlarning davlat kadastri axborot tizimi ma’lumotlar bazasining axborot resurslaridan ruxsat berilgan foydalanish chegaralaridagi kadastr ma’lumotnomalarini shakllantirish;
7. Tegishli darajadagi hududlarning davlat kadastri axborot resurslarini tasarruf qiluvchi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq foydalanuvchi-larning alohida toifalariga hududlar davlat kadastri axborot resurslaridan ruxsat berilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalani-shni ta’minlash.
|