ISHNI BAJARISH TARTIBI
Tajriba o‘tkaziluvchi qurilmaning sxemasi bilan tanishiladi.
Simobli (spirtli) termometr yordamida atrof-muhitning harorati o‘lchanadi.
Termoparaning darajalanishi tekshiriladi. µV mikrovoltmetrning o‘lchash shkalasi diapazoni 75 yoki 150 μV ga qo‘yiladi. Ma’lum bo‘lgan narsa harorati (suvning qaynash harorati, insonning harorati va boshqalar)ning atrof-muhit haroratidan ortishi o‘lchanadi. 1oS = 10 μV qilib o‘rnatiladi.
SHinalarning haroratini aniq o‘lchash uchun ulardagi oychalarga biroz mineral moy tomizish orqali u erga termoparaning sharchasini moylab tushirish lozim. Oychada termoparaning sharchasini 1 minut atrofida tutib turib, μV mikrovoltmetrning ko‘rsatishi olinadi.
AT yordamida zanjirdagi tokni o‘zgartirib, bo‘yalgan va bo‘yalmagan shinalarda tokning bir nechta qiymatlari uchun θ = f(I) olinadi. O‘lchash ko‘rsatkichlari oshganda μV ning shkalasi navbatdagi o‘lchash diapazoniga o‘tkaziladi. O‘lchash natijalari 4.2- jadvalga kiritiladi.
SHinalar bo‘yalgan va bo‘yalmagan bo‘lgan hollar uchun tokning turli qiymatlarida haqiqiy harorat hisoblanib, v = f(I) bog‘lanish hosil qilinadi.
4.2- jadval
O‘lchash
t/r
|
I, A
|
Uatrof, μV
|
Ubo‘yalmagan, μV
|
Θatrof, oS
|
θbo‘yalmagan, oS
|
vatrof, oS
|
vbo‘yalmagan, oS
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |