1-ma'ruza: Fizika fani va uning vazifasi. Reja


Download 33.28 Kb.
bet4/6
Sana07.02.2023
Hajmi33.28 Kb.
#1173084
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza Fizika fani va uning vazifasi. Reja

3. Fizik tadqiqotlar usuli.
Fizika kursida biz ko'pincha quyidagi tushunchalarni ishlatamiz:
tajriba, gipoteza, nazariya, model`, qonun. Har bir fan nafaqat predmetni o'rganish bilan, u o'ziga xos usullarni qo'llash bilan ham aniqlanadi.
Fizikada tadqiqotlarni asosiy usuli tajriba – tekshirilayotgan hodisalar jarayonini aniq hisobga olinadigan sharoitlarda, kuzatish imkoniyatini yaratgan holda, uni, yana bir necha marotaba shu sharoitlarda kuzatish imkoniyatiga ega bo'lish.
Fanda eng ko'p ishlatiladigan usul, bu induktiv usul, ya'ni, kuzatishlarda dalillar to'planib borilishi. So'ngra, dalillar umumlashtirilib umumiy qonuniyatlar aniqlanadi. Bu, gipoteza deyiladi.
Ma'lumotlarni keyingi bosqichlarida gipotezani tekshirish uchun maxsus tajribalar amalga oshiriladi. Agar, tajribalarning natijalari gipotezaga zid bo'lmasa, u, nazariya maqomini oladi.
Ammo, ilmiy bilishni, dalillar to'planishinig mexanik jarayoni va “sohta” nazariyalar sifatida tasavvur qilish kerak emas. Bu ijodiy jarayon.
Kuzatiluvchi kattaliklar topilib o'lchashlar bajarilganda, bitta kattaliklarni ikkinchisidan matematik formulalar shaklida miqdoriy bog'liqligini o'rnatishga harakat qilinadi. Agar bunday bog'lanish o'rnatilgan bo'lsa, tajribaviy fizik qonun ochildi deyiladi. Fizik qonunlar- bu, tabiatda mavjud bo'lgan,turg'un, qaytariluvchi qonuniyatlardir.
Fizikada tadqiqotlarning kuchli usullaridan biri modellashtirish usuli.
Modellashtirish- bu, real ob'ektni, jarayonni yoki hodisani boshqa, model` deb ataluvchi ob'ekt bilan almashtiriluvchi jarayon.
Model`-real ob'ektni yoki hodisani asosiy xususiyatlarini saqlagan holda ushbu ob'ekt yoki hodisani ideallashtirish. Model`, real ob'ektni hatti-harakatini belgilovchi xususiyatlarini saqlab qolishi kerak. Modellar nazariy va laboratoriyaviy bo'ladi. Oxirigi paytda komp`yuterlashgan modellar keng qo'llanilmoqda.
Model`, real haqiqatga yaqinlashtirilgan holda faqat uning ayrim tomonlarini xarakterlaydi va ma'lum bir qo'llanilish chegarasiga ega bo'ladi:
-moddiy nuqta modeli;
-ideal gaz modeli;
-moddani strukturali tuzilishining modeli;
-elektron gaz modeli;
-fizik maydonlar modeli va hokazolar.



Download 33.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling