1-ma’ruza: Geografik axborot tizimlari va asoslari Reja: Geografik axborot tizimlarining rivojlanishi Asosiy tushunchalar va iboralar


Download 68.37 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi68.37 Kb.
#1531259
  1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza 4


1-ma’ruza: Geografik axborot tizimlari va asoslari
Reja:
1. Geografik axborot tizimlarining rivojlanishi
2. Asosiy tushunchalar va iboralar
3. GISning boshqa fanlar va texnologiyalar bilan aloqadorligi
Tayanch so’zlar: GAT, GPS, CGIS, elektron taxeometr, MADUK, KOICA, MGAT

1. Geografik axborot tizimlarining rivojlanishi


Geografik axborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi - GIS ishlatiladi) XX asrning 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to‘g‘ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20 yil ichida kompyuter texnologiyasining ancha rivojlanishi bo‘ldi. Kartalar yaratishning "qog‘ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda geografik axborot tizimidan foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Oddiy qilib aytganda, GISga tabiat va jamiyat ob’ektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, yer, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni yig‘ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, taxlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleks, deb ta’rif bersa bo‘ladi.
Barcha GISlarda ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, taxlil qilish va ma’lumotlarni kompyuterda yoki etarli darajada tasvir xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturda texnik vositalar orqali ushbu jarayonlarni bajarish usullari e’tiborga olingan.
Demak, GIS - turli usullar bilan to‘plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi.
Hozirgi paytda foydalanish sohalarining kengligi jixatidan GISning tengi yo‘q - u navigatsiya, transport, qurilish, geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda.
Geografik axborot tizimlari yer tuzishda, turli tizim kadastrlarida, kartografiyada va geodeziyada keng qo‘llanilmoqda, chunki katta hajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tasvirlashni GIS tizimisiz mumkin emas.
Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko‘plab GISlar ishlatiladi, lekin ular orasida shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan, ularga GeoDraw, GeoGraph (Rossiya Geografiya instituti), AtlasGis, WinGis, ArcInfo, MapInfo (AQSH) va boshqa dasturlarni misol keltirish mumkin.
Umuman olganda kartalar yaratishning GIS-texnologiyasini quyidagicha tasavvur qilsa bo‘ladi:
1. Tayyorgarlik ishlari. Elektron taxeometrlar va GPS asboblaridan, tasvirlarni qayta ishlash vositalaridan, izlanishlar raqamli ma’lumotlaridan, avtorlik originallardan, mavjud fond kartalari va boshqalardan dastlabki ma’lumotlarni to‘plash. Kartografik va fond materiallarini, rastrli tasvirlarni bir xil masshtabga keltirish, so‘ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash.
2. Yaratilayotgan kartaning mavzuli qatlamlarini, ularga tegishli jadvallarni ishlab chiqish va ularni taxlil qilish. Ma’lumotlar bazasini yaratish. Ob’ektlar tasnifi mavjud jadvallar(atributlar) va matn ma’lumotlarni EHM xotirasiga kiritish. Shartli belgilar tizimini ishlab chiqish.
3. Kartaning mavzuli qatlamlarini muvofiqlash, kartografik tasvirni hosil qilish va ularni taxrir qilish. Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayyorlash. Kartani nashr qilish.
Boshqa muhim savol geografiya axborot texnologiyalari nima?
Geografiya axborotni to‘playdigan va u bilan ishlaydigan texnologiyalardir. Ishlatiladigan vositalarga ko‘ra ularni asosiy 3 ta guruhga ajratish mumkin:
1. Global pozitsionli tizim (Global Positioning System - GPS). Yer atrofida aylanib turgan sun’iy yo‘ldoshlardan iborat bo‘lgan tizimdan yuqori aniqlikdagi signallarni tarqatib turadi. Ular maxsus qabul qiluvchi vositalar yordamida Erda qabul qilinadi va joyning koordinatalarini o‘lchashga yordam beradi.
2. Masofadan turib ma’lumot to‘plash tizimi. Yer atrofida aylanib turgan sun’iy yo‘ldoshlardan atmosfera va Er yuzasi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘planadi. Bunday yo‘ldoshlar xilma xil va ularda o‘rnatilgan asboblar nurning turli spektrlarini qayd etib ko‘p foydali ma’lumot olish imkoniyatga ega. Yerga ushbu signallar etib borgach ular raqamli ko‘rinishga keltirilib saqlanadi va turli tashkilotlarga tarqatiladi.
3. Geografiya axborot tizimlari (Geographic information system GIS). Geografiya axborotni kiritish, saqlash, qayta ishlash, chiqarish va tarqatish uchun mo‘ljallangan maxsus axborot tizimidir. Maxsus dasturlash turi deb hisoblanadi. Geografiya axborot tizimlarida kompyuter va boshqa texnikaviy vositalar, ma’lumotlar, foydalanuvchi bir biriga bog‘liq ushbu tizim ma’lumotlaridan turli xil masalalarni yechishda, qarorlar qabul qilishda va turli islohotlarni amalga oshirishda yordam beradi. Geografiya axborot tizimlari axborot tizimlarining maxsus turi va boshqa axborot tizimlar kabi ma’lumotlar bazasida saqlanib turgan axborotni qo‘shish, ayirish, topib berish, tahlil qilish ishlarini bajaradi. Lekin ulardan farq qiladigan tomoni u Yer yuzasida nima va qayerda bor degan ma’lumotni idora qiladi. Faqat Geografiya axborot tizimlari xarita va Yer to‘g‘risidagi tasvirlar bilan ishlay oladi.
Demak geografiya axborot tizimlarining asosiy xususiyatlari:
1. Geografiya axborotni tahlil kilish yo‘li.
2. Axborot tizimlarining maxsus turi.
3. Fazoviy va hududiy axborotlarni tahlil kilish usuli.
4. Ma’lumotlarni saklash va tarkatish usuli.
5. Geografiya axborot esa:
a. -xarita va joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plami
b. -ular orasidagi aloqalardan iborat
Kompyuter texnologiyalar o‘zlashtirilgach kartografiya va geodeziya fanlarida hamda amaliyotida katta qulaylik yaratildi va bunday o‘zlashtirishning ijobiy tomoni yangi imkoniyatlarni ochishdadir.Ular quyidagilar:
1. Raqamli axborotni bir xil tarzda saqlash.
2. Raqamli axborotni bir xil tarzda qayta ishlash.
3. Raqamli ma’lumotlarni yaratish.
4. Internetda kerakli ma’lumotlarni izlash va tarqatish.
5. Raqamli axborotni tasvirga aylantirish.
6. Qayta ishlash tezligini va samaradorligini oshirish.
Kompyuterdan foydalanish afzalligi ularda ma’lumotlarni saqlash, topib olish, ular bilan ishlash, yuborish, qabul qilish, nusxa tayerlash, ekranda ko‘rsatish osonroq va tezroqdir.
Geografiya axborot tizimlarni ta’riflaydigan bo‘lsak bunda albatta ikkita tomoniga e’tibor beramiz:
1. Kompyuter tizimini, ya’ni kompyuter, turli texnikaviy vositalar, ma’lumotlar, dastur va ular bilan ishlaydigan mutaxassislar tashkil etadi. Boshqa sohalarda ishlatiladigan kompyuterlardan foydalaniladi. Farqi shundaki geografiya axborot tizimida xarita va chizmalardan olingan ma’lumotlarni kompyuter hotirasiga kiritish uchun maxsus skaner, digitayzer va chiqarish uchun maxsus printer, plotterlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
2. Geografiya axborotni boshqa axborotdan farq qiladigan tomoni shundaki u birorta koordinata tizimiga bog‘liq holda saqlanadi va qayta ishlanadi. SHunga qarab xaritadan eski aerosuratdan olingan ma’lumot albatta koordinata tizimi bilan birgalikda kompyuterga kiritiladi va saqlanadi. Geografiya axborot tizimi shunday ko‘shimcha vositalarga ega bo‘ladiki, ular yordamida geografiya axborotni ekranga chiqarib beradi, o‘zgartiradi, maydonni hisoblab beradi, bitta proeksiya va koordinata tizimidan boshqasiga o‘tkazadi, turli xil o‘lchovlarni bajarib beradi, joy xaritalarini birlashtirib ko‘rsatadi va bunday funksiyalar faqat Geografiya axborot tizimida mavjud. Undan tashqari ancha murakkabroq ishlarni ham bajarish imkoniyatlari bor, ya’ni qaerda va nima borligini izlab beradi va shu asosda joyning idora qilishda maslahat beruvchi bo‘ladi va joyning birorta maqsad uchun qulayligini baholab beradi. Maxsus dasturlash turi hiosblanadi va Geografiya axborot tizimning hududiy tahlil qilish funksiyalari dasturning muhim qismini tashkil etadi.
Bunday qimmat baho texnologiyalar va ma’lumotlar kimga va nima uchun kerak? degan savol ham paydo bo‘lishi mumkin Hududiy jaraѐn va hodisalarni o‘rganadigan fanlarda “qayerda va nima bor?” savol oddiy bo‘lib qolgan. Bundan tashkari gaz, telefon, elektr, suv tarmoqlari, kabelli televidenie bilan ishlaydigan tashkilotlarga ham ushbu ma’lumot kerak. Shunday tashkilotlarda ko‘p mijozlarga hizmat ko‘rsatish uchun turli axborotdan foydalaniladi, ya’ni hamma bor texnikaviy vositalar, quvurlar, infratizimning boshqa elementlari, tizimlar kattaligi va uzunligi to‘g‘risida to‘liq va yangi ma’lumotlarga muhtoj bo‘lib, shu ma’lumotlar asosida ular ishni boshqarish va takomillashtirish yo‘llarini topishga haraqat qilinmoqda. Ushbu ma’lumotlar boshqalarga ham kerak bo‘lib qolish mumkin, masalan, telefon tizimi qaerdan o‘tganligini o‘rganib, suv bilan ta’minlash tarmoqlarini qazish ishlarini unumli va bezarar olib borish mumkin.
Transport tashkilotlari yo‘l holatini, svetofor va yo‘l haraqati belgilarni nazorat qilishda, ko‘ngilsiz avtomobil hodisalarini oldini olishda shunday ma’lumotlarga tayangani maqsadga muvofiqdir. Eng qulay va qisqa yo‘lni, tranzit joylarni aniqlashda geografiya axborot tizimining o‘rni beqiѐsdir. Geopozitsionli tizimlar va geografiya axborot tizimlari rivojlangan sari ulardan foydalanish yo‘llari ko‘payib bormoqda.


Download 68.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling