1-Ma’ruza. Geosiyosat fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet31/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1432736
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
Bog'liq
geosiyosat

Boshkaruv funksiyasi. Jamiyatdagi xar kanday jarayonlarda boshkaruv elementlarini ko‘rish mumkin yoki ijtimoiy jixatdan xam boshqaruv elementlarisiz kundalik xayotimizni tasavvur eta olmaymiz. Boshqaruv yangi —yangi axborotlar tizimiga asoslanadi. Chunki boshqaruvchi (o‘z soxasi yoki doirasida) barqaror faoliyat olib borishi uchun ham (o‘ziga tegishli) informatsiyalarga extiyoj sezib boradi. Jumladan geosiyosatning boshqaruv funksiyasi ham shunga asoslangan. Boshqa soxalardan farqli tarzda, geosiyosat boshqaruvga tegishli qarorlar va tavsiyalarni berish uchun doimiy ravishda mavjud informatsiyalarni (xalqlar, davlatlar va mintaqalar va b.) yig‘ib boradi va taxlil etadi. Fakat shu asosdagina masalaga nisbatan tegishli bulgan asosiy xulosalarni chikaradi. Masalan, xar kanday jarayonlarda boshkarishga oid qarorlarni chiqarish uchun muammoli xolatni agroflicha taxlil kilmok, kerak. Bu birinchidan. Ikkinchidan, muammoga ob’ektiv baxo berish uchun turli kuchlar (sub’ektlar) va omillarni xisobga olish lozim (siyosiy, iqtisodiy, geografik va b.). Uchinchidan, sub’ektlarning voqeaga ta’sir etish darajalarini o‘rganish kerak.
Tabiiy geosiyosat boshqaruv xaqidagi, xalqlar va davlatlar turmushida boshkarish bilan bog‘lik bo‘lgan muammolarni, ularning boshqalarga ta’sir etishi va ularni bartaraf etishning yo‘l —yo‘riqlarini, o‘rganadigan fandir. Shunday ekan uning jamiyatdagi boshqaruv funksiyasiga xam quyidan yukoriga qarab yo‘naltirilgan xodisa sifatida qaramoq kerak.
Mafkuraviy funksiya. Mafkuraviy funksiya geosiyosatning asosiy funksiyalaridan biri xisoblanadi. Xo‘sh, mafkuraning o‘zi nima?
Mafkuralar asosini ma’lum bir g‘oyalar tashkil etadi. O‘zining ta’sir kuchiga ega bulgan fikrlarsiz g‘oyalar shakllanmaganligi singari, g‘oyalarsiz mafkuralar ham bo‘lmaydi. Mafkura jamiyat, uning tuzilishi, eng asosiysi, jamiyatning umumiy rivojlanish yo‘llaridagi muayyan majmuasidir. To‘g‘ri, bu bilimlar ijtimoiy jihatdan odil yoki noodil bo‘lishi tabiiy. Birok, geosiyosatni bilimlar kimlar yoki kaysi kuchlarning manfaatini ximoya qilishi masalasi qiziktiradi.
Klassik geosiyosiy konsepsiyalarga e’tibor bersangiz, ular tashqaridan biror olim yoki siyosatshunosning ilmiy qarashlaridek ko‘rinadi. Konsepsiyalarni chuqurroq o‘rgansangiz uning shunchaki ilmiy — nazariy fikrlar emas, jamiyatdagi muayyan guruhlar, xalqlar va davlatlar manfaatlarini ifodalagan g‘oyalar majmuasi — mafkuraviy ko‘rinishga ega ekanligiga amin bo‘lasiz. Masalan, ingliz tadkikotchisi X.Makkinderning «Xartland» -«Asosiy o‘lka» nazariyasini yoki nemis olimi N.Xausxoferning konsepsiyasi va boshka geosiyosiy dasturlarni olaylik. Mazkur nazariyalar shunchaki sub’ektlar fikrlarni ifodalagan siyosiy qarashlar bo‘lganida edi, allaqachon siyosiy ta’limotlar tarixiga kirgan bo‘lardi. To‘g‘ri, ular geosiyosiy bilimlar tarixiga mansub. Birok ularning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishi mafkuraviy mohiyatga ega. Shuning uchun ham ular insoniyat tarixiy — evolyusiya taraqqiyotining u yoki bu bosqichida ma’lum bir kuchlar, davlatlar manfaati bilan uyg‘unlashishi mumkin. Aniqrog‘i, davlatlar o‘z tashqi siyosiy faoliyati asoslarini ishlab chiqishda va uni amaliyotga tadbiq etishda geosiyosiy konsepsiyalarga murojaat qilishadi.
Geosiyosatning mafkuraviy funksiyasi xaqida gapirganda jamiyatdagi mafkuralarning xilma —xil shakllarda bo‘lishini xam unutmasligimiz kerak. Chunki biz o‘sha mafkuralarga uning qanday shaklga egaligidan, xususiyatlaridan kelib chiqib baho beramiz. Bu jihatdan mafkuralarning quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishlarini aytishimiz mumkin: mafkura asosida turgan g‘oyalarning ilmiy va noilmiyligi; ko‘zlangan maqsadlarning real va utopik bo‘lishi; konservativ va liberal tamoyillarga egaligi.
Mafkuralar qanday ko‘rinish va shakllarda bo‘lmasin, ular asosida umumiy insoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarning turishi xalklar va davlatlar turmushi bilan bog‘lik bo‘lgan geosiyosiy jarayonlarda qarama — qarshiliklar, konfliktlar o‘rniga konsensusning shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlarni yaratadi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling