1-ma’ruza. Kimyo faniga kirish. Kimyoning
Bir xil sharoit (bir xil bosim va bir xil
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekvivalentlar qonuni
Bir xil sharoit (bir xil bosim va bir xil haroratda)da teng hajmda olingan gazlardagi molekulalar (atomlar) soni teng bo’ladi
|
A.Avogadro |
Avogadro qonunidan ikkita xulosa kelib chiqadi.
Normal sharoit (T=273 K, P=101,325 kPa) da har qanday gazsimon moddaning «1 mol» miqdori 22,4 litr hajmni egallaydi va bunga gazlarning molar hajmi deyiladi. V molar = V0=22.4 l/mol hajmda belgilanadi. Bu xulosaga ko‘ra 1 mol N2 gazi normal sharoitda 22,4 l, 0,1 moli 2,24 l hajmni egallaydi.
Gazsimon moddaning hajmi va miqdori uning tarkibidagi zarracha (molekula, atom) lar soniga bevosita bog‘liqdir.
Shunga ko‘ra, ikkinchi xulosa kelib chiqadi: Har qanday moddaning «1 mol» miqdori tarkibida 6,02 1023 ta zarracha (molekula, atom) bo‘ladi. Bu son N=6.02 1023 Avogadro soni deyiladi.
Demak, 1 mol H2 tarkibida 6,02 1023 ta vodorod molekulasi bo‘lib, 22,4 l xajimni egallaydi. 10 mol H2 da 6,02 1024 ta molekula bo‘lib, 224 l hajm egallaydi. 0,5 mol O2 gazi 16 g bo‘lib, 3,0 1023 ta molekula bor, ular 11,2 l hajmni egallaydi. 2,24 l Cl2 gazida 6,02 1022 ta molekula bo‘lib, uning miqdori 0,1 mol va massasi 7,1 g bo‘ladi. Avogadro fikricha gaz holatidagi oddiy moddalarning vodorod, kislorod, azot, xlor va boshqalarning mayda zarrachalari molekulalar bo‘lib, ular ikki atomdan
tuzilgan H2, O2, Cl2, N2 va boshqalar (F2, Br2, J2)
Ekvivalentlar qonuni
Tarkibning doimiylik qonunidan ma`lumki, har qanday kimyoviy birikmalarning tarkibiga kiruvchi elementlar o`zaro aniq va doimiy og`irlik nisbatlarida bo`ladi. Bu nisbatlar shu elementlarning ekvivalentlariga muvofiq keladi. Shunga ko`ra moddalarning kimyoviy jihatdan teng kuchli miqdoriy nisbatlarini ifodalash uchun ekvivalent tushunchasi kiritilgan.
Moddalarning ekvivalentini ifodalashda nisbiy ekvivalent birlik sifatida 1 mol H- atomi og`irligi (1g) yoki 1 mol O-atomi og`irligining yarmi (8 g) qabul qilingan.
Moddaning ekvivalenti deb, uning 1g (og`irlik qism ) vodorod yoki 8 g (o.q.) kislorod bilan birikadigan (yoki o`rnini oladigan) og`irlik miqdoriga aytiladi. Ekvivalent ―gr/mol‖ birlikda o`lchanadi.
Ekvivalent so‘zi teng qiymatli demakdir. Masalan: suvda bir og‘irlik qism vodorodga sakkiz og‘irlik qism kislorod to‘g‘ri keladi. Xuddi shuningdek bir og‘irlik qism vodorodga 35,5 og‘irlik qism Cl to‘g‘ri keladi. Demak vodorod kislorod va xlorning ekvivalentlari 1:8:35,5 ga tengdir.
Elementning bir massa qism vodorod yoki sakkiz massa qism kislorod bilan birika oladigan miqdori uning ekvivalenti massasi deb ataladi. Masalan:
2Ca + O2 = 2CaO; Ca ning ECa = 20 gr/mol.
Download 227.69 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling