1-ma’ruza: “kimyoning ilmiy vа pedаgogik metodologiyasi” fanining maqsad va vazifalari


Download 175.72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.02.2023
Hajmi175.72 Kb.
#1221444
Bog'liq
1-MA`RUZA KIPM (1)



1-MA’RUZA: 
“KIMYONING 
ILMIY VА PEDАGOGIK 
METODOLOGIYASI” 
FANINING MAQSAD VA 
VAZIFALARI.


Reja:
1.Metodologiya o`zi nima?
2. “Kimyoning ilmiy vа pedаgogik
metodologiyasi” fanining maqsadi
3. “Kimyoning ilmiy vа pedаgogik
metodologiyasi” fanining vazifalari.



Metodologiya (metod va ...logiya soʻzlaridan) — tadqiqotchining
nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va
usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taʼlimot. M. metodlar
haqidagi taʼlimot yoki yalpi-umumiy bilish metodi, deb ham 
taʼriflanadi. M. metodlarga va umuman voqelikka qanday yondashish
yoʻlini oʻrgatadi. Voqelikning muayyan qismini, biror jihatini, 
rivojlanishining ayrim holatini oʻrga-tuvchi M.ga metafizikani, 
voqelikning chiziqli rivojlanish, oʻzgarish jarayonini va uni tashkil
etuvchi elementlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi
M.ga dialektikani, voqelikda roʻy beruvchi keskin, halokatli
oʻzgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini oʻrganishda
qoʻllaniladigan Mga sinergetikapsh misol sifatida koʻrsatish mumkin


Kimyo ilmiy va pedagogic metodologiyasi quyidagi
masalalarni o’z ichiga oladi: materiya harakatining
kimyoviy shakli; kislota va asos tushunchalari; modda
tarkibining uzluklikligi va uzluksizligi; kimyo fizikani, 
kimyo bilan biologiyani, kimyo bilan matematikani o’zaro
munosabati; anorganik va organik kimyoni o’zaro
munosabati va h.k.o.
Moddaning kimyoviy evolyutsiyasi ya’ni uning
kimyoviy element, oddiy modda, anorganik birikma
shaklidan organik modda darajasiga ko’tarilishi, undan esa
tarkibi va tuzilishi jihatidan ancha murakkab bo’lgan
biologik qurilmalarning yaralishi o’ta qiziqarli falsafiy-
metodologik muammo bo’lib, uni ko’pgina fanlarning
o’zaro hamkorligida hal qilish mumkin.


O’zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi «Ta’lim
to’g’risida»gi qonuni, zamonaviy kimyo o’qituvchisi, 
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarr, kimyo
ta’limining didaktika ta’limoti, kimyo fanining rivojlanishi
O’zbekiston Respublikasining yangi taxrirdagi «Ta’lim
to’g’risida» gi qonuni asosida kimyo ta’limini yanada
rivojlantirish uchun avvalo rivojlangan davlatlarning
amaldagi dasturlari asosida kimyo fani dasturi va darslik
mazmunini qayta ko’rib chiqish, kimyo laboratoriyasida
eksperimentlar o’tkazishda moddiy texnikasini
bazasini
mustahkamlash
, kimyogar pedagog kadrlarni tayyorlashni
sifat darajasini oshirish talab etiladi.


ZAMONAVIY KIMYO FANI O’QITUVCHISI 
BILISHI KERAK:
1.Kimyo o’qitish jarayonida o’qituvchilarning
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadini.
2. Maktab dasturlari, darsliklari, o’quv
metodik
adabiyotlari
, normativ hujjatlari mazmuni.
3. Kimyo o’qitishning nazariy va metodik asoslarini.



Kimyo o’qitish kursi asosida qo’yidagi metodologik holatlarga
e’tibor beriladi.
Umumiy dialektik metod bilish jarayoninig rivojlanib takomillashib
borishi.

Kimyo o’qitishda sistemalilik va birin-ketinlik, aniq reja.

Barcha metodologik kategoriyalarni ta’limiy, tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi anspektda qarab chiqish.

Didaktik yo’nalish - kimyo o’qitishning nazariy asoslarini belgilab
berdi.


O`qitishda (diqqatni tortish, ichki tuyg’u, istak, zaruriyatlar
shakllanishi) o`quv jarayonida o`quvchi va o`qituvchi uchun asosiy
harakatlantiruvchi kuch bu ichki motivasiyadir.
O`quvchi - bilim olishga intilish va bilim olishga ehtiyoj sezish kerak, 
o`qish maqsadi ichki ehtiyojga aylanishi kerak. O`quvchi real 
hayotga kirib borishi va unda
faol ishtiroq etishi uchun
, bilim, 
ko`nikma va malakalar bilan birga ilmiy bilish metodlariga ega
bo`lishni ongli ravishda tushunsin. Bu dunyoni anglab yetish unda
o`zining munosib o`rnini topish uchun o`quvchi erkin izlansin.
O`qituvchi - o`quvchilarda tashabbuskorlik, mustaqillik, bilimlarni
puxta va chuqur o`zlashtirish uchun zarur ko`nikma malakalarni
shakllantirish ularda kuzatuvchanlik tafakkurli nutqni o`stirish, xotira
va ijodiy tasavvurlarni tarbiyalashga imkon beruvchi didaktik
prinsiplarni ro’yobga chiqarish kerak.

Download 175.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling