Kimyo laboratoriyasida reaktiv va materiallarni saqlash.Kimyoda ishlatiladigan idish va qurilmalar bilan tanishish.
Reaktivlardan foydalanish va ishlash qoidalari
Eritmalar va quruq reaktivlar jips berkitilgan shisha yorlig` (etiketka), tiqin (shliflangan), rezina yoki probka bilan berkitilgan shisha idishlarda saqlanishi kerak. Reaktiv solingan har bir idishda reaktivning nomi, sifati (markasi) va konsentratsiyasi (eritmalar uchun) yozilgan etiketka yopishtirib qo`yilishi kerak. Reaktivlardan foydalanganda quyidagi qoidalarga qa`tiy rioya qilish kerak:
reaktivlardan keragidan ortiqcha miqdorda sarflash yaramaydi. Bajariladigan tajriba uchun reaktivdan qancha olish kerakligi aytilmagan bo`lsa, ulardan mumkin qadar kamroq oling.
-ishlatilmay ortib qolgan reaktivni shu reaktiv olgan idishga qaytarib solmang, laborant ko`rsatgan boshqa idishga solib qo`yish kerak.
-tajriba o`tkazish uchun reaktivdan kerakli miqdorda olingandan keyin darrov uni og`zini berkitib, o`z joyiga qo`yish kerak.
-quruq reaktivlarni chinni yoki metall qoshiqchalarda yoxud shpatellar bilan oling. Ular har doim toza va quruq bo`lishi kerak.
-suyuq reaktivni pipetka bilan olsangiz, pipetkani yuvmasdan unda yana boshqa idishdan reaktiv olmang. Umumiy foydalanish uchun qo`yilgan reaktivlarni har kim o`zi ishlayotgan shpatel yoki pipetka bilan olishi yaramaydi.
-umumiy foydalanish uchun qo`yilgan asbob va reaktivlarni o`z ish joyingizga olib ketmang, aksincha, ularning o`z joyini o`zgartirmang, chunki u boshqalar uchun ham kerak bo`ladi.
Kimyoviy idishlar va asboblar
T urli kimyoviy tajribalarni bajarishda, maxsus yupqa yoki qalin shishadan yasalgan idishlar ishlatiladi. Yupqa shishadan yasalgan idishlar temperaturaning о`zgarishiga chidamli va ularda qizdirish bilan bog`liq bо`lgan turli kimyoviy jarayonlar bajariladi, Qalin shishadan yasalgan idishlarni qizdirish yaramaydi. Kimyo laboratoriyalarida eng kо`p ishlatiladigan shisha idishlar quyidagi rasmlarda keltrilgan (1 -rasm).
Shisha idishlar bilan bir qatorda laboratoriyada chinnidan yasalgan idishlar ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |