1-Ma’ruza: Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Til – eng muhim aloqa vositasi va ijtimoiy hodisa. Tillarning kelib chiqishi va o‘zaro munosabatlari


Download 1.36 Mb.
bet6/8
Sana23.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1287925
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza

Tillarning o‘zaro munosabatlari. Til taraqqiyotida qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi turli munosabatlar, savdo-sotiq va madaniy aloqalar, urushlar o‘z ta’sirini qoldirmay qo‘ymayadi. Bunday hodisalar ba’zi tillarda ko‘proq, ba’zilarida esa kamroq aks etadi. Masalan, hozirgi zamon ingliz tili lug‘at boyligining faqat 30 foizga yaqini sof ingliz tiliga oid, qolganlari roman va sharq tillaridan kirgan so‘zlardir. Tillarning bunday munosabatlari tillar hamkorligi deyiladi. Tillar hamkorligida tillarning chatishuviga odatda katta ahamiyat beriladi. Ba’zi olimlarning fikricha, har qanday hamkorlik ham tillar chatishuviga kiravermaydi. Masalan, bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashtirilishi tillar chatishuviga kirmaydi, chunki o‘zlashtirilgan so‘zlar tilning grammatik ko‘rinishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi. Masalan, arab tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashtirilgan so‘zlar bunga yaxshi misol bo‘la oladi.
Fransiyaning XI asrda Britaniya orolini bosib olishi va fransuz tili bilan anglosakson tillari orasidagi aloqa tillar chatishuviga eng yaxshi misoldir. Ma’lumki, bu yerda g‘oliblar tili bo‘lmish fransuz tili bilan mag‘lublar tili – anglosakson tillari orasida uzoq vaqt davom etgan urushdan keyin, g‘oliblar o‘z tilini yo‘qotib, anglosakson tilini qabul qilishlariga to‘g‘ri keldi. Shuni ham aytish kerakki, anglosakson tili ham fransuz tilidan ba’zi elementlarni qabul qildi. Chatishuv sodir bo‘lganda substrat va superstrat (bu so‘zlar latincha bo‘lib, birinchisi tag qatlam, ikkinchisi esa, ustki qatlam degan ma’nolarni anglatadi) hodisalari to‘g‘risida fikr yuritish mumkin.
Har ikkala tushuncha mag‘lub tilning g‘olib tilda qoldirgan elementlari, izlarini bildiradi. Agar mag‘lub tilning elementlari g‘olib tilning fonetik, grammatik tuzilishini buzib, unga faol ta’sir qilgan bo‘lsa, unda substrat yoki superstrat hodisalari ro‘y beradi. Bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashtirish substratga kirmaydi. Kelgindilar tilining mahalliy tilni siqib chiqarishi va ayni paytda ishlatilishdan chiqib ketayotgan tilning kelgindilar tiliga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi substrat hodisasi

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling