1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Xayvon manbasiga ko‘ra xom ashyo klassifikatsiyasi


Download 476.38 Kb.
bet27/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Xayvon manbasiga ko‘ra xom ashyo klassifikatsiyasi:

  • Bug‘u etishtirish ma’sulotlari (pantы, shoxlari, qoni);

  • Asal to‘playdigan asal arilar maxsulotlari (mum, zaxari, propolis, apilak, asal, changi);

  • Ilon maxsulotlari (zaxaralar).

Kimyoviy tarkibi bo‘yicha klassifikatsiyasi:

  • mumlar (arilarning, kashalotlarning, qo‘ylarning);

  • yog‘lar (baliq, cho‘chqa va b.q.);

  • zaxarlar (ari va ilon).

Farmakologik ta’siri bo‘yicha klassifikatsiyasi:

  • biostimulyatorlar (pantlar, mumiyo va apilak preparatlari);

  • nevralgiya, revmatiza va b.q. davolovchi vositalar (ari va ilon zaxari preparatlari);

  • yara bitiruvchi vositalar (propolis va asaldan olingan preparatlar);

  • davolovchi-profilaktik vositalar va parxez ozuqa maxsulotlari (asal, changchi).


6- MAVZU. TARKIBIDA POLISAXARIDLAR (GOMOGLIKOZIDLAR) BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA MAHSULOTLAR

Polisaxaridlar - monosaxaridlar qoldiqlaridan tashkil topgan yuqori molekulali uglevodlar. Ular biopolimerlarning muhim guruhlaridan biri bo‘lib, o‘simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan. Bu birikmalarning parchalanishi natijasida oddiy uglevodlar – monosaxaridlar (ba’zan disaxaridlar ham) hosil bo‘ladi. Keyinchalik oraliq birikma bo‘lgan disaxaridlar ham monosaxaridlarga bo‘linadi. Fotosintez jarayonida vujudga kelgan birikmalar- monosaxaridlar o‘simlik xujayrasida uchraydigan barcha moddalar sinteziga (jumladan, polisaxaridlar sinteziga ham) asos bo‘ladi. O‘simlik tarkibidagi biologik faol moddalar ham hujayradagi qandlarning o‘zgarishi asosida yuz bergan biosintez hosilasidir. Uglevodlar fotosintez jarayonining birlamchi hosilasi (mahsulotlari) hisoblanadi. Uglevodlarning turli o‘zgarishlari natijasida vujudga kelgan hamma moddalar (oqsil, lipidlar, fermentlar va vitaminlardan tashqari), shu jumladan,biologik faol birikmalar ham fotosintez jarayonining ikkilamchi hosilasidir. Polisaxaridlar (gomoglikozidlar) quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

Kristall holidagi polisaxaridlar (oligosaxaridlar yoki qandsimon polisaxaridlar). Oligosaxaridlar geksozalar va pentozalardan tashkil topgan kristall holdagi, shirin, suvda yaxshi erishi natijasida chin (haqiqiy) eritma hosil qiladigan hamda molekula og‘irligi turg‘un bo‘lgan moddalardir. YUqori polisaxaridlar (qandsimon bo‘lmagan polisaxaridlar,poliozlar). Bu birikmalar mazasi shirin bo‘lmagan, suvda erimaydigan yoki suvda erigan holda kolloid eritma hosil qiladigan yuqori molekulali birikmalar, polimerlardir. YUqori polisaxaridlar glikozidlarga o‘xshash efir tipidagi birikmalar bo‘lib, gidroliz natijasida oligosaxaridlar va monosaxaridlarga parchalanadi.




Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling