DALACHOY ER USTKI QISMI – HERBA HYPERICI
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi (1-rasm). Bargning epidermis hujayralari egri-bugri devorli bo‘lib, tasbehsimon qalinlashgan joylari bor. Ustitsalari bargning pastki epidermisiga joylashgan. Ular 3–4 ta epidermis hujayralari bilan o‘ralgan.
Barg plastinkasida 2 xil: rangsiz va rangli joy bo‘ladi. Rangsiz joy yumaloq bo‘lib, efir moyi va smola yoki faqat efir moyi, rangli joyi esa qizil binafsha rangli pigmentlar (antotsianlar) saqlaydi. Rangsiz joylar barg plastinkasining hamma erida, rangli joylar esa barg plastinkasining qirrasi bo‘ylab joylashgan. Barg tomiri bo‘ylab efir moyli va smolali rangsiz, cho‘ziq joylar uzunasiga joylashgan bo‘ladi. Rangli va rangsiz joylar kosacha bargda va tojbargda ham uchraydi
Do'stlaringiz bilan baham: |