Ilmiy tadqiqot asoslari fanining predmeti
Dorivor o‘simliklar o‘simlikshunosligida ilmiy tadqiqot asoslari fani qishloq xo‘jalik fanlari negizida va shu fanlar qonuniyatgari asosida shakllangan bo‘lsada o‘zining mustaqil o‘qitish va ish yuritish metodologiyasi mavjud. Ilmiy tadqiqot asoslari fanida asosiy e’tibor dorivor o‘simliklar o‘simlikshunosligi yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni uslubiy jixatdan to‘g‘ri bajarilishiga qaratiladi. Fanning asosini – tajriba olib borilishidagi metodik talablar, ya’ni tajribalarni ilmiy asosda to‘g‘ri ko‘yilishi, barcha ilmiy tadqiqotlarni uslubiy jixatdan to‘g‘ri bajarilishi tashkil etadi.
Ilmiy tadqiqot asoslari fani – ilmiy tadqiqot turlari, ularni o‘ziga xos xususiyatlari, tadqiqot elementlari, ilmiy tadqiqotlarga ko‘yiladigan standart talablar, tajribalarni tashkil etish, ko‘yish va olib borish uslubiyatlarini, ilmiy ishlarda xujjat ishlarini yuritish, hamda olingan natijalarni statistik tahlil qilish qonuniyatlarini o‘rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |