O‘simlikning hamma qismi zaharli.
Geografik tarqalishi. Yirik gulli angishvonagul yovvoyi holda Ural tog‘larida va G‘arbiy Sibirning Uralga yondoshgan tumanlarida, Oltoy tog‘ etaklarida, Rossiyaning Ovrupo qismining ba’zi (Valday, Volga oldi tepaliklar) tumanlarida, qisman Latviya, Karpat va SHimoliy Kavkaz tog‘laridagi keng yaproqli va aralash o‘rmonlarda o‘sadi. Mahsulotni tayyorlaydigan asosiy joylar Sverdlovsk va CHelyabinsk viloyatlari.
Mahsulot tayyorlash. Yirik gulli angishvonagulning mahsuloti yovvoyi holda o‘sadigan o‘simlikdan tayyorlanadi. O‘simlikning birinchi yili ildizoldi to‘p barglari, ikkinchi yildan boshlab ildizoldi to‘pbarglari va poyadagi barglari uning gullash davrida yig‘iladi. Qizil angishvonugal o‘simligi plantatsiyalarda bir yoki ikki yillik o‘simlik sifatida o‘stiriladigan bo‘lgani uchun uning ildizoldi barglarini yoz bo‘yi 2–3 marta, ikkinchi yili esa o‘simlikni gullash vaqtida poyadagi barglari ham bandsiz qilib yig‘ib olinadi. Bargni quritishdan oldin bandidan ajratiladi. CHunki barg bandida ta’sir etuvchi modda – glikozidlar kam bo‘ladi hamda mahsulotning tez qurishiga halaqit beradi. Odatda bargni kunning ikkinchi yarmida, havo ochiq vaqtida yig‘ish tavsiya etiladi. CHunki bu vaqtda bargda ta’sir etuvchi modda ko‘p bo‘lib, havo bulutligida yoki qorong‘ilikda u bir oz kamayadi. Mahsulotni yig‘ib olib, tezlik bilan 50–60°S haroratda quritiladi. Agar mahsulot sekin quritilsa tarkibidagi glikozidlar parchalanib ketiish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |