QORAQIZ (ITTIKANAK) ER USTKI QISMI – HERBA BIDENTIS
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi.Ishqor eritmasi bilanyoritilgan barg bo‘lagining tashqi tuzilishini mikroskop ostida ko‘riladi (3-rasm).
Bargning epidermis hujayralari egri-bugri devorli bo‘ladi. Bargning pastki tomonidagi epidermis hujayralari yuqori epidermis hujayralariga nisbatan maydaroq va ko‘proq egri-bugri devorli, ustitsalar bargning har ikkala tomonida bo‘lib, ular 3–5 tagacha epidermis hujayralari bilan o‘ralgan. Tuklar siyrak bo‘lib, barg plastinkasining qirrasi va tomirlari bo‘ylab o‘rnashgan. Barg plastinkasi qirrasidagi tuklar 3–7 hujayrali, o‘tkir uchli, qalin devorli, qat- -qat kutikulali. Barg plastinkasidagi va ko‘proq tomirlar bo‘ylab joylashgan tuklar 2 xil bo‘ladi: nozik, mayda, yupqa devorli, 9–12 (ba’zan 18 tagacha) hujayrali, pilla qurtiga o‘xshash (faqat pastki hujayrasi qalin devorli va qat-qat kutikulali) hamda 9–13 ta, qalin devorli va qat-qat kutikulasi bor hujayrali, o‘tkir uchli tuklar. Bu tuklarning asos qismi 2–3 qator joylashgan ko‘p hujayralidir. Barg tomirlari bo‘ylab (ishqor eritmasi ta’sirida qo‘ng‘ir rangga bo‘yalgan) bezli yo‘llar joylashgan.
15- AMALIY MASHG‘ULOT. TARKIBIDA OSHLOVCHI MODDALAR BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLARNING MIKROSKOPIK TUZILISHINI O‘RGANISH. DORIVOR O‘SIMLIK MAHSULOTLARIDAN BRIKETLAR TAYYORLASH
Do'stlaringiz bilan baham: |