Fanning boshqa fanlar bilan munosibati
Xech qaysi fan aloxida holda rivojlana olmaydi. Har qaysi fanning rivojlanishida boshqa fanlar qonuniyatlaridan ma’lum darajada foydalaniladi.
Dorivor o‘simliklar o‘simlikshunosligida ilmiy izlanish asoslari fani -matematika, informatika singari aniq fanlar, biologiya, fizika, kimyo singari tabiiy fanlar va dexqonchilik, paxtachilik, o‘simlikshunoslik, agrokimyo, seleksiya, meva - sabzavodchilik singari maxsus fanlar bilan o‘zaro aloqada rivojlanadi va mazkur fanlarning qonuniyatlaridan foydalanadi. Masalan: dorivor o‘simliklar hosildorligini xisoblashda va dispersion statistik tahlil qilishda matematik amallardan foydalanilsa, tuproqning g‘ovakligi, zichligi, xajm og‘irligi va suv hossalarini aniqlashda fizika qonuniyatlaridan, tuproq va o‘simlik tarkibidagi makro va mikro elementlarni o‘rganishda kimyo qonuniyatlariga asoslanish ish yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |