1-Ma’ruza: Kirish. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi pedagogik fan. Husnixatga o‘rgatish metodikasining shakllanish tarixi. Reja
Hattotlik san’ati. Hattotlik maktablari haqida ma’lumot
Download 39.35 Kb.
|
Husnixat 1-ma\'ruza
Hattotlik san’ati. Hattotlik maktablari haqida ma’lumot
O’rta asrlarda har qanday asar qo’lda ko’chirilib kitob qilingan. Nafis kitob ko’chirish katta hunar va san’at hisoblangan. Bu hunar egalari tarixda hattot nomi bilan mashhur bo’lganlar. Hattotlarning ko’chirgan kitoblari kishilarni hayajonga solib, ularni zavqlantirgan. Shuning ushun ham hattotlik bilan nom chiqargan shaxslar oddiy ko’chiruvchi emas, balki o’sha davming ilm-ma’rifat va yirik madaniyat arbobi hisoblangan. Qo’lda ko’chirilgan har bir asar san’at mo’jizasi kabi nodir asar hisoblangan. XIV-XVI asrlarda bir qancha iste’dodli san’atkorlar - nafis kitoblarning ijodchilari yetishdi. Muhammad bin Husayn at-Tibiy, Mir Ali Tabriziy, Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Qilqadam, Mimislar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, o’rta asrlarda yashagan bir qancha olim va fozil kishilar yoshlikdan hattotlik san’atini egallab, keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Ular faqat o’z asarlarinigina emas, balki boshqa mualliflarning asarlarini ham ko’chirganlar. Masalan, Hofiz Sheroziy Xusrav Dehlaviyning “Xamsa”sini ko’chirgan. Alisher Navoiyning mohir xattot ekanligi tarixiy manbalardan ma’lum. Zahiriddin Muhammad Bobur arab grafikasida turkiy xalqlarga moslab “Xatti Boburiy” deb atalgan alifbe yaratdi. Munis Xorazmiy xattotlik san’ati haqida “Savodi ta’lim” nomli risola yozdi va Alisher Navoiyning “Xamsa”sini nihoyatda chiroyli xat bilan ko’chirdi. Muqimiy ham juda mayda nasta’liq va shikasta xati uslubida bayoz ko’chirgan. Bulaming hammasi shuni ko’rsatadiki, O’rta Osiyoda nafis kitob yaratish texnikasi ixtiro etilmagan bir davrda kotiblikka talab nihoyatda kuchli bo’lgan. Qo’l yozmalami kitob holiga keltirishda bir necha mutaxassislar ishtirok etganlar. Bu jarayonda qog’ozrez (qog’oz quyuvchi), xattot, muzahhib (oltin suv bilan bezak beruvchi), lavoh (lavha chizuvchi), musavvir va sahhof (muqovalovchi) ishtirok etadi. Shu yo‘sinda tayyorlangan nafis kitoblar shohlar, buyuk olimlar va shoirlar kutubxonalarida saqlanar edi. Hattotning asar ko’chirish qurollari: “siyoh”, “qamish qalam”, “mistar” (transporant), qalamning uchini chiqarib turish uchun “qalamtarosh”, qamish qalamning uchini kesish uchun yasalgan maxsus suyak plastinka “qalam qat” dan iborat bo’lgan. Qamish qalam xattotning asosiy yozuv quroli hisoblangan. Uni tayyorlash ham alohida san’at talab etgan. Qamish qalamdan qog’ozga siyoh tommaslik uchun hamda qalamda doim yetarli darajada siyoh bo’lishi uchun siyohdon (dovot) ga tolguncha ipak los solingan. Siyohga bo’ktirilgan ipak loslar qalamning yetarli miqdorda siyoh bilan ta’minlanishiga yordam beradi. Eski maktabda chiroyli yozuvga alohida ahamiyat berilgan, ammo husnixat mashg’ulotlari uchun zarur bolgan qoidalar yuzaki tushuntirilgan. Chiroyli yozuvga o’rgatish vaqtida faqat qalamni qanday ushlash qoidalarigina eslatilgan. Qalam bilan bir marta yozilgandan so’ng uning ustida qayta yozishga yo’l qo’yilmagan, bu yozuv qoidalarini saqlashdagi birdan-bir usul bo’lgan. Bolalarga yuqoridagiga o’xshash ayrim yo’l-yo’riqlar ko’rsatilgani bilan ularning ko’zi bilan qog’oz orasidagi masofaning to’g’ri saqlanishiga e’tibor berilmagan. Xatto yozish vaqtida nafas olish ham ta’qiqlangan. Eski maktabda husnixat qoidalarini o’rgatuvchi birdan-bir qo’lanma “Mufradot” kitobi bo’lgan. Domlalar yozishni o’rgatish va husnixat mashq qildirishda shu kitobdan foydalanganlar. Bu vaqtda husnixatga o’rgatishning birdan-bir yo’li ko’chirib yozish ko’nikmasini hosil qilish bo’lgan. Bolalar uchun arab alfavitida yozish juda qiyin bolib, unda biror nuqtaning noo’rin qo’llanishi yoki nuqtalar sonini kam yoki ortiq boMishi so’zning ma’nosini tubdan o’zgartirib yuborgan. Shuning uchuin, arab yozuvida juda ehtiyot bo’lib yozish zarur edi. Ana shunday bir vaqtda husnixat boMishni, har bir harfni to’g’ri va aniq yozishni talab qilish, bu masalaga kishilarning diqqatini jalb qilishda husnixat ta’limini o’rgatuvchi metodik qoMlanma juda muhim edi. Bu ishga birinchi bo’lib shoir va xattot Shermuhammad Avazbek o’g’li Munis (1778-1829) bel bog’laydi. Munis 1804-yilda o’zbek tilida “Savodi ta’lim” nomli risola yozadi. Uning bu risolasi amaliy hamda nazariy tomondan o’sha davrga nisbatan katta ahamiyatga ega edi. Munisning bu asari uning vafotidan keyin Xorazm xattotlari tomonidan ko’chirib yoziladi. Munis bu risolasini ikki qismga bo’lib, birinchi qismida husnixat ta’limini bergan ustozlari haqida, xat va chiroyli yozuv asboblari haqida foydali maslahatlar beradi. “Savodi ta’lim”ning ikkinchi qismida arab alfavitidagi harflaming o’lchovi va shakli katta kichikligi tushuntiriladi. Munis bu kitobida harflaming o’lchovini qafiylashtirib har xillikka chek qo’yib, husnixat taMimiga yangilik kiritgan. Uning bu risolasi xattot va kitoblarga hamda o’z xatini tuzatmoqchi bo’lgan kishilarga yaqindan yordam bergan. Hozirgi kunda maktablarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri o’quvchiIaming savodxonligini oshirishdir. O’quvchilaming savodxonligini oshirishda toza va chiroyli yozuvning roli katta. Ulug’ rus pedagogi K.D.Ushinskiy husnixat darslariga alohida e’tibor berib, “dastlabki orfografik malakalar husnixat darslarida tiklanadi’, - degan edi. 1948-yilda V.A. Saglin tomonidan tuzilgan “Boshlang’ich sinflarda yozuvga o’rgatish” nomli qo’llanmada I, II, III, IV sinflarda husnixatga o’rgatishning maqsad va usullari bayon etiladi. Bu kitobda yozuvda uchraydigan tipik xatolami tuzatish uchun ko’rsatmalar va tez yozishga o’rgatish uchun tayyorgarlik mashqlari beriladi. Qo’llanmada doskada bo’r bilan yozish qoidalari ham kiritiladi. 1948-yilda E.V. Guryanov tomonidan tuzilgan “Yozuv mashqlaming psixologik eslatmalari” va “Alifbe davrida yozuvga o’rgatishning psixologiyasi va metodikasi” nomli qo'Ilanmalarda esa yozuv jarayoniga ilmiy asosda yondashiladi va yozuvning psixofiziologik asoslari ochib beriladi. 1983- yilda D.A.Pisarevskiy tomonidan yozilgan “Yozuvga o’rgatish” kitobida birinchi marta boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun darslarni qanday tashkil etish yo’llari ko’rsatiladi. Muallif bu kitobda harflami izchillik bilan o’rgatishni, har xil bog’lanishlarni toMiq ko’rsatib o’tadi. Ammo chiroyli yozuvga o’rgatishning asosiy shartlari ustida kam ko’rsatma beradi. 1970 yidan boshlab soddalashtirilgan harflar qabul qilindi, undan “Alifbe” kitobida, o’qituvchilar uchun qoMlanmalarda va metodik ko’rsatmalaridan foydalanila boshlandi. Yangi shriftning asosiy xususiyatlari quyidagilardir: juda ko’p harflarning shakli soddalashtirilgan, katta harflaming shakliga yaqinlashtirilgan; yangi harflar bir sharoitda qo’lni uzmasdan bog’lab yozishga mo’ljallangan. Yozuv qurollari takomillashib borishi bilan E.V.Guryanov tomonidan tavsiya etilayotgan yozuv sistemasi 1970 yildan boshlab maktablarda keng qo’llanila boshlandi. O’rta Osiyoda xattotlik san’atinining keng taraqqiyoti Temur va Temuriylar davridan boshlanadi. Husnixat san’ati dastlab Xuroson poytaxti Hirotda rivojlanib, u erda Sulton Ali Mashhadiy boshliq yirik xattotlik maktabi tashkil topadi. Maktabning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu yerda, asosan, XIV asrda Mir Ali Tabriziy yaratgan nasta’liq xat uslubi Sulton Ali tomonidan takomillashtiriladi. Bu uslub yirik va mayda nasta’liq kitobat ishlarida keng qollanib, badiiy va tarixiy asarlar faqat nastaMiq xatida kitobat qilingan. Diniy va ba’zi ilmiy asarlar esa nasx xatida ko’chirilgan. Kofiy, riqo’. suls va nasx xatlari esa ko’proq me’morchiIik, naqqoshlik san’atida va Sharq epigrafiyasida ishlatilgan. Download 39.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling