1-Ma’ruza Kirish. Kon mashinalarining elektr jixozlari fanini o‘qitishning ahamiyati
Download 18.51 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-ma\'ruza
1-Ma’ruza Kirish. Kon mashinalarining elektr jixozlari fanini o‘qitishning ahamiyati. Ushbu dastur konchilik korxonalarida qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlaming elektr yuritmalari, elektruskunalari, turlari, elektr yuritmalarining quvvatlarini xisoblash, elektr energiyasining sarflanishi, elektr jihozlari va elektr ta’minotining rivojlanishi hamda konchilik korxonalarida qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlari avtoma travishda boshqarish masalalarini qamraydi. “Kon mashinalarining elektr jinozlari” fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib 7 va 8-semestrda o‘qitiladi. Ushbu fan “Elektrotexnikaning nazariy asoslari”. ”Kon ishlari asoslari va kon ishlab chiqarish texnologiyalari”, “Elektr apparatlari va avtomatlashtirish vositalari”, “Elektr mashinalar va elektr yuritma”, “Turg‘un mashinalar”, “Kon mashinalari”, “Transport mashinalari ” fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi. Malakaviy bitiruv ishini bajarish va magistraturada o‘qishni davom ettirish uchunushbufandanchuqurbilimga egabo‘lishliktalab etiladi. Ma’lumki konchilik korxonalaridagi asosiy va yordamchi texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan beistisno barcha mashina va mexanizmlar elektr yuritmalar vositasida xarakatlantiriladi va elektr energiyasini iste’mol qiladi. Kon mashina va mexanizmlarining unumdorligini oshirish, mexnatni osonlashtirish uchun ularning ishlashi avtomatlashtirilgan. Konchilik korxonasiningish faoliyatini elektrlashtirishsiz va avtomatlashtirishsiz tasavvur qilish mumkin emas. SHu sababli talabalar «Kop elektr mexanikasi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr unvoniga ega bo‘lishlari, konchilik korxonalarida va ilmiy - tadqiqot loyihalash institutlarida egallagan lavozimlaridagi faoliyatlarini malakali amalga oshirishlari uchun ushbu fanni puxta o‘zlashtirishlari lozim. Ushbu fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda konchilik korxonalarda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlari elektr jihozlari va elektr ta’minoti turli mashina va mexanizmlami avtomat ravishda boshqarish vositalari turlari, tuzilishi, ishlatish ko‘lami bo‘yicha bilimlami shakllantirishdir. Fanning vazifasi - talabalarga kon mashina va mexanizmlarining elektr yuritmalarini elektr uskunalarining tuzilishini ishlashini, ularni tanlashni, quvvatlarini, elektr energiyasi sarflarini xisoblashni va ularning avtomat boshqarish vositalarini o‘rgatishdir. Fan bo‘yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko‘nikma vamalakalariga qo‘yiladigan talablar : o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: kon mashinalari elektr uskunalarini ishlatish sharoitlari, bajaradigan texnologik jarayon talablariga ko‘ra kon mashinalarida qo‘llanadigan elektr uskunalar va ularning vazifalari; kon ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish kon korxonalarida texnikaviy rivojlanishning asosi, konchilik avtomatlashtirish tizimlariga qo‘yiladigan asosiy talablar; avtomat boshqarish nazariyasi, avtomatik boshqarish tizimi va uning elementlari, boshqarish va rostlash, boshqarish ob’ektlari to‘g‘risida Download 18.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling