1-Ma'ruza. Kirish. "Materialshunoslik" fanini o'rganishdan maqsad va vazifalari. Reja
Materiallarni zamonaviy texnikadagi о‘rni
Download 122.23 Kb.
|
1-Ma\'ruza. Kirish.
1.3. Materiallarni zamonaviy texnikadagi о‘rni.
Ma’lumki, yuqori ma’naviyatli va ma’rifatli insonlar jamiyatidagina sanoatning turli tarmoqlari takomillashgan, texnika va texnologiya rivojlangan bo‘lib, sifatli va arzon, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish mezoni yuqori bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mustaqil O‘zbekistonimiz oldida turgan dolzarb muammolardan biri — xalq xo‘jaligining texnik- iqtisodiy taraqqiyotini jadal sur’atlar bilan bosqichma-bosqich rivojlantirishdan iboratdir. Shundagina xalqimizning tobora o‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to‘la qondirish mumkin bo‘ladi. Bu borada mashinasozlik sanoatining roli g‘oyat katta. Chunki xalq xo‘jaligi barcha tarmoqlarining taraqqiyoti mashinasozlikning qay darajada rivojlanganligiga bog‘liqdir. Shu boisdan ham mashinasozlikning qay darajada rivojlanganiga qarab mamlakatlar qudrati haqida fikr yuritiladi. Ma’lumki, sanoatni zamonaviy, takomillashgan texnika va texnologiyalar bilan jihozlagandagina jahon andozalariga mos, ilg‘or mamlakatlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bilan raqobatlasha oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Buning uchun mavjud texnologik jarayonlarni takomillashtirish bilan birga rivojlangan davlatlardagi zamonaviy texnologiyalarni, sarmoyadorlarning sarmoyalarini sanoatimizga keng jalb etishimiz lozim. Bu ulkan vazifalarni amalga oshirishda ilm-fan yutuqlariga asoslanish lozim. Bu borada respublikamizda juda ko‘p ishlar qilindi va qilinmoqda. Jumladan, xorijiy davlatlar sarmoyalari va mutaxassislari bilan birgalikda ilg‘or texnologiyaga asoslangan qator zamonaviy yirik qo‘shma korxonalar (Navoiy metallurgiya kombinati, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshqalar) qurildi. Bu korxonalar muntazam ishlamoqda. Hozirda respublikamiz ilg‘or mashinasozlik sanoatiga ega bo‘ldik, neft, don mustaqilligiga erishdik. Ko‘plab sanoat korxonalari qurilmoqda. Lekin shu bilan birga xali qilinadigan ishlar ham ko‘p. Bu ishlarni bajarishda ma’naviyatli, o‘z kasbining mohir mutaxassislarini tayyorlash eng dolzarb muammolardan biridir. Bu muammolarni xal etishda respublikamiz hukumati tomonidan qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash» milliy dasturi va «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun juda katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, zamonaviy takomillashgan sanoatni mashina, mexanizm, apparat va priborlarsiz tasavvur etib bulmaydi. Shunday ekan, bilamizki ular ayrim qismlardan, qismlar esa detallardan yig‘iladi. Ular turli sharoitda (muhit va bosimda) ishlaydi. Shu boisdan ularni loyihalashda loyihachilar texnik-iqtisodiy va ekspluatatsion talablarni hisobga olgan holda materiallarni tanlashlari, texnologlar esa ularni tayyorlash usullarini oqilona belgilashlari lozim. Shundagina qo‘yilgan talablarga javob beradigan, puxta, ko‘rkam, sifatli va belgilangan muddatda, meyorida ishlaydigan mashina, mexanizm, apparat va priborlarga ega bo‘linadi. Bulg‘usi bakalavrga bu boradagi boshlangich zaruriy bilimni «Materialshunoslik» fani o‘rgatadi. «Materialshunoslik» fanida turli konstruksion materiallar ishlab chiqarishning zamonaviy usullari, ular xossalarining turlicha bo‘lish sabablari o‘rganilishi bilan bir qatorda zarur xossaga ega bo‘lgan detallar tayyorlash bilan bog‘liq texnologik jarayonlar ham o‘rganiladi. Bu fan fizika, kimyo va boshqa fanlarga asoslangan bo‘lib, talabalarning texnologik saviyasini kengaytirish bilan birga maxsus texnologik fanlarni o‘rganishda poydevor bo‘ladi. Shuning uchun kelgusida o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘luvchi har bir talaba bu fanni qunt bilan o‘rganmog‘i zarur. Metall va nometall materiallarning strukturasi, xossalari va tarkibiy jihatdan o‘zaro bog‘lanishini va fizik, mexanik, kimyoviy, elektromagnit va radiaktiv ta’sir natijasida ularning qonuniyatlarini o‘zgarishini o‘rganadigan fanga materialshunoslik deb ataladi. Download 122.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling