Shunday qilib mashinalar qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas bo‘g‘inlardan iboratdir. Mashina tarkibidagi qo‘zg‘aluvchan bo‘g‘inlar qo‘zg‘almas bo‘g‘inlar bilan o‘zaro birikadi. - Shunday qilib mashinalar qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas bo‘g‘inlardan iboratdir. Mashina tarkibidagi qo‘zg‘aluvchan bo‘g‘inlar qo‘zg‘almas bo‘g‘inlar bilan o‘zaro birikadi.
- Ikki bo‘g‘inning o‘zaro nisbiy harakatchan holatda birikishi kinematik juft deyiladi. Bu holatda ikkita qo‘zg‘aluvchan bo‘g‘in o‘zaro birikishi ham mumkin.
- Кinematik juft hosil qiluvchi juftlar o‘zaro birikish nuqtalari, chiziqlari yoki sirtlari kinematik juftlarning elementlari deyiladi.
- Кinematik juft orqali birikkan bo‘g‘inlar yig‘indisi kinematik zanjir deyiladi. Masalan, ichki yonish dvigatellarida tirsakli val shatun bilan, shatun esa porshen bilan kinematik juftlar orqali birikadi.
- Demak, har bir mexanizm asosini kinematik zanjirlar tashkil etadi. Lekin, hamma kinematik zanjirlar ham mexanizm bo‘la olmaydi, chunki mexanizm ma’lum bir qonuniyatga binoan harakatlanishi kerak va biron-bir maqsadga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
- Shunday qilib, maqsadga muvofiq ravishda harakat qiladigan kinematik zanjirlargina mexanizm bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |