1-Ma’ruza. Kirish. Nometall foydali qazilmalarning tasnifi


Ma’ruza №8. Grafit rudalarini boyitish texnologiyasi


Download 0.82 Mb.
bet8/15
Sana18.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1594200
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Нометалл (2)

Ma’ruza №8.


Grafit rudalarini boyitish texnologiyasi


Tayanch so’zlar: Grafit, zararli qo’shimchalar, yo’ldosh elementla, qattiq foydali qazilma, boyitish mahsulotlari

  1. Grafit uglerodning kristall shakllaridan biri bo‘lib, kulrang tusli, silliq, yumshoq va yaltiroq. Solishtirma og‘irligi 2.17 dan 2.3 gacha yetadi. Grafitning

tuzilishiga ko‘ra uglerod atomlari paralel tekislikda turadigan muntazam oltiburchakning uchlariga joylashgan. Oltiburchakdagi atomlar oralig‘i 1.42 Ao, paralel tekisliklar oralig‘i esa 3.35 Ao ga teng. SHunng uchun ham bir tekislikda joylashgan atomlar orasidagi bog‘lanish ikkinchi tekislikdagi atomlarning bir-biri bilan bog‘lanishiga qaraganda kuchliroqdir. Ulanish tekisligi o‘ta mukammal, yaltirab turuvchi yuzalar bo‘yicha plstinkalar va varakalarga osongina ajraladi. Bir tekislikda joylashgan uglerod atomlari kovalent bog‘lanadi. Bunda bahzi uglerod atomlari metall bog‘lanishga ega bo‘lganligi, yahni elektronlarning bir qismi ―Elektron gaz‖ holida bo‘lgani uchun grafit metallarga o‘xshash yaltiroq, elektr va issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Grafitning turli yo‘nalishidagi mustahkamligi turlichadir, yahni mexanik anizotrop xossaga egadir.


Grafit geksoganal singoniyali mineral. To‘g‘ri shakllangan kristallari tabiatda keng tarqalgan. Asosan donador, plastinkachalar, tabletkalar yoki tuproqsimon massalar holida uchraydi. Qattiqligi 1, rangi qoradan kulranggacha. CHizig‘i qoramtir kulrang yaltiroq. Kulga yog‘langandan unnab, qora dog‘ qoldiradi. Elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Unga kislota tahsir etmaydi. Xavo kislorodi bilan yuqori temperaturada ko‘mirga nisbatan sekin birikadi.


Grafitning texnika uchun muhim xossasi, uning dispersli tuzilishi bilan belgilanadi. Sanoatda ishlatilishi uchun esa, uning yogliligiga va miyinligiga bog‘liq. Sanoatda grafitning kiymatliligi qo‘yidagicha guruhlanadi:

1.Sof kristalli grafit:





  1. tangachasimon




  1. zich kristalli

2. Yashirin kristalli (zich)


3.Grafitga oid (grafitli antratsit yahni yuqori sifatli toshko‘mir)


4. Ko‘mirlar


Grafitda elementar kristallarning to‘g‘ri shakllanganligi uning yog‘liligini va mayinligini belgilaydi, bu uning texnik qiymatini oshiradi.





Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling