1-ma’ruza. Kirish. O’quv fаnining mаqsаdi vа vаzifаlаri. Аsоsiy tushunchаlаr vа аtаmаlаr. Yonilg‘i mоylаsh mаtеriаllаrini оlish. Nеft’ hаqidа qisqа mа’lumоtlаr
Download 326.91 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma’ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neftning xossalari
- Qovushqoqlik
Neft haqida qisqa ma’lumotlar
Tabiiy neft yoqimsiz hidli quyuq suyuqlik bo‘lib, rangi va fizikaviy-kimyoviy xususiyatlari neft qazib olinadigan joyga bog‘liq. Rangi bo‘yicha to‘q jigarrang, sariq va och rangli neftlar mavjud. Uning zichligi 750...1000 kg/m 3 . Ba’zan zichligi 1300 kg/m3 gacha bo‘lgan og‘ir neftlar ham uchrab turadi. Neftning yonish issiqligi 43200...45700 kJ kg, issiqlik sig‘imi – 1,66...2,09 kJ/(kg K). Neftning qotish harorati uning tarkibidagi qattiq uglevodorodlar va smolali moddalarga bog‘liq bo‘lib, +20 ºC dan –80 ºC gacha oraliqda bo‘ladi. Neft – turli tarkibli va tuzilmali uglevodorodlar, ya’ni uglerod C va vodorod H dan tashkil topgan moddalarning aralashmasidir. U yer ostidan qazib olinadi. Respublikamizning Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi hududlarida neft konlari mavjud. Neftning xossalari Neftning asosiy xossalarini tavsiflovchi xususiyatlari quyidagilar: zichlik, qovushqoqlik, oltingugurt miqdori, neft tarkibidagi parafinlar miqdori, gaz miqdori yoki gaz omili, to‘yinish bosimi, siqiluvchanlik, neftning qotish harorati. Zichlik – neftning asosiy xossalaridan biri bo‘lib, uning tarkibidagi yengil yoki og‘ir uglevodorod birikmalari, smola-asfaltli moddalar va undagi erigan gaz miqdoriga bog‘liq. Neftning zichligi yuqorida ta’kidlanganidek 750...1000 kg/m 3 oralig‘ida bo‘ladi va haroratga bog‘liq. Neft zichligiga ko‘ra quyidagi sinflarga ajratish mumkin: juda yengil (800 kg/m 3 gacha); engil (800...840 kg/m 3 ); o‘rta (840...880 kg/m 3 ); og‘ir (880...920 kg/m 3 ); juda og‘ir (920 kg/m 3 dan yuqori). Qovushqoqlik – neftning oqishga ko‘rsatayotgan qarshiligi bo‘lib, uning qo‘zg‘aluvchanligini tavsiflaydi. Qovushqoqlik viskozimetr yordamida aniqlanadi. Qovushqoqlikning ikkita turi bor: kinematik va dinamik. Kinematik harakati davomida zarrachalarini bir biriga nisbatan qo‘rsatayotgan qarshiligi hisoblanadi. Kinematik qovushqoqlik ν harfi bilan belgilanib, SI tizimida uning o‘lchov birligi ‒ mm 2 /sek, Stoks yoki santiStoks (sSt). Dinamik qovushqoqlik μ harfi bilan belgilanib, SI tizimida uning o‘lchov birligi ‒ millipaskal sekund (mPa·s), Puaz. Qovushqoqlik haroratga bog‘liq kattalik bo‘lib, haroratning tor diapazonda o‘zgarishi qovushqoqlikning sezilarli o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Neft qovushqoqliigi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi: past qovushqoqli – 5 mPa·s gacha; qovushqoq ‒ 5 dan 25 mPa·s gacha; yuqori qovushqoq – 25 mPa·s dan yuqori. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling