1-ma’ruza. Kirish. Ttysi tarixi. Reja


Download 20.94 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi20.94 Kb.
#250917
1   2
Bog'liq
1- маруза

Fanning vazifasi – talabalarga “Kimyoviy texnologiya” sohasi haqida aniq tasavvurni shakllantirish;

- mutaxassislik fanlarining boshlang‘ich ma’lumotlari bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat.

Shaxsning ijtimoiylashuvi hamda professional shakllanishining asoslaridan biri uzluksiz ta’limdir.

Uzluksiz ta’limning asosiy tarkibiy qismlarga ega bo‘lib u quyidagilardan iboratdir:

-turli tashkiliy-huquqiy shakldagi, davlat ta’lim standartlarini amalga oshirishlari majburiy bo‘lgan, akkreditatsiyadan o‘tgan va litsenziya olgan ta’lim muassasalari;

-milliy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi hamda ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlovchi muassasalari, tashkilotlar va korxonalar;

-barcha darajadagi ta’limni boshqaruvchi idoralar;

-ta’lim tizimi faoliyatiga ko‘maklashuvchi davlat tashkilotlari.

Yurtimizda siyosiy ham iqtisodiy jixatdan tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to’qimachilik sanoatini jadal suratlar bilan rivojlanishiga sabab bo’ladi. Shuni takidlash lozimki yurtimizda barpo etilayotgan yangi to’qimachilik ishlab chiqarish ob’ektlariga malakali kadrlarni tayyorlab berish vazifasini Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti, uning qoshida faoliyat olib borayotgan liseylar bajaradilar.

Institut 1932 yilda paxtani dastlabki ishlash, yigirish, to‘quvchilik va ipak texnologiyasi kafedralari faoliyatlari bilan tashkil etilgan bo‘ib, bugungi kunda 4 ta fakultet, 26 ta kafedralar faoliyat ko‘rsatmoqda. 12 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, 21 ta mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Institut o‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida bir qancha yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarga ham oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlab berdi.

Hozirgi kunda institutda 3450 dan ziyodroq talabalar tahsil olmoqdalar. Ularga institutning 340 nafar professor-o‘qituvchilari, shu jumladan, 2 ta akademik, 26 nafar fan doktorlari, 165 nafar fan nomzodlari, dotsentlar samarali ta’lim bermoqdalar va bir vaqtning o‘zida ular 25 ta dolzarb mavzular bo‘yicha keng qamrovli ilmiy ishlarni olib borib natijalarini ishlab chiqarishga, o‘quv jarayoniga tadbiq etmoqdalar.

Institutda ko‘p bosqichli uzluksiz ta’lim tizimi to‘liq shakllanmoqda. Institut qoshida 1998 yildan Respublikada birinchilar qatori tashkil etilgan Akademik litsey faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Institut Respublikadagi o‘z yo‘nalishlariga mos 560 tadan ortiq kasb-hunar kollejlariga standartlar, o‘quv dasturlari, darslik, ma’ruza matnlarini yaratilishda yaqindan yordam berib kelmoqda.

Institutda kasb-hunarga o‘rgatish va test sinovlariga tayyorlash markazi, paxta tozalash, to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari mutaxassislari, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari va oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.



Iqtidorli yoshlar Akademiyasi qoshidagi Talabalar modalar teatri, Talabalar konstruktorlik byurosi, Talabalar ilmiy-texnika tarjima byurosi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, talabalar uchun institut tarixi muzeyi, Akademik M.A.Xojinova xona-muzeyi, kompyuter markazi, sihatgoh, profilaktoriya, «Yoshlik» sport klubi, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Xumson qishlog‘ining so‘lim tog‘ bag‘ridagi «Rohat» sport – sog‘lomlashtirish lageri ham talabalarimiz ixtiyorida.

Talabalar shaharchasida 1500 o‘ringa mo‘ljallangan 4 ta talabalar turar joylari mavjud. Viloyatlardan kelgan barcha talabalarga talabalar turar joylari yorug‘, shinam xonalardan joy beriladi. Barcha talabalar turar joylarida Ma’naviyat va ma’rifat markazi, o‘quv, dam olish, sport xonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘qishda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo‘lgan eng iqtidorli talabalar uchun tarixiy meroslarga boy navqiron va qadimiy shaharlarimiz - Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabzlarga sayohatlar tashkil etilmoqda.
Download 20.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling