1-ma’ruza: Maktabgacha ta’lim sohasidagi fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy komplekslarni tayyorlash Reja
o‘quv-metodik qo‘llanma (bosma va elektron)
Download 16.38 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-Mа\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari O‘quv-metodik va didaktik adabiyot nima
o‘quv-metodik qo‘llanma (bosma va elektron) — o‘quv-metodik majmuani qisman to‘ldiruvchi, muayyan yo‘nalish dasturi bo‘yicha tuzilgan va mavzularni zaruriy hajmda tizimli yoritib beradigan, yo‘nalish asoslarining mukammal o‘zlashtirilishini ta’minlovchi, mazmunan va shaklan ta’lim turlariga moslashtirilgan, nazariy yoki amaliy mashg’ulotlarga mo‘ljallangan, tinglovchi, pedagog va tarbiyalanuvchilarga taalluqli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishiga xizmat qiladigan metodik qo‘llanmalar;
ekspertlar guruhi — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi muassisligidagi “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatidagi turli yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladigan original maketlarni baholovchi mutaxassislardan iborat guruh. O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb ataladi) tomonidan ishlab chiqiladi. Vazirlik har yili fevral oyida keyingi o‘quv yillarida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun pedagoglarga va tarbiyalanuvchilarga foydalanish uchun tavsiya etiladigan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarning (bosma va elektron) ro‘yxatini shakllantiradi.Vazirlik shakllantirilgan ro‘yxat asosida o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni (bosma va elektron) yaratish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari va vazirlikning Internet jahon axborot tarmog’idagi rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.E’londa tayyor original maketlarga qo‘yiladigan talablar, ularni topshirish muddatlari ko‘rsatiladi. E’londa ko‘rsatilgan talablar va muddatlarda o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarning (bosma va elektron) original maketlarini yaratish bo‘yicha ijodiy jamoalar ishtirok etish taklifini vazirlikka rasmiy xat bilan taqdim etadi va belgilangan muddatlarda original maketlarini tayyorlaydi. Ijodiy jamoalar ishlash davomida, lekin 4 oydan oshmagan muddatga vazirlik tomonidan asosiy ish haqining 0,25% miqdorida qo‘shimcha moddiy rag’batlantiriladi. Mualliflik huquqini olish bo‘yicha vazirlik va o‘quv-metodik, didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratuvchilari o‘rtasida nashrga ajratilgan mablag’larga nisbatan 1 % miqdorida mualliflik huquqi asosida shartnoma imzolanadi, o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarning original maketlarini yaratish bo‘yicha tuzilgan ijodiy jamoalar bundan mustasno. Ijodiy guruh tayyorlangan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni (bosma va elektron) original maket holatida ishchi organga ko‘rib chiqish uchun e’londa ko‘rsatilgan muddatlarda rasman taqdim etadi. Ishchi organ taqdim etilgan original maketlarni qabul qiladi va o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi. Ishchi organ qabul qilib olingan original maketlarni qabul qilingan kundan boshlab 3 kun davomida ekspertlar guruhiga taqdim etadi. Ekspertlar guruhi taqdim etilgan original maketlarning chop etilgan varianti hamda elektron nusxalarini qabul qilingan kundan boshlab 2 oy muddatda ekspertizadan o‘tkazadi hamda tegishli xulosalarini Ishchi organga taqdim etadi. O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni (bosma va elektron) yaratishda maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagoglar, ota-onalar hamda keng jamoatchilikning fikr-mulohazalarini inobatga olish, amaldagi o‘quv-metodik majmualarni mazmunan takomillashtirish maqsadida vazirlikning Internet jahon axborot tarmog’idagi rasmiy veb-saytida 2 hafta davomida muhokamalar tashkil qilinadi. Ishchi organ 10 kun davomida taqdim etilgan original maketlarni o‘rganib chiqib, muhokama qiladi va tanlab olingan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarning (bosma va elektron) ro‘yxatini tasdiqlaydi. Ishchi organ ro‘yxat tasdiqlangandan so‘ng uch kun muddat ichida nashrga tavsiya etilayotgan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarga (bosma va elektron) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining grifini berish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Nashrga tavsiya etilgan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni (bosma va elektron) nashr etish uchun Ishchi organ tomonidan 2 hafta davomida texnik topshiriqlar ishlab chiqiladi va ommaviy axborot vositalari hamda vazirlikning Internet jahon axborot tarmog’idagi rasmiy veb-saytida eng maqbul narxlar taklif etadigan nashriyotlarni tanlab olish uchun e’lon beriladi. Eng maqbul narxlar taklif etgan nashriyotlarni tanlab olish uchun bir oy muddatda, Ishchi organ tomonidan tanlov o‘tkaziladi. Vazirlik tomonidan tanlov natijasiga ko‘ra g’olib bo‘lgan nashriyotlar bilan 10 kun davomida shartnomalar imzolanadi. Nazorat savollari O‘quv-metodik va didaktik adabiyot nima? O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni tayyorlash tartibi qanday? O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarning original maketlarini ekspertizadan o‘tkazish qanday amalga oshiriladi? 4 O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarni nashrga tayyorlashtartibi qanday? Download 16.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling