1-maruza mashinasozlik sexlarida texnika xavfsizligi vayong’in xavfsizligi Reja


Ko`tarish qurilmalar bilan ishlaganda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish


Download 351.28 Kb.
bet12/16
Sana02.06.2024
Hajmi351.28 Kb.
#1836935
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-maruza mashinasozlik sexlarida texnika xavfsizligi vayong’in x-www.hozir.org

Ko`tarish qurilmalar bilan ishlaganda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Reja:


  1. Umumiy ma’lumotlar


  2. Ko’tarish qurulmalari haqida tushuncha


  3. Ularni ekspluatatsiya qilish qoidalari

Ekspluatatsiya jarayonida kranlarni ishlash qoidalari quyidagilarga etibor berish lozim kranning loyihalanishi, tayyorlanishi, tuzatilishiga va uning ishlash jarayoniga etibor beriladi. Kranlar odamlarni asbob , material, uskunalar bilan kuchirish va ishlas bo`yicha quydagilarga ajratish mumkun.



  1. O`zi harakat qiluvchi:


Avtomobilli:


Maxsus shasili;
G`ozsimon:
Temeryo`lli
Prissepli
Harakatdagi.
Texnik talablar.
Tayyarlov sharti
Barcha belgilangan qoidalarga va normative hujjatlarga asosan qurilgan bo`lishi lozim. Maxsus uyishmalar normative hujjatlarni ishlab chiqadi. Chitdan kelgan kutargichlar o`z nomerga va hujjatga ega bo`lishi va O`zbekiston respublikasi standartiga mos kelishini yetqazib beruvchi shartnoma tuzishi shart. Elekter moslamaalarining montaji, zazimliniyasi, tok o`tishi va boshqa elikter sozlash barcha tartib qoidalarga mos ravishda qo`llas kerak. kran eksplatotsiyonjarayonda elektersozlamalar barcha tartib qoidalarga mos ravishda qo`llas kerak. kutargich binolarda yoki tashqi joylarda ishlashi mumkun bu joylar esa portlash xafi bo`lsa elikter taminotini shu holatga moslab qo`llash kerak. kutargichlar suvbosish joylarida ham ishlashi mumkun unda kran - 40  dan 40  gradusgacha va shamol tezligi 10 m/s va balandligi 10 meter bo`lishi lozim va shularni inobatga olib tayyorlanadi. kutargichlar -40  da ishlaydigan bo`lsa klimatik GOST15150 bo`yicha tayyorlanishi kerak. chizmada va hisoblashda o`zgartirish keritish kerak bo`lsa ishlab chiqaruvchi, buyurtmachi yoki korxona tomonlari bilan ko`rib chiqishi kerak. birinchi ishlash paytida texmik nazorat va qoidalardan o`tib, ro`yxatdan o`tishi kerak. kutargich xizmat qilish zonasidan tasqarida islash taqiqlanadi. kutargich loyihalaniyotgan paytda quyidagilarni ko`rib chiqish lozim.
1) texnik xizmat va sozlashni, boshqarishni qulayligi.
2) buksatsiya, tushushni to`g`riligi qolish,
3) kutargichni elimentini almashtirganda butun bir gedravlik sestimada moyni to`kib tashamasdan almashtirish. charxlash uchun berilgan kesish asbobi, detal va tayyorlanmalarni (zagotovka) ish va o'tish joylarini tirband qilmasdan dastgohga (verstakka) tartib bilan joylashtirish;
Tayyorlanma va detalga ishlov berishdan oldin uni moydan tozalash; mayda detallarni charxlashda yoki pardozlashda qo'lning jarohatlanishiga yo'l qo'ymaslik uchun ularni tiski yoki iskanjalash moslamalarida mustahkam mahkamlash;
O'rtacha yoki yirik detallar bilan ishlashda qo'lkoplardan foydalanish; markazlarda ishlov berilayotgan o'qli (osevoy) asboblarini charxlashda normal markaz teshiklaridan foydalangan holda, markazlar uchi markaziy teshiklar tubiga tegib qolmasligini ta'minlash;
Dastaki surishda tayyorlanma yoki asbobni pardozlovchi charxtoshga siltashlarsiz, zarblarsiz, shiddatli bosimsiz ravon yo'naltirish. Asbobni olmos charxtosh bilan charxlash va me'yoriga yetkazishni faqat sovutish suyuqliklari qo'llanilgandagina amalga oshirish.
Asboblarni sovutish suyuqligi bilan charxlashda suyuqlik abraziv yoki olmos charxtoshning ishchi yuzasini to'liq yuvib turishini va o'z vaqtida kaytishini kuzatish. Quruq charxlashdan nam (sovutish suyuqligi ishtirokida) charxlashga o'tishda, pardozlovchi toshning yorilishi oldini olish uchun, uni birlamchi sovutish va shundan so'ng asbobni sovutish suyuqligi bilan charxlashni boshlash mumkin. Abraziv charxtoshlarni rostlashni olmosli, olmos-metall qalamlar yoki maxsus sharoshkalar bilan rostlashning belgilangan texnologiyasiga muvofiq ravishda amalga oshirish. Abraziv va metall changlarini stanokdan maxsus cho'tkalar yoki qirg'ichlar yordamida tozalash.
Pardozlovchi charxtoshni zarb va turtinishlardan saqlash kerak. Abraziv pardozlovchi charxtoshlarni almashtirishda quyidagi xavfsizlik choralarini qo'llash zarur: stanok ishini to'xtatish va elektrodvigatelni o'chirish; abraziv charxtosh tashqi holatini, o'yiq va yoriqlarini aniqlash maqsadida ko'zdan kechirish. Sinov sanasi va ruxsat etilgan ishchi tezligi ko'rsatilgan yorliq mavjudligini tekshirish.
Charxlash stanogida ishlashda kuyidagilarni tekshirish zarur: pardozlovchi toshning o'q bo'ylab yoki radial tepishi yo'qligini; boshqarish organlarining yaroqliligini; pardozlovchi charxtosh yorilib ketishi mumkin bo'lgan xavfli zonadan chekkada turish, stanokni salt yurishda 3 minut davomida tekshirish. Quyidagi hollarda stanokni to'xtatish va elektrodvigatelni o'chirish: qisqa vaqtga bo'lsa ham stanok yonidan uzoqlashganda;
Vaqtinchalik ish to'xtatilganda; elktr energiyasining uzatilishi uzilganda; stanokni yig'ishtirishda, moylashda va tozalashda; xavfli bo'lgan biron-bir nosozlik aniqlanganida;
Boltlarni va boshqa mahkamlash detallarini tortishda; ishlov berilayotgan asbobni o'rnatishda, rostlashda va yechishda. har xil qo'lqoplarda hamda bintlangan barmoqlar bilan rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) ishlash;
Stanok ustidan biror narsani (predmetni) uzatish yoki olish; stanokka sinalmagan hamda yoriq, o'yiq va siniq joylari mavjud pardozlovchi charxtoshlarni o'rnatish; shpindel aylanishini stanokning aylanayotgan qismlariga qo'lni bosish bilan to'xtatish;
Pardozlovchi charxtoshga bosimni oshirish uchun richaglardan foydalanish; ishlayotgan stanokda kalitlarni, moslama va boshqa asboblarni qoldirish; pardozlovchi tosh yon yuzasi bilan ishlash, agarda pardozlovchi tosh bu turdagi ishlarga mo'ljallanmagan bo'lsa; charxlashda asbobni osilgan holda tutib turish; pardozlovchi toshni mahkamlashda gayka kalitlariga uchlik(nasadka)larni va zarba beradigan asboblarini qo'llash.
Ishni to'xtatib, bevosita ish rahbariga xabar qilish; yong'in vujudga kelgan holatlarda, mavjud o't o'chirish vositalari yordamida yong'inni o'chirishga kirishish, bir vaqtning o'zida o't o'chiruvchilarni chaqirish va shuni nazarda tutish kerakki, o'tni o'chirish uchun yonish jarayonini to'xtata oladigan (suv, kimyoviy o'chirish vositalari, qum) moddalar qo'llash;
Jabrlanganlar mavjud bo'lgan hollarda, jabr ko'rgan kishi hayoti va sog'ligiga ta'sir ko'rsatuvchi xavfli omillarning organizmga ta'sirini yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonayotgan kiyimni o'chirish va hokazo), uning ahvoliga baho berish;
Jabrlanuvchini qutqarish uchun kerakli choralarning muhimligi tartibiga qarab bajarish, ya'ni nafas yo'llarining o'tkazish qobiliyatini tiklash, sun'iy nafas oldirish, yurakni tashqi uqalash (massaj), qon oqishini to'xtatish, yarani bog'lash va boshqalar;
Tez tibbiy yordamni chaqirish yoki jabrlanuvchini yaqin davolash muassasasiga tashish choralarini ko'rish; voqea joyidagi holatni mumkin qadar saqlab qolish.
Kutargich matorini sozlash to`g`ri kelib qilsa mator qismida maxsus ishlash uchun moslama bo`lishi shart. kutargichni ishga tushurishda kutargich mexanizmi shunday urnatilgan bo`lishi kerakki o`zidan o`zi yonishi taqiqlanadi. kutargich mexanizmini birikish joylari burovchi momenti tushayotgan qurilmalarga biriktirish uchun shlitsali, shponkali, boltli va boshqa birikmalardan foydalanish keraki o`z o`zidan chi`ib ketmasligi kerak. harakat qilmaydigan o`qlar agar bu o`q asos vazifasini bajarsa unda bu asos harakat qilolmasligi uchun ishonchli tarzdda mahkamlash kerak. Kanatlarni yunaltiruvchilari yani roliklar , yuldlar, barabanlardan chiqib ketmasligini oldini olish lozim, agar kanat roliklardan chiqib ketsa orientatsiya olish qiyin bo`ladi. karobkali va trubali metallkonstruksiyalariga namlik tushushi va saqlanib qolishi taqiqlanadi. boshqarishdagi xafsizlik qurilmasini ishdan chiqanda uni sozlash uchun muhit qulay va qiyinchilik to`g`dirmaydigan holat bo`lishi kerak. kutargichni ishlashda mashinani va yukning massasi dinamik shamolni hisbga olgan holda kofeitsiyenti 1.25 dan ortmasligi kerak. Kutargich uchun asosni kutarilishi 0 grad 30 min oshmasligi kerak. Asosiz kuargich uchun esa 3 grad. Agar ishlash vaqtida kattaroq burchakda og`ish kerak bo`lmasa,
kutargich qurilmasi
lyulkalar ( maydonchalar)
yer yuzadidan yoki quyiladigan maydondan lyulkalarni balandligi 400 mmdan kam bo`lmasligi kerak, lyulkani poli va zinasi tiyinchoq bo`lmasligi kerak,
kutargichning lyulkasini 1000 mm balandlikda himoya panjarasi bo`lishi kerak . himoya panjarasi ushlab olishi uchun juda qo`lay bo`lishi kerak va materiali issiqni kam o`tqazuvchi materialdan bo`lishi kerak. Lyulkaning asosini o`lchami 600x600 dan kam bo`lmasligi kerak agar lyilka aylana bo`lsa 700 mm dank am bo`lmasligi kerak. lyulkada islaydigan ishchilar uchun maxsus himoyakamarlarni, iplar bog`lash uchun skobalar bo`lishi shart bular esa ishchini noxush vaziyatdan saqlab qoladi bu vaziyatda skobani yuklamaga chidamiyligi 1300 N kam bo`lmasligi kerak. iplar mexanizmlarda ishlatiladigan temir iplar davlat standartlarigato`g`ri kelishi kerak bu GOST3241 da belgilab quyilgan , ishlab chiqaruvchi tamonda berilgan srtifikat yoki sertifikatni nusxasi bo`lishi kerak, temir iplarni sihlatishdan oldin bizlar ularni tekshirib ko`rishimiz kerak. iplarni joylashishida va konstruksiyasi shunday tanlanishi kerakki kanat devol bilan ishqalanishi bo`lmasligi kerak ular orasidagi masofa ipning diametridan 20 % dankam bo`lmasligi shart. ipning oxirini o`lashda hujjatlar ko`rsatilgan normada bo`lishi kerak. O`lanish qisgich yoki boshqa usullarda bo`lishi mumkun . qisgich bilan qisilganda qisgichlar soni 3 tadan kam bo`lmasligi kerak. Ipning oxiri po`latli , shtampli, yoki quymali vtulkali kleymalarda bo`lishi shart. Payvandlab klima qilsih taqiqlanadi. iplarni almashtirishda yangi ipning sertifikatida barcha parametirlari berilgan bo`lish kerak bu sonni 0.83 ko`paytirganda biz ishlash sharoitlardagi normadan o`tsa buni ishlatish mumkun. ipning ishdan chiqishi qullanish qoidalarida aniqlanadi. Zanjil plastinkali zanjil, kutarishda ishlatiladigan zanjillar GOST191da rolikli zanjil esa GOST 13566. kutarishda ishlatiladigan zanjir uni ishlatishda ko`rsatgichlari berilgan bo`ladi va bu davlat standartlariga to`g`ri kelishi kerak. kutarishda iplar va zanjillar ko`tarish tersagida , teliskopik seksiyada, va lyulkalarni yunaltirishlarda ishlatiladi va bularni mustahkkamlikga sinas quyidagi formula orqali topiladi.
P/S>= K

P yorilishidagi yuklanganligi bu davlat standarti bo`yicha berilgan bo`ladi.


S- Zanjirdagi dinamik yuklanganlik.
k- mustahkamlikda qo`shimcha yuklanganlik koefitsiyenti.
tayanch tayanchlarni va o`larni qismlarni ko`tarish og`irligi 200 N dan oshmasligi kerak, agar bu ko`rsatgichlardan oshsa maxsus gidravlik uskunalar yordamida urnatish lozim. Tayanchlar tuproq yoki maydonlar. yuklanishi mumkun bo`lgan yuklamani ko`tara bilishi kerak.nchlarni
Tayanchlarni quyishda mashina mosti va g`ildiraklari yuklamadan ozod bo`lishi kerak.
Faqatgina ish rahbari tomonidan topshirilgan va ruxsat etilgan ishni bajarish va smena davomida o'z ish joyini toza saqlash.
Stanok ishlab turganda himoya saqlovchi moslamalarni ochmaslik va yechib olmaslik, stanokka suyanmaslik va ruxsati bo'lmagan shaxslarni kiritmaslik. O'tkir uchli va qirrali mayda, qiyin ushlanuvchi detallarni mahkamlash uchun texnologik kartada keltirilgan maxsus moslama va qisqichlardan foydalanish lozim. Ishlov berilayotgan detalni yassi silliqlash stanogiga o'rnatganda va mahkamlaganda quyidagilar lozim: stolni qo'l bilan siljitib, agarda buning iloji bo'lmasa masshtab chizg'ich yordamida u to'g'ri joylashganligini tekshirish; detalni faqatgina bir xil masofada joylashtirilgan maxsus tirgak va qisuvchi plankalari (taxtachalar) bilan mahkamlash; jilvir tosh erkin o'tishi uchun barcha tirgak plankalarni ishlov berilayotgan detaldan pastroq o'rnatish; mahkamlash boltlarini detalni qisish joyiga yaqinroq, qisish plankalarini esa detalga nisbatan to'g'ri burchak ostida o'rnatish; ishlov berilayotgan detallarni taglik va stellajlarda barqaror joylashtirish, bunda shtabel balandligi mayda detallar uchun 0,5m dan, o'rtacha detallar uchun 1m dan, yirik detallar uchun 1,5m dan oshmasligi kerak; tasodifiy moslashtirilmagan qistirma va plankalardan foydalanmaslik; stollar to'siqlar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak. Detalning to'g'ri o'rnatilganligini reysmus yoki indikator yordamida tekshirish.
Detalni stanokka o'rnatganda va to'g'rilaganda detalni xavfsiz domkratlar yoki ponalar yordamida to'g'rilash. Bu maqsadda lomlardan yoki tasodifiy metall tayoqchalardan foydalanish taqiqlanadi, chunki ular sirg'anib ketishi va shikast yetkazishi mumkin. Detalni stanokdan yechib olgandan so'ng, barcha mahkamlash detallari chiqarib olish va belgilangan joyga olib qo'yish. Asbobni mustahkam va puxta mahkamlash zarur. Uning qisqich(opravka) quyrug'i konus shpindeliga to'g'rilab o'rnashgan bo'lishini tekshirish. Asbobni shpindel uzilganda o'rnatish. Kesish asbobini detalga sekin, zarbsiz olib kelish kerak.
Qul bilan uzatganda surish tezligi va kesish chuqurligini keskin o'zgarishlariga yo'l qo'ymaslik. Asbobni o'tmaslashib qolganda yoki qattiq qotishma plastinalari uvalanganda asbobni almashtirish lozim. Asboblarni almashtirganda asbobni faqat shu maqsad uchun mo'ljallangan va konus o'lchamlariga mos keladigan maxsus ponalar yordamida urib chiqarish. Yuk kutarish mexanizmlarini qo'llash zarurati bo'lsa, qo'shimcha maxsus o'qishni va belgilangan tartibda instruktajni o'tganlar (Nizomga muvofiq);
Instruktajni o'tganlar. Ichki mehnat tartibi qoidalarini (IMTQ) bajarish;
belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik; ushbu yo'riqnomaning talablarini bajarish; ish vaqtida yonida ishlarni bajarishning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha bilimlari sinalganligi haqidagi guvohnoma bo'lishi; berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan hamda saqlovchi moslamalar va himoya vositalaridan foydalanish;
Yong'in xavfsizligi talablarini bajarish; baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga birinchi yordamni bera olish, voqea sodir bo'lgan joyda, imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida bevosita rahbariga xabar berish; ishlarni bajarganda shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish; mashina, mexanizmlar va boshqa jihozlarda aniqlangan nosozliklar va xavfsizlik talablari buzilishining boshqa holatlari haqida smena ustasiga (brigadiri)ga xabar qilish va tegishli choralar ko'rilgunga qadar ishga kirishmaslik. Silliqlovchining ish joyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari quyidagilar: abraziv changi; abraziv tosh yaroqsizligi; elektr toki urishi; moylash-sovitish suyuqligi (SOJ); Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab chiqarish intizomini buzish hisoblanadi, bunda aybdorlar IMTQ muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Gidrotizimdagi bosim 10kg/sm dan past bo'lmaganda ishlashga ruxsat etiladi. Ko'zga shikast yetkazishi mumkin bo'lgan parchalar uchmasligi uchun asbobni jez, qo'rg'oshin yoki toblanmagan (xom) po'lat bolg'alar yordamida urib chiqarish. Asbob quyrug'ini mahkamlovchi ponani shunday tanlash kerakki, pona uchlari bir tekis, ya'ni shpindeldan chiqib turmasligi kerak. Frezalarni o'rnatganda ochiq kesuvchi qismlarni lattalar bilan o'rash. Og'irligi 3kg gacha bo'lgan asboblarni bir ishchi ko'tarishi mumkin, og'irligi 3 kg dan 16kg gacha bo'lgan asboblarni yordamchi bilan va og'irligi 16 kg dan ko'p bo'lgan asboblarni yuk ko'tarish vositalarini qo'llab ko'tarish kerak. Qisadigan boltlari kallaklari va ponalar qisqich (opravka) yuzasidan chiqib turishiga yo'l qo'ymaslik.
Frezalarni shpindelning berk teshigida mahkamlash uchun vint va pona bilan mahkamlanadigan oraliq konuslaridan foydalanish. Baxtsiz hodisani oldini olish uchun gorizontal teshik yo'nish stanogining sirg'algichi (polzun) uchini plansupport aylanasidan chiqib turgan holatda qoldirmaslik. Tezlashtirilgan uzatishda teshik yo'nish stanogining yurgizuvchi vintining maxoviklari va tutkichlari qamrab olishidan va zarbidan ehtiyot bo'lish kerak. Massasi katta bo'lgan teshik yo'nish kallaklarini o'rnatganda va yechib olganda ular ostiga stolga taxta tagliklar qo'yish lozim.
Dastlabki sinov qirindisi yo'nilgandan so'ng oldin uzatmani uzish, stanokni to'xtatish, undan so'ng nazorat o'lchovi amalga oshirish. Shpindel to'shakka nisbatan yuqori holatda bo'lgan balandlikda ishlaganda, kesish asbobini almashtirishni va o'lchovlarni, shuningdek stanokni boshqarishni faqatgina maxsus surib qo'yilgan maydonchada turib bajarishga ruxsat etiladi. Ko'chma kolonka va lyunet ustuni yoki stanok plita-detalini yangi holatga o'rnatishdan oldin ularni sinchiklab qirindidan va begona predmetlardan tozalash. Ko'chma kolonka va lyunet ustunlarni ishni boshlashdan oldin ishonchli mahkamlash. Ko'chma stollar, plitalar, burchaklar (ugolnik) va hokazolarni detalga mahkamlashdan oldin, ularni stanok stoliga ishonchli mahkamlash. Quyidagilar taqiqlanadi: har xil qo'lqoplarda hamda rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) bintlangan barmoqlar bilan ishlash; kesuvchi asbobni nam latta bilan sovitish; ish va o'tish joylarini tiqilinch qilib qo'yish; asbobni shpilkalar va yasama moslamalar bilan mahkamlash, chunki aylanayotganda ular shpindeldan tashqariga chiqib kiyimni o'rab olishi mumkin.
Doiraviy silliqlash stanoklarida ishlaganda uzun detallarni lyunetlarda ishonchli mahkamlash. Detallarni silliqlaganda quyidagilar lozim: detalni faqatgina qizdirilgan jilvir toshga uzatish, ayniqsa jilvir tosh yangi va bino sovuq bo'lsa, detalni toshga ravon, siltovsiz va keskin bosimsiz uzatish; jilvir toshni zarb va siltashlardan saqlash; ishlatilayotgan jilvir toshning ruxsat etilgan ishchi aylanma tezligiga va shpindelning aylanishlar chastotasiga amal qilish; maxsus jilvir toshlar bilan ishlaganda yon yuzadagi siquvchi flanes detalga tegmasligini kuzatish; stanokning bir shpindelida ikkita jilvir tosh bilan ishlaganda ikkala jilvir tosh o'lchamlari bir biridan 10 foizga farq qilmasligi shart; jilvir tosh ishchi yuzasining butun eni bo'ylab ruxsat etilgan diametrdan oshmagan xolda yeyilishini kuzatish, va yeyilish natijasida uning diametri kichrayganda jilvir tosh aylanishlar sonini ushbu jilvir toshga ruxsat etilgan ishchi aylanma tezligini oshirmasdan ko'paytirish mumkin; ishlov berilayotgan detal tepishini reysmus yoki indikator yordamida to'g'rilash; stanokni to'xtatishdan oldin uzatishni uzish va jilvir toshni detaldan chetga olish; abraziv asboblarni va silliqlash tasmalari, xamda shpindelning aylanuvchi chiqib turuvchilarini va mahkamlash detallarini mahkamlanuvchi kojuxlar bilan to'sish.


Sovitish bilan ishlashda quyidagilarga lozim: quruq charxlashdan so'ng jilvir toshni sovitish va faqat shundan so'ng sovitish suyuqligi bilan ishlashni boshlash; sovitish suyuqligi charx toshning ishchi yuzasini to'liq yuvib turishini va o'z vaqtida qaytishini, charx toshning suyuqlikka botgan xolda turmasligini kuzatish (faqatgina, detallarni suyuqlikka botgan xolda maxsus ishlov berishga mo'ljallangan holatlarda stanoklarda ishlaganda ruxsat etiladi); sovitish suyuqligi ta'sirida jilvir toshlar yemirilishi holatlarida ishni to'xtatish va bu haqda ustaga xabar berish; ish tugagandan so'ng sovitish suyuqlik uzatilishini to'xtatib, jilvir toshni quritish uchun stanok 2-3 minut davomida ishlatiladi. To'sqichlarni jilvir tosh to'xtatilgandan so'ng siljitish. Jilvir toshga dastaki suriladigan detallarni tutib turish uchun qo'ltirak(podruchnik) lardan foydalanish, ularni ishonchli mahkamlash, quyidagicha o'rnatish lozim: qo'ltirak (podruchnik) cheti bilan jilvir toshning ishchi yuzasi orasidagi tirqish (zazor) silliqlanayotgan buyum qalinligining yarmidan kichik bo'lishi, ammo 3 mm dan oshmasligi kerak; detalning jilvir tosh bilan to'qnashish yuqori nuqtasi jilvir tosh markazidan o'tuvchi gorizontal tekislikdan baland joylashishi, ammo 10 mm dan oshmasligi kerak. Qo'ltiraklar quyidagi talablarga javob berishi shart: ularni kerakli holatda o'rnatish va mahkamlash imkoniyatini ta'minlash uchun suriladigan bo'lishi; ishlov berilayotgan detalni barqaror o'rnatish uchun kattaligi jihatidan yetarlicha maydonga ega bo'lishi; ishchi yuzasi tekis, uning jilvir tosh tomonidagi chetlarida o'yiqlar, siniq va boshqa nuqsonlar bo'lmasligi kerak. Magnit stolli, plitali va patronli stanoklarda ishlaganda quyidagi talablarga amal qilishi zarur: stanokka qiyshaygan detallarni o'rnatmaslik; avvaliga uniformerni, so'ngra stanok yuritmasini ishga solish; magnit uzellari temperaturasi oshib ketishiga yo'l qo'ymaslik, chunki bu izolyasiyan yonishiga, detalni otilib chiqishiga va plita ichida portlash ro'y berishiga olib kelishi mumkin; elektromagnit qoldiq magnitizmi bilan ushlab turilgan detallarni yechish uchun tokni teskari yo'nalishga ulash va bir vaqtning o'zida detallarni yechish yoki demagnizatordan foydalanish; shpindelning urishi stanokka o'rnatilgan texnik talablaridan oshmasligi shart; Harakatlanuvchi stolli stanoklarda ishlashda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur: odamlarni harakatlanuvchi stol bilan qisilib qolmasligi uchun xar qanday buyumlarni stanok yon tomonidan o'rnatishga yo'l qo'ymaslik; odamlarni stol "qulochi" xavfli zonaga qo'ymaslik va uni to'sishlarini talab qilishi; quvvati katta bo'lgan tezyurar harakatlanuvchi stolli stanoklarda ilintirish mexanizmlari yaroqlilik holatini nazorat qilish. Jilvir toshlarni qayrashda quyidagilarga amal qilish zarur: to'g'rilash moslamalari ishonchli mahkamlanganligini tekshirish; maxsus to'g'rilash moslamalaridan foydalanish (olmos qalamchalar, metall roliklar, metallo keramik disklar va boshqalar). Abraziv changni tozalash uchun maxsus cho'tkalardan va kurakchalardan foydalanish, bu ishni saqlagich ko'zoynaklarda bajarish kerak. Quyidagi xollarda stanokni to'xtatib elektrodvigatelni o'chirish shart: stanok oldidan hattoki qisqa vaqtga uzoqlashganda; ishni vaqtincha to'xtatganda; detal va asboblarni o'rnatganda va yechib olganda; stanokni tozalaganda va moylaganda; jihozda xar qanday nosozliklar aniqlanganda. Ish joyini yig'ishtirganda, stanokni tozalaganda, moylaganda va sozlaganda ishga tushirish moslamasiga "ULAMANG, ODAMLAR ISHLAYAPTI!" yozuvli ogohlantiruvchi plakat osiladi, bundan tashqari yaqinda ishlayotganlarni ogohlantirish zarur.
Faqatgina gaykalar va boltlar kallaki o'lchamlariga mos yaroqli gayka kalitlarini ishlatish kerak. Topshirilgan ishga aloqasi bo'lmagan shaxslarni stanokka yaqinlashtirmaslik, ishlayotgan stanokni ustaning ruxsatisiz boshqaga topshirmaslik. Tezligi sekundiga 40 m dan yuqori tezkor rejimda ishlovchi stanoklarda himoya kojuxi stanok rangidan farq qiladigan rangda bo'lishi shart. Silliqlovchiga quyidagilar taqiqlanadi: stanok yonida ovqat iste'mol qilish; stanokka sinovdan o'tmagan jilvir toshlarni o'rnatish; har xil qo'lqoplarda hamda rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) bintlangan barmoqlar bilan ishlash; rezbalari yaroqsiz mahkamlash boltlaridan foydalanish; nosoz va zarur to'siqlari bo'lmagan stanoklarda detallarni silliqlash; detalning jilvir charxtoshga bosimni oshirish uchun richaglardan foydalanish; to'g'ri profilli magnezial biriktiruvchidagi jilvir toshlardan foydalanilganda sekundiga 20 m ishchi aylanma tezlikdan oshirish; jilvir charxtosh yon yuzasi bilan ishlash, agarda jilvir charxtosh bu turdagi ishlarga mo'ljallanmagan bo'lsa; nam silliqlashda mineral biriktiruvchidagi jilvir toshlardan foydalanish; jilvir toshni to'g'rilashda moslamani butun gavda bilan bosish va jilvir tosh aylanish tekisligida turish; stanokka asbob, detal va boshqa buyumlarni qo'yish; harakatlanayotgan ishlov berilayotgan detal va jilvir toshga to'liq to'xtashiga qadar tegish; teshiklardagi changni og'iz bilan puflab chiqarish, hamda ishlov berilayotgan yuza va stanokni shlangdan kelayotgan havo bilan tozalash; qoldiq magnitizm bilan ushlab turilgan detallarni zarba yoki siltash bilan yechib olish; stanok ishlash vaqtida qo'ltiraklarni joyini o'zgartirish, xamda to'siq va saqlash moslamalarni ochish va yechib olish; ta'mirlashni mustaqil amalga oshirish; ular mo'ljallanmagan operasiyalarni bajarish; ish va o'tish joylarini tiqilinch qilib qo'yish va ivirsitish. Ishlov berish rejimini faqatgina texnologik kartaga muvofiq usta bilan kelishilgan xolda o'zgartirish mumkin.



Download 351.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling