1 ma’ruza mavzu: Avtomatikaning asosiy elementlari


Download 249.25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.03.2020
Hajmi249.25 Kb.

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan                                    Avtomatika fanidan ma’ruza matni  

fanidan o’quv uslubiy majmua 

 



 



1 - MA’RUZA 

 

MAVZU:  Avtomatikaning asosiy elementlari: Avtomatika asosiy tushunchalari. 

Kurs  predmeti  va  vazifalari.  Ishlab  chiqarish  jarayonini  avtomatlashtirish.    

Kibernetika.  Texnalogik  jarayonni  boshqarishning  avtomatlashtirilgan  sistemasi 

(BAS). 

 

Reja: 

1. Avtomatika fani haqida asosiy tushunchalar. 

2. Avtomatika va kibernetikaning o’zaro bog’liqligi. BAS haqida tushuncha. 

3. O’lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarining davlat sistemasi. 

4. Kurs predmeti va uning vazifalari. 

5. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari haqida tushuncha. 

6. Boshqarishning avtomatik sistemalari tavsifi. 

7. Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemani tayyorlashda standartlashtirish. 

 

 



Adabiyotlar: 

1.  Yusupbekov  N.R.  va  boshqalar.  “Texnologik  jarayonlarni  boshqarish 

sistemalari”,-Toshkent, 1997 y. 

2.  Yusupbekov  N.R.  va  boshqalar.  “Avtomatika  va  ishlab  chiqarish  jarayonlarini 

avtomatlashtirish.”,-Toshkent, 1982 y. 

3. 


Mansurov 

X.N. 


“Avtomatika  va  ishlab  chiqarish  jarayonlarini 

avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y. 

4.  Mayzel  M.M  “Osnovы  avtomatiki  i  avtomatizatsii  proizvodstvennыx 

protsessov”, - Toshkent, 1964 y 

5.  Tuzuvchi  F.S.Mirzaxodjaeva.  “Avtomatik  boshqarish  nazariyasi  kursini 

o’rganish bo’yicha metodik qo’llanma. Asosiy tushunchalar va ta’riflar. Toshkent 

1989 y. 

 

1.  Avtomatika fani haqida umumiy tushunchalar 



 

 

Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining boshqa sohalari kabi farmatsevtika sanoat 



ishlab  chiqarishni  ham  avtomatlashtirish  jadal  suratlarda  olib  borilmoqda, 

avtomatlashtirilgan  agregat  mashinalar,  potok  liniyalari,  sex  va  zavodlar  barpo 

bo’lmoqda. 

 

Inson 



eng  avval, 

og’ir 


jismoniy 

mehnat 


turlari 

(energiya 

va 

harakatlantiruvchi  kuch  manbai  vazifasini  bajarish)  dan  ozod  bo’lishga  erishgan. 



Bu  o’rinda  u  tabiiy  manba  energiyalaridan  (suv,  shamol  va  b.)  foydalangan. 

Keyinchalik  bug’  va  elektr  mashinalarining  yaratilishi  va  ularning  ishlab 

chiqarishda qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lgan fan texnika taraqqiyotining bosqichi 

ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash fazasi boshlanadi. 

 

Sanoatda  qo’llanilishi  mumkin  bo’lgan  eng  birinchi  texnik  vosita  rus 



mexanigi  I.I.  Polzunov  tomonidan  1765  yilda  yaratilgan.  Bu  qurilma  bug’ 

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan                                    Avtomatika fanidan ma’ruza matni  

fanidan o’quv uslubiy majmua 

 



 



mashinasining  bug’  qozonidagi  suv  sathi  balandligini  bir  me’yorda,  odam 

ishtirokisiz saqlab turishga mo’ljallangan edi. 

 

Ma’lumki  qozondagi  suv  miqdori  uning  bug’ga  aylanishi  va  sarfi  sababli 



kamayadi.  Natijada  undagi  bug’  bosimi  ham  o’zgaradi.  Bu  o’z  navbatida  bug’ 

mashinasining yomon ishlashga, uning tezligi o’zgarib turishga sabab bo’ladi. Shu 

sababli  bug’  qozonidagi  suv  sathi  balandligi  va  bug’  mashinasining  aylanish 

tezligini  saqlab  turish  o’sha  davrning  eng  muhim  muammolaridan  biri 

hisoblanardi.  Polzunov  yaratgan  texnik  vosita  regulyator  tufayli  odam  qozondagi 

suv  sathi  balandligini  nazorat  qilish,  agar  undagi  suv  sathi  balandligi  oldindan 

belgilab  qo’yilgan  suv  sathi  balandligidan  kamaysa  suv  quyib  ortib  ketganda  esa 

qozonga suv kelishini to’xtatish kabi og’ir jarayonni boshqarib turish funktsiyasini 

bajarishdan ozod bo’ldi. 

 

Endi  bu  funktsiyani  texnik  qurilma  regulyator  bajaradi.  1784  yilda  ingliz 



mexanigi  J.  Uatt  ikkinchi  muammoni  hal  qildi,  bug’  mashinasining  aylanish 

tezligining rostlay oladigan avtomatik qurilma regulyatorni yaratdi. Bu ikki texnik 

qurilma  yordamida  o’sha  vaqtda  texnologik  mashinalarning  ishonchli  va 

o’zgarmas tezlikda ishlashi birmuncha ta’minlangan edi. 

 

Bunday  avtomatik  qurilmalarining  yaratilishi  va  sanoatda  qo’llanilishi 



texnika  taraqqiyotining  ikkinchi  bosqichi  ishlab  chiqarish  jarayonlarini 

avtomatlashtirish bosqichi bo’ldi. Lekin bu vaqtda avtomatik qurilmalar nazariyasi 

hali yaratilmagan edi. 

 

Avtomatik  qurilmalar  nazariyasi  va  avtomatika  fanining  yaratilishi  hamda 



rivojlanishida  Peterburg  texnologiya  instituti  professori  I.A.  Vishnegradskiyning 

1876-1878 yillarda e’lon qilingan: 

1. Bevosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida. 

2. Bilvosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida  

nomli ikki ilmiy asari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli I.A.Vishnegradskiy 

avtomatika fani nazariyasining asoschisi bo’lib tanildi. 



 

2. Avtomatika va kibernetikaning o’zaro bog’liqligi. 

BAS haqida tushuncha 

 

Avtomatik  boshqarish  sistemalarini  (ABS)  hozirgi  paytda  asosan  ikki  turga 



bo’lish mumkin. Birinchi tur sistemalariga boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlar 

o’zaro  ketma-ket  bog’langan  va  bir-biriga  ochiq  zanjir  bo’yicha  ta’sir 

ko’rsatadigan ABSlari kiradi. Ochiq zanjirli ABSlarda ishlab chiqarish jarayonlari 

o’tadigan ob’ektlarining ishga tushishi va ishlashi, to’xtashi ma’lum vaqt oralig’ida 

oldindan 

berilgan 

dasturlarga 

muvofiq 


o’tadi.  Ob’ektdagi  texnologik 

operatorlarning  bajarilishidagi  ketma-ketlik  vaqt  bo’yicha  yoki  oldindan 

o’tayotgan  biror  operatsiyalarning  tugallanishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  tartibda, 

oldindan  dasturlangan  bo’ladi.  Ob’ekt  parametrining  o’zgarishi  to’g’risidagi 

ma’lumotlar  progressiga  ta’sir  ko’rsatadi.  Bunday  sistemalarga  eng  oddiy  misol 

sifatida  asinxron  dvigatelning  ishga  tushishi,  ma’lum  vaqt  oralig’ida 

boshqarilmaydigan rejimda ishlash va ish davri tamom bo’lgach to’xtashdan iborat 

dasturga muvofiq ishlashini ko’rsatish mumkin. 



Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan                                    Avtomatika fanidan ma’ruza matni  

fanidan o’quv uslubiy majmua 

 



 



 

Kibernetika  (grekcha  boshqarish)  fani  asoslarini  Norbert  Vinner  o’zining 

1948 yilda chiqqan “Kibernetika yoki hayvon va mashinada boshqarish va aloqa” 

degan  kitobida  bayon  qilingan.  Uning  ta’rificha  kibernetika  mexanizmlar, 

organizmlar  va  jamiyatdagi  boshqarish  va  bog’lanishlar  to’g’risidagi  fan  bo’lib, 

mazkur  fanning  asosida  turli  fizik  tabiatga  xos  bo’lgan  sistemalardagi  boshqa 

jarayonlarga  umumiy  nuqtai  nazardan  qarash  va  ular  uchun  boshqarishning 

matematik nazariyasining yaratish mumkinligini to’g’risidagi fikr yotadi. 

 

Kibernetikaning  muhim  ahamiyatga  egaligi  shundaki,  u  avtomatlashtirish 



fanining nazariy asoslarini o’z ichiga oladi.   

 

Kibernetikaning  bir  qator  falsafiy  ahamiyatlari  ham  bor.  Bularning  eng 



muximi ob’ektiv olamning mavjud ma’lumot jarayonlar bilan aloqadorligini ochib 

berishdir.  Kibernetika  dialektik  materializmga  asoslanadi.  U  materiya  dunyoning 

birdan  bir  negizi  jonli  tabiat,  jamiyat  va  mashinalardagi  hodisa  va  narsalarning 

boshqarilish  qonunlari  o’zaro  umumiy  bog’lanishda  ekanligi,  ulardagi  harakat  va 

rivojlanish  esa  ichki  qarama-qarshiliklar  va  ular  haqidagi  ma’lumotlar  asosida 

vujudga kelishini tasdiqlaydi. 

 

Kibernetika  fani  boshqarish  to’g’risidagi  ilmiy  bilishning  uch  asosiy 



yo’nalishini o’z ichiga oladi: 

1.  Texnik  kibernetika-sanoat  kibernetikasi.  Bunda  sanoat  ishlab-chiqarishi 

ob’ektlardagi boshqarish jarayonlari o’rganiladi. 

2.  Biokibernetika.  Bunda  biologik  sistemalardagi  boshqarish  jarayonlari 

o’rganiladi. 

3.  Iqtisodiy  kibernetika.  Bunda  iqtisodiy  sistemalardagi  boshqarish 

jarayonlari o’rganiladi. 

 

Kibernetikaning  avtomatika  fani  bilan  bog’liqligi  va  farqi  shundaki 



kibernetika  yopiq  zanjirli  informatsion  avtomatik  sistemalardagi  boshqarish 

jarayonlari o’rganiladi. 

 

Texnik kibernetika vaboshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi kursining 



asosiy  maqsadi  ishlab  chiqarish  jarayonlarining  mehnat  unumdorligini  oshirish, 

boshqarish  jarayonlarini  intensivlash,  mahsulot  sifatini  pasaytirmay  katta 

boshqarish  samarasiga  erishishni  ta’minlaydigan  texnik  vositalar  kompleksi, 

ularning  ishlash  printsipi  va  usullarini  asoslash  va  ishlab  chiqarishga  tadbiq 

qilishdan iborat. 

 

Boshqarishning  avtomatik  sitemasi  deb,  alohida  lokal  texnologik 



jarayonlarning  berilgan  dastur  asosida  o’tishini  odam  ishtirokisiz  ta’minlay 

oladigan  boshqaruvchi  va  boshqariluvchi  sistemalardan  iborat  texnik  qurilmalar 

sistemasiga  aytiladi.  Texnologik  mashinani  ishga  tushirish,  to’xtatish,  harakat 

yo’nalishi  va  tezligini  o’zgarishi  kabi  operatsiyalarni  bajarish  uchun  xizmat 

qiladigan  ABS  ob’ektining  biror  texnologik  parametrini  (harorat,  bosim,  suyuqlik 

balandligi,  tezlik,  namlik,  balandlik  va  b)  texnologik  jarayon  davomida  rostlab 

turish  uchun  xizmat  qiladigan  sistemalar  yoki  ob’ektning  texnologik  parametri 

oldindan  berilgan  qonunga  muvofiq  o’zgartirish  sistemalari  texnologik  jarayonni 

nazorat  qilish,  himoya  va  signallash  vazifalari  va  hk.larni  insonning  bevosita 


Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan                                    Avtomatika fanidan ma’ruza matni  

fanidan o’quv uslubiy majmua 

 



 



ishtirokisiz bajarish uchun xizmat qiladigan texnik qurilmalar boshqarishning lokal 

avtomatik sistemalarini tashkil qiladi. 

 

Boshqarishning  avtomatlashtirilgan  sistemasi  deb,  ma’lumotlarga  ishlov 



berishni  EHMlar  yordamida  avtomatlashtirish  hamda  boshqarish  masalalarining 

echimining iqtisodiy matematik usullar asosida topish va bunda insonning ishtirok 

etishini  ko’zda  tutadigan  ko’p  pog’onali  murakkab  sistemalar  kompleksiga 

aytiladi.  Bu  sistema  boshqarish  to’g’risida  echimlarning  pishiq  va  asoslangan 

bo’lishini  boshqarish  jarayonini  yuqori  operativlik  va  tezliklarda  o’tishini 

ta’minlash  va  boshqaruvchi  zvenoni  mehnat  faoliyatini  engillashtirishni  ko’zda 

tutadi.  Yangi  progressiv  texnika  va  yangi  usullar  bilan  ta’minlanishi  tufayli  bu 

sistemada  boshqarish  mehnati  intensivlashadi.  BASlarda  yuqoridagi  vazifalarni 

EHM bajaradi. Ob’ektiv boshqaruvchi, ta’sir ko’rsatuvchi vazifasini boshqaruvchi 

mashinalardan olingan ma’lumotlar asosida operator bajaradi.   

 

Boshqarish  to’g’risidagi  hal  qiluvchi  buyruq  esa  operator  tomonidan 



beriladi.  Buning  uchun  ma’lumotlarni  tasvirlovchi  qurilma  yoki  boshqaruvchi 

EHM  dan  olingan  signalni  hisobga  olgan  holda  boshqarish  haqida  qaror  qabul  

qiladi va sistemaning boshqarish organiga ta’sir ko’rsatadi. Boshqarish organi o’z 

navbatida  lokal  avtomatik  sistemaning  ijro  etuvchi  elementi  va  rostlash  organiga 

ta’sir qilib, operatsiyalarni amalga oshiradi. 

BAS quyidagi sinflarga bo’linadi: 

1. Boshqarish darajasi bo’yicha. 

A) umumdavlat BAS 

B)  Soxa  bo’yicha  BAS  vazirlik  doirasi  bo’lib,  vazirlikka  tegishli  tashkilotlar 

alohida yoki UBAS tarkibida boshqarish. 

V)  hududiy  BAS  umumiy  hududiy  tumanlarni  alohida  yoki  SBAS  yoxud  UBAS 

tarkibiga kirgan holda boshqarish. 

G)  Ishlab  chiqarish birlashma  BAS  ishlab  chiqarish boshqarmalarini  alohida  yoki 

SBAS yoxud UBAS tarkibida bo’lgani holda boshqarish . 

D)  Korxona  BAS  ishlab  chiqarish  korxonalarini  alohida  yoki  birlashma  BAS 

yoxud firma BAS tarkibiga kirgan holda boshqarish . 

2. Boshqarish ob’ektining xarakteri bo’yicha: 

A)  Texnologik  jarayonlarni  boshqarishning  avtomatlashtirilgan  sistemasi 

texnologik jarayonlarni boshqarish uchun qo’llaniladi. 

B)  Tashkiliy  boshqarishning  avtomatlashgan  sistemasi  iqtisodiy  va  sotsial 

sistemalarda xizmatchilardan iborat jamoani boshqarish uchun qo’llaniladi. 

V)  Boshqarishning  yig’ma  sistemasi  TBAS  va  TPBAS  ni  yagona  bir  sistemasiga 

birlashtiradi. 

3.  Funktsional  qo’llanilishi  bo’yicha:  reja  hisoblari,  moddiy  texnika 

ta’minoti, davlat statistikasi, ilmiy texnika progressi va boshqa sinflarga bo’linadi. 

4.  Ishlab  chiqarish  xarakteri  bo’yicha:  ishlab  chiqarish  bo’yicha  jarayonlar 

uzluksiz , diskret turlarga bo’linadi. Ishlab chiqarishning har bir turi uchun alohida 

korxona boshqarishining avtomatlashtirilgan sistemasi qo’llaniladi. 



 

 

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan                                    Avtomatika fanidan ma’ruza matni  

fanidan o’quv uslubiy majmua 

 



 



 

 

3. O’lchov asboblari va avtomatlashtirish 

vositalarining davlat sistemasi 

Boshqarish    jarayonining  sifati,  samaradorligi  ko’p  jihatdan  texnologik 

jarayon haqidagi ma’lumotlarni to’g’ri va yuqori aniqlikda aks ettiradigan o’lchov 

asboblari  sezgichlarning  bo’lishini  talab  qiladi.  Sezgichlardan  olingan  ma’lumot 

boshqaruvchi  EHM  sistemasiga  undan  ijro  etuvchi  elementlar  sistemasiga  ta’sir 

qiladi. Boshqaruvchi ma’lumotlar bir qator avtomatika elementlari, nazorat o’lchov 

asboblari orqali o’lchanadi. Agar bu sistemalar, elementlar va ular orqali o’tadigan 

signal  soddalashtirilmasa    umuman  bir  me’yorga  keltirilmasa  boshqarish 

sistemalari  qurilishida  katta  iqtisodiy  va  tashkiliy  tartibsizlikka  yo’l  qo’yilgan 

bo’ladi.  Ishlab  chiqarish    jarayonlarning  ko’pligi  va  turli  –tumanligi    sababli, 

sezgichlar,  signal  beruvchi  elementlar,  boshqarish  elementlari,  EHM  nazorat 

o’lchov asboblarining behisob ko’p va turli xil fizik tabiatga (elektrik , pnevmatik, 

gidravlik va boshqalar) xos bo’lishi nazarga olinganda aytib o’tilgan tartibsizlik va 

iqtisodiy zararlarning qanchalik katta bo’lishini tasavvur qilish  qiyin emas. 

O’lchov  asboblarining  davlat  sistemasi  bu  kamchiliklarning  bo’lmasligini, 

o’lchov  asboblarini  ishlab  chiqarish    va  ulardan  foydalanishda  yagona  tartib 

o’rnatish choralarini amalga oshirishni ko’zda tutadi. 

O’lchov  asboblarining  davlat  sistemasi    (ADS)  3  ta  asosiy  elektrik, 

pnevmatik  va  gidravlik  tarmoqlarga  bo’linadi.  Bajaradigan  vazifasi  bo’yicha 

asboblar  ob’ektlardan  ma’lumotlarni  sezib  oluvchi,  signallar  uzatuvchi  va  ishlov 

beruvchi  qurilmalarga,  ijro  etuvchi  elementlar  sistemalariga  bo’linadi.  Bulardan 

tashqari ikki tarmoq sistemalari elementlari bajaradigan vazifalarni birlashtiruvchi 

signal turlarini biridan  ikkinchisiga o’zgartiruvchi universal elementlar ham ADS 

ga  kiradi.  har  bir  tarmoq  uchun  davlat    standarti  tomonidan  o’lchov  asboblari  va 

bloklariga  kiruvchi  va  ulardan  chiquvchi  signallar  miqdorini  oldindan  aniqlab 

bo’lmaydi. 



4. Kurs predmeti  va uning vazifalari 

Avtomatika  fani  dinamik  signallarda  mavjud  bo’ladigan  bog’lanishlar  va 

avtomatik  boshqarishlarning  umumiy  qonunlarining  o’rganadigan    kibernetika 

fanining  texnikaga  oid  tarmog’i  bo’lib,  avtomatik  sistemalar  nazariyasini  ularni 

hisoblash  va  qurish  printsiplarini  o’z  ichiga  oladi:  texnologik  jarayonlarni 

avtomatlashtirish uchun xizmat qiladigan tadbiqiy fan hisoblanadi. Avtomatika va 

avtomatlashtirish  kursi  avtomatik  signallar  nazariyasi  va  uni  tuzish  usullari, 

avtomatik boshqarish va rostlash printsiplarini texnologik parametrlarini o’lchash, 

avtomatik  nazorat,  himoya  va  signallash  sistemalarining  ilmiy  printsiplari,  

shuningdek  ularni  tuzish  uchun  qo’llaniladigan  texnik  vositalar  avtomatika 

elementlarining tuzilishi, xususiyatlari, qo’llanilishini o’rganadi. 

Avtomatika  va  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  avtomatlashtirish  kursini 

o’rganishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni keng 

rivojlantirish  va  takomillashtirish  asosida  texnologik  mashinalarning  optimal 

rejimlarda  ishonchli  ishlashini,  mahsulot  sifatini  yuqori  ko’rsatishlarga  ega 


Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan                                    Avtomatika fanidan ma’ruza matni  

fanidan o’quv uslubiy majmua 

 

10 


 

bo’lishini  va  shu  bilan  birga  muhim  mehnat  madaniyatining  yuqori  bo’lishidan 

iborat. 

Ishlab  chiqarishni  avtomatlashtirishdan  maqsad  texnologik  jarayonlar  va 

texnologik  mashinalar  avtomatlashtirish  printsiplariga,  imkoniyatlariga  to’la  amal 

qilingan holda tayyorlangan bo’lishi kerak. 

Yuqorida  aytilganlarga  ko’ra  kursning  asosiy  vazifasi,  shu  soha 

mutaxassislariga  avtomatik  boshqarish  va  rostlash  nazariyasi  asoslarini  o’rgatish, 

o’lchov usullari, o’lchov asboblarining tuzilishi va ishlash printsipi, sxemalari va 

xususiyatlarini tushuntirish, avtomatikaning kontaktli va kontaktsiz elementlarning 

tuzilishi,  ishlash  printsipi  va  xarakteristikalarini  o’rganish    va  shuningdek  ishlab 

chiqarish  jarayonlarini  avtomatik  boshqarish,  texnologik  parametrlarni  avtomatik 

rostlash,  nazorat,  himoya  va  signallash  avtomatik  sistemalarning  sanoatda 

qo’llanilishi haqida bilimga ega bo’lishlariga ko’maklashishdan iborat. 



 

5. Boshqarishning avtomatlashtirilgan 

sistemalari haqida tushuncha 

 

Kibernetika  fanining  jadal  sur’atlarda  rivojlanishi,  ma’lumotlarni  katta 



tezlikda  qayta  ishlab  bera  oladigan  texnik  vositalar  EHMlarning  yaratilishi  va 

sanoatda qo’llanilishi ma’lumotlarni qayta ishlashni yangi texnologiyasini vujudga 

keltirdi. Shu tufayli hozirgi vaqtda ikki: 

1. Boshqarishning avtomatik sxemami (BAS) 

2.  Boshqarishning  avtomatlashtirilgan  sistemasi  degan  tushunchalar  ishlab 

chiqarishni avtomatlagtirishda keng foydalanilmoqda. 

 

BAS  deb,  alohida  lokal  texnologik  jarayonlarning  berilgan  dastur  asosida 



o’tishini inson ishtirokisiz ta’minlay oladigan boshqaruvchi va boshqariluvchidan 

iborat texnik qurilmalar sistemasiga aytiladi.  

 

Texnologik  mashinani  ishga  tushirish,  to’xtatish,  harakat  yo’nalishi  va 



tezligini  o’zgartirish  kabi  operatsiyalarni  bajarish  uchun  xizmat  qiladigan 

avtomatik  boshqarish  sistemasi,  ob’ektning  biror  texnologik  parametrini  (harorat, 

bosim,  sath  balandligi,  tezlik,  namlik)  texnologik  jarayon  davomida  rostlab 

(stabillab) turish uchun xizmat qiladigan sistemalar  yoki ob’ektlarning texnologik 

parametrini  oldindan  berilgan  qonunga  muvofiq  o’zgartirish  sistemalari, 

texnologik  jarayonni  nazorat  qilish,  himoya  va  signallash  funktsiyalari  va 

boshqalarni  inson  ishtirokisiz  bajarish  uchun  xizmat  qiladigan  lokal  avtomatik 

sistemalarini tashkil etadi.  

 

BAS deb, ma’lumotlarga ishlov berishni EHM yordamida avtomatlashtirish 



hamda  boshqarish  masalalarining  echimi  iqtisodiy  matematik  modellash  asosida 

topish  va  bunda  insonning  ishtirok  etishini  ko’zda  tutadigan  ko’p  pog’onali 

murakkab sistemalar kompleksiga aytiladi. 

 

Bu  sistema  boshqarish  to’g’risidagi  echimlarning  pishiq  va  asoslangan 



bo’lishini, boshqarish jarayonini yuqori operativlik va tezlikda o’tishini ta’minlash 

va boshqaruvini zvenoning mehnat faoliyatini engillashtirishni ko’zda tutadi. 

 

BAS  inson  faoliyatining  turli  sohalarida  boshqarishni  optimallash  uchun 



kerak  bo’ladigan  ma’lumotlarni  to’plash  va  ishlov  berishning  avtomatlashtirishni 

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan                                    Avtomatika fanidan ma’ruza matni  

fanidan o’quv uslubiy majmua 

 

11 


 

ta’minlaydigan  “odam  mashina”  sistemasidir  deb  ta’riflanadi.  Bunday  sistema 

quyidagi uchta vazifani bajaradi: 

1. Boshqariluvchi ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash va uzatish. 

2. Ma’lumotlarga ishlov berish va boshqaruvchi signal hosil qilish. 

3. Boshqariluvchi ob’ektga boshqaruvchi ta’sir ko’rsatish. 

BAS  larda  yuqoridagi  funktsiyalarni  EHM  bajaradi.  Ob’ektga  boshqaruvchi ta’sir 

ko’rsatish  funktsiyasini,  boshqaruvchi  mashinalarda  olingan  ma’lumotlar  asosida 

operator bajaradi. Shuning uchun BAS “odam mashina sistemasi” deb ataladi. 

BAS 1960 yidan sanoatda qo’llanila boshlagan bo’lsa, 1980 yilga kelib ishga 

tushirilgan  avtomatlashtirilgan  va  avtomatik  sistemalar  soni  4370  dan  oshib 

ketgan. Shundan 1650 ga yaqin texnologik jarayonlarni BASni bo’lgan. 2000 dan 

ortiq  EHM  ning  uchinchi  avlodi  bilan  jihozlangan  hisoblash  markazining  ishlab 

turganligi BASning qanchalik progressiv sistema ekanligini ko’rsatadi. Texnologik 

jarayonlar  BASning  eng  oddiy  funktsional  sxemasi  1-rasmda  keltirilgan. 

Funkutsional  sxemani  soddalashtirish  maqsadida  texnologik  jarayonlar  BASi 

faqatgina  avtomatik  rostlash  sistema  va  boshqaruvchi  operatordan  iborat  qilib 

tuzilgan.  

 

Boshqarish  to’g’risidagi  hal  qiluvchi  buyruq  esa  operatort  tomonidan 



beriladi. Buning uchun u ma’lumotni tasvirlovchi qurilma yoki boshqaruvchi EHM 

dan olingan signalni hisobga olgan holda boshqarish xaqida qaror qabul qiladi va 

sistemani  boshqarish  organiga  ta’sir  ko’rsatadi.  Boshqarish    organi  o’z  navbatida 

lokal avtomatik sistemaning ijro etuvchi elementni va rostlash organiga ta’sir qilib 

boshqarish operatsiyalarni amalga oshiradi. 

 

6. Boshqarishning avtomatik 

sistemalari (BAS) tavsifi 

 

Boshqariladigan  sistemalarning  murakkabligi,  bajaradigan  vazifasi,  ishlab 



chiqarish xarakteri, boshqaruvchi ob’ekt xarakteri, pog’onasi va boshqalarga qarab 

BAS quyidagi sinflarga bo’linadi: 

 

I. Boshqarish darajasi bo’yicha:  



 

1. Umumdavlat BAS  

2.  Soha  bo’yicha  BAS.  Vazirlik  doirasida  bo’lib,  vazirlikka  tegishli 

tashkilotlar alohida yoki UBAS tarkibida boshqarish. 

3.  Xududiy  BAS.  Umumiy  hududiy  tumanlarni  alohida  yoki  SBAS  yohud 

UBAS tarkibiga kirgan holda boshqarish. 

4.  Ishlab  chiqarish birlashma  BAS.  Ishlab  chiqarish  birlashmalarini alohida 

yoki SBAS yohud UBAS tarkibida bo’lgani holda boshqarish. 

5. Korxona BAS. Ishlab chiqarish korxonalarini alohida yoki birlashma BAS 

yohud firma BAS tarkibiga kirgan holda boshqarish. 

 

II. Boshqarish ob’ektining xarakteri bo’yicha: 



Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan                                    Avtomatika fanidan ma’ruza matni  

fanidan o’quv uslubiy majmua 

 

12 


 

1.  Texnologik  jarayonlarning  boshkarishning  avtomatlashtirilgan  sistemasi 

texnologik jarayonlarni boshqarish uchun qo’llaniladi. 

2.  Tashkiliy  boshqarishning  avtomatlashgan  sistemasi  iqtisodiy  va  sotsial 

sistemalarda xizmatchilardan iborat jamoani boshqarish uchun qo’llaniladi. 

3.  Boshqarishning  yig’ma  sistemasi  TBAS  va  TPBAS  ni  yagona  bir 

sistemaga birlashtiradi.  

III. Funktsional qo’llanilishi bo’yicha:  

Reja  hisoblari,  moddiy  texnika  ta’minoti,  davlat  statistikasi,  ilmiy  texnika 

progressi va boshqa sinflarga bo’linadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

Х



r

(t) 


obyekt 

RО 


Х

1

ch



(t) 

Х

b



 

±∆х(t)


 

 

±∆х(t)



 

 

Boshqarish  



organi 

Boshqaruvchi EHM, 

tasvirlovchi qurilma 

Ijro etuvchi  

element 

Taqqoslash hamda 

kuchaytirish elementlari 

regulyator 

Datchik 

Manbalar 

energiya yoki 

modda/ 


Boshqaruvchi 

obyekt 


Х

k

(t) 



Х

ch

(t) 



1 - Расм 

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan                                    Avtomatika fanidan ma’ruza matni  

fanidan o’quv uslubiy majmua 

 

13 


 

 

 



IV. Ishlab chiqarish xarakteri bo’yicha  

         

 Jarayonlar  uzluksiz  va  diskret  turlarga  bo’linadi.  Ishlab  chiqarishning  har 

bir  turi  uchun  alohida  korxona  boshqarishning  avtomatlashtirilgan  sistemasi 

qo’llaniladi. 

 

Ma’lumki  BAS  administrativ  yoki  tashkiliy  boshqarishdagi  BAS  ishlab 



chiqarish sistemalaridagi BAS ga bo’linadi. 

 

Administrativ  sistemada  inson  faoliyati  boshqarish  sistemasining  quyi 



pog’onalardagi  insonlar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  rejalashtirish,  operativ 

boshqarish  jarayonlarida  qaror  qabul  qilish  va  shuningdek  qarorni  bajarilishini 

nazorat  qilib  turish  hamda  shu  kabi  boshqarish  funktsialarni  bajarishdan  iborat. 

Bunday funktsiyalarni bajaradigan odam administrator deb ataladi. Ishlab chiqarish 

sistemalaridagi  boshqaruvchi  odam  esa  operator  deyiladi.  Operator  o’zini 

boshqaruvchi  funktsiyasini  texnik  vositalar  va  boshqaruvchi  EHM  yordamida 

bajaradi.  

 

7. BAS ning tayyorlashda standartlashtirish 

 

BAS  larning  tayyorlashda  yuqori  sifatli  avtomatika  elementlari  bloklari, 



EXM  va  boshqarish  mashinalarining  komplekslarini  vujudga  keltirish  katta 

ahamiyatga  ega.  Ulardan  unumli  foydalanish  masalasini  ratsional  hal  etish  BAS 

ning  barcha  elementlari  texnik  normativ  ko’rsatgichlarini  davlat  standartlari 

darajasida ko’tarishni talab qiladi.  

 

Davlat standartida TNXlar, BASning tuzishdagi talab, qoidalar va me’yorlar 



kompleksi  berilgan  bo’ladi.  BAS  tayyorlash  sohasidagi  barcha  tashkilot  va 

korxonalar, shuningdek, BAS ni ishlatuvchi boshqa soxalardagi barcha tashkilot va 

korxonarning  bunga  amal  qilishi  majburiydir.  BAS  elementlarinng  optimal  va 

yuqori  sifatli  bo’lish,  fan  texnika  taraqqiyoti  va  ishlab  chiqarish  sohalarining 

birligi,  o’zaro  bog’lanishni  ta’minlash  BAS  va  uni  elementlarini  davlat  standarti 

normativlari asosida bo’lishini talab qiladi. 

 

 

O’zlashtirish uchun savollar: 



 

1.  BAS ta’rifi qanday? 

2.  BASning  vazifalariga  nimalar  kiradi? 

3.  “Odam   mashinasi  sistemasi” ning  tuzilishi  qanday? 

4.  BASning  funktsional  sxemasi  qanday? 

5.  BAS  qanday  sinflarga  ajraladi? 

6.  ARSning  tarifi  qanday? 

7.  ARS  qanday  qismlardan  iborat? 

8.  Rostlanuvchi  parametrning  o’zgarish  miqdori  qanday  topiladi? 


Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan                                    Avtomatika fanidan ma’ruza matni  

fanidan o’quv uslubiy majmua 

 

14 


 

9.  ARS larga  qo’yiladigan  talablar  nimalardan  iborat? 

10.  Sanoatda qo’llanilgan birinchi texnik vosita qachon va kim tomonidan 

yaratilgan? 

11.  Avtomatika fani nazariyasining asoschisi kim? 

12.  ABS necha turga bo’linadi? 

13.  Kibernetika qanday yo’nalishlarni o’z ichiga oladi? 

14.  BAS qanday sinflarga bo’linadi? 

15.  O’lchov asboblariga nimalar kiradi? 

16.  Avtomatika fanining asosiy vazifasi nimadan iborat? 



 

 

Download 249.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling