1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

Hozirgi zamon biotexnologiyasi gen va hujayra injenerligi usullari genetik 
transformatsiya qilingan obyektlarni yaratish texnologiyalari, ular orasida turli mahsulotlarni 
ishlab chiqarishdir. 
Klassik biotexnologiya esa tabiiy biologik obyektlardan foydalangan holda turli 
moddalarni ishlab chiqarish usullari va texnologiyalaridir (non pishirish, pivo, vino, sirka, 
qatiq tayyorlash). 
Zamonaviy biotexnologiya hozirgi davrga kelib keng ko’lamda rivojlandi va qator 
bo’limlari vujudga keldi, masalan: 
1. Sanoat biotexnologiyasi. Bunda biotexnologik jarayonlar amalga oshishining umuiy 
tamoyillari o’rganiladi, biotexnologiyaning asosiy obyektlari va uni qo’llash mumkin 
bo’lgan sohalar, mikroorganizmlar ishlatiladigan bir qator keng ko’lamli sanoat 
biotexnologiyasi bilan tanishiladi. 
2. Hujayra injenerligi. Bu qismning asosiy maqsadi – hujayra kulturasini olish va bu 
obyektlardan amaliyotda foydalanish bilan tanishtirishdir. Bunda hayvon va o’simlik 
hujayralari kulturasini olish usullari bilan tanishtiriladi. Hujayra biotexnologiyasi yordamida 
seleksiyada chidamli, mahsuldorlik va sifatli o’simlik va hujayralarning muhim formalari va 
liniyalarini olish, qimmatli genotiplarni ko’paytirish, oziq ovqat, yem va tibbiyotda 
ishlatiladigan qimmatli biologik faol moddalarni olish tezlashdi. 
3. Gen injeneriyasi. Zamonaviy biotexnologiyaning asosiy yutug’i genetik 
transformatsiya, ya’ni begona gen va boshqa irsiy belgilarni tashuvchi materiallarni 
mikroorganizmlar, o’simlik va hayvon hujayralariga o’tkazish, yangi belgi va xususiyatli 
transgen organizmlarni olishdir. 
Zamonaviy biotexnologiya 1953-yilda Djeyms Uotson (AQSH) va Frensis Kriklar 
(Angliya) ning DNK molekulasini qo’sh spiralining fazoviy tuzilishi to’g’risidagi 
kashfiyotidan so’ng boshlandi. 1972-yilda Pol Berg rahbarlik qilib turgan laboratoriyada 
DNKning rekombinant molekulasi sintez qilingandan keyin biotexnologiyada yangi strategik 
yo’nalish paydo bo’ldi. Bu esa zamonaviy biotexnologiya fanida inqilobiy burilish yasadi. 
Yuksak kashfiyotlar oralig’idagi tadqiqotlar mashhur olimlar G.Boyer, S.Koen, D.Morr, 
A.Bayev, A.Belozerskiy, O.Eyveri, G.Ga-mov, K.Koran, FJakob, J.Mono, J.Bekvist, 
Yu.Ovchinnikov, A.Spirin, R.Petrov va boshqalar tomonidan genlar va fermentlarning 
identiflkatsiyasi, o’simlik, mikrob, hayvon hujayralaridan DNK molekulasini ajratish, 
genetik kodning o’qilishi, prokariot va eukariotlarda genlarning ekspressiya mexanizmlari, 
oqsil biosintezining kashf etilishiga bog’liq ishlar bilan to’ldirildi. 
O’tgan asrning 50- yillariga kelib, biotexnologiyada yana bir muhim yangi yo’nalish - 
hujayra muhandisligi vujudga keldi. Uning asoschilari P.F.Uayt (AQSH) va D.Gotre 
(Fransiya)lardir. Ularning bu yo’nalish-ning davomchilari sifatida A.Kursanov, 
R.G.Butenkolar (Rossiya) tomonidan yaratilgan maktabga juda ko’plabyosh mutaxassislarni 
jalb etish orqali amalga oshirilgan sohaga oid tadqiqotlarini ko’rsatish mumkin. 
Gen va hujayra muhandisligi zamonaviy biotexnologiyaning asosiy yo’nalishlarini 
belgilab berdiki, undagi usullar o’tgan asrning 80-yillarida juda rivojlanib, fan va ishlab 
chiqarishning ko’plabsohalarida keng qo’llanila boshlandi.
Biotexnologiyaning ilmiy va amaliy yutuqlari zamonaviy fanda juda yuqori darajada 
amalga oshirilishi fundamental izlanishlar bilan chambarchas bog’liq. Qo’yidagi sxemada 
biotexnologiyaning boshqa fanlar asosida shakllangan sohalari ifodalangan. 


Biotexnologiyada yangi ishlanmalarni yaratish, rivojlantirish va jarayonlardan optimal 
foydalanish maqsadida kimyo, mikrobiologiya, biokimyo, molekulyar biologiya, kimyoviy 
texnologiya va kompyuter
texnikasi metodlaridan keng foydalaniladi.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling