1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

Fermentlar klassifikatsiyasi. qabul qilingan klassifikasiya tizimiga binoan hamma 
fermentlar olti sinfga bo‘linadi: 
Oksidoreduktazalar; 
Transferazalar; 
Gidrolazalar; 
Liazalar; 
Izomerazalar; 
Ligazalar (sintetazalar). 
Keng miqdorda qo‘llaniladigan mikroorganizmlar fermenti - gidrolazalar sinfiga 
kiruvchilardir (glikozidazalar, peptidazalar va boshqalar). 
Bular glikozid, peptid, efir va ayrim boshqa bog‘larga suv ishtirokida ta’sir qiladi. 
Gidrolazalar ko‘pincha hujayra tashqarisidagi (ekzogen) fermentlardir. hujayradan chiqib
ular kulütural muhitda to‘planadi. Bu fermentlarni olish hujayra ichidagi (endogen) 
fermentlarni ajratishga nisbatan qulay va arzondir.
Glikozidazalar. Glikozidazalar -glikozid bog‘larini gidroliz qiluvchi fermentlardir. 
Bular ko‘p vaqtlardan beri o‘rganiladi va ishlatiladi. Bu guruhga kraxmalni gidroliz qiluvchi 
amilolitik fermentlar

-amilazalar va glikoamilazalar kiradi. Ko‘p mikroorganizmlar 

-
amilaza hosil qiladi, 

-amilaza sintezi esa kam kuzatiladi.
Amaliy maqsadlarda qo‘llaniladigan 

-amilazani ajratuvchi Bacillus licheniformis
Bac.amyloliquefaciensAspergillus oryzae va boshqa mikroorganizmlardir. 

-amilaza Bac. 
licheniformis dan olinadigan juda yuqori haroratga chidamli va kraxmalni 100

S atrofidagi 
haroratda gidroliz qilish qobiliyatiga egadir. Mikroorganizmlarning ekstremal sharoitda 
taraqqiy qilish qobiliyatini, ya’ni past va yuqori haroratda, molekulyar kislorod mavjud 
bo‘lmaganda, ishqorli va kislotali muhitda, to‘zni yuqori konöentraöiyasida o‘sishi 
ko‘pincha ularning fermentlari harakteri bilan aniqlanadi.
SHunday qilib, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mikroorganizmlarda juda yuqori 
faol fermentativ reaköiya olib borish qobiliyati mavjud, mikroorganizmlar, boshqa yo‘llar 
bilan amalga oshirib bo‘lmaydigan juda ko‘p jarayonlarni o‘zlarining maxsus fermentlari 
tufayli amalga oshirish imkoniyatiga egalar. 
Makro- va mikroorganizmlarda bir xil funköiyali fermentlar, o‘zlarining xossa va 
xususiyatlari jihatidan har xil bo‘lishi mumkin va mikroorganizmlarda o‘zini faolligini 
yuzaga chiqarishi uchun alohida sharoitga muhtoj bo‘ladi. SHuning uchun turli xil 
mikroorganizmlar fermentlarini o‘rganish juda muhim vazifadir. 

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling