1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi


P.vuriabili, P.iriense, Trichoderma roseum, Verticillium alboatrum


Download 1.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/54
Sana21.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1106472
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
biotexnologiya ma\'ruza

P.vuriabiliP.iriense, Trichoderma roseum, Verticillium alboatrum va boshqalardir. 
Pektinazalar - pektinni parchalovchi fermentlar sintez qiladi. Pektolitik fermentlar kompleks 
hosil qiladi, uni alohida komponentlari pektin molekulasini har xil joylaridan parchalaydi. 
Pektinazalar (poligalakturonazalar) mikroorganizm-larda keng tarqalgan bo‘lib o‘simliklarda kam 
uchraydi. 
Proteinazalar. 
Proteinazalar 
yoki 
proteazalar 

(peptid-peptid-gidrolazalar) 
oqsil 
molekulasidagi peptid bog‘larini uzish reaköiyasini kataliz qiladi, natijada erkin 
aminokislotalar di- va polipeptidlar hosil qiladi. Bunday fermentlar juda ko‘p. Ulardan 
ayrimlari kristall holatda olingan. Mikroorganizmlar proteinazasi o‘zlarining xossalari bilan 
tubdan farq qilishi mumkin. Ular neytral bo‘lishi mumkin (Bacillus subtillisAsp.terricola), 
kislotali (Asp.foetidus) va ishqorli, ya’ni pH ning har xil darajasida faoldirlar. Ayrim 
mikroorganizmlar bir qancha proteinazalar sintezlash qobiliyatiga egadirlar. Masalan: 
Actinomyces fradiae 6 ta proteinaza sintezlaydi. 
Amilazalar - bakteriya va zamburug‘lardan olinadigan amilazalar kraxmalni kichik molekulyar 
shakarlar: dekistrinlar, glyukozalar, maltozalargacha parchalaydi. Bakterial proteazalar 
pishloq pishirishda va teri oshlashda oqsillarni buzishda qo‘llaniladi. Bacillus sp. dan 
olinadigan glyukozoizomeraza fermenti glyukozani fruktozaga aylantirishda yordamlashadi. 
Keyingi 
vaqtlarda 
olimlar 
diqqat 
e’tiborini 
quyidagilar 
o‘ziga 
tortmoqda: 
öiklodikstringlyukoziltransferaza (ÖDGT) ga moslashish, öiklodekstrinlar birikmalarining 
ishlab chiqarilish: kimyoviy va farmakologik ishlab chiqarishda, oziq-ovqat mahsulotlari 
sifatini oshirishda, kosmetika va boshqalar ishlab chiqarishda zarurdir.
Lipazalar - (3.1.1.3-triaöil gliöeroloda gidrolazalar lipid (yog‘) almashinuvida ishtirok etadigan, 
katta amaliy qiziqish uyg‘otadigan fermentlar. 
Kulütura o‘sadigan muhitga ajratadigan lipazalarni ishlab chiqaruvchilarning ko‘pi 
miöeliali zamburug‘lardir. Ulardan Aspergillus, Mucor, Geotrichum, ayrim achitqi 
zamburug‘lar (Candida) va bakteriyalardir (Pseudomonas). Lipazalar triaöilgliöerollarni 
parchalab yog‘ kislotalari va gliöerin hosil qiladi. Sanoat asosida ko‘p miqdorda ishlab 
chiqarilayotgan va keng miqyosda xalq xo‘jaligida qo‘llanilayotgan fermentlardan tashqari, 
kam miqdorda olinadigan va kam sohada qo‘llaniladigan bir qancha fermentlar ham bor, 
lekin bularning ayrimlari o‘ta darajada muhimdir.
Bular qatoriga restriktazalar (endonukleazalar), nuklein kislotalarni parchalovchi 
fermentlar va ligazalar - ularni sintezida ishtirok qiladigan fermentlar kiradi. Bu fermentlar 
gen muxandisligi ilmiy ishlarini olib borishda zarurdir. Bularni ham har xil 
mikroorganizmlar ishlab chiqaradi.


Mikroorganizmlar fermentlaridan xalq xo‘jaligining turli xil sohalarida foydalanish juda 
ham istiqbollidir. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlardan olingan ferment preparatlari 
sanoatning ko‘p sohalarida qishloq xo‘jaligida va tibbiyotda qo‘llanib kelinmoqda (1-jadval). 

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling