Fermentlarni immobilizatsiya qilishinig kimyoviy usullari
Kimyoviy usullarni boshqa usullardan asosiy farqi kimyoviy ta’sir
natijasida ferment
bilan tashuvchi orasida qo‘shimcha kovalent bog‘i paydo bo‘ladi. Bu usulda immobilizatsiya
qilingan fermentlarni kamida ikkita ustunligi bor. Birinchidan, ferment va tashuvchi
orasidagi kovalent bog‘, hosil bo‘lgan kon’yugatni yuqori mustaxkam qiladi.
Boshqacha
qilib aytganda ferment ishtirokida o‘tadigan reaksiyalarni pH, harorati va boshqa
ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish,
fermentni desorbsiyasiga, shu tufayli olinadigan maxsulotni
ifloslanishiga olib kelmaydi.
Bu esa ayniqsa meditsina,
oziq-ovqat maxsulotlari, analitik ishlar uchun reaktivlar
olishda o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, kimyoviy
modifikatsiya fermentni
faolligini va mo‘tadilligini oshirishiga olib keladi. Faqatgina kimyoviy yo‘l bilan, ko‘p
nuqtalik bog‘lanishlar natijasida fermentni mo‘tadilligini oshirish mumkin. Bu usulni
kamchiligi, ba’zi-bir fermentlar kimyoviy modifikatsiya jarayonida o‘z faolligini yo‘qotib
qo‘yadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: