6-MA`RUZA
Mavzu: Gen injenerligi mohiyati va tarixi. Klonlash uchun DNK manbalari
.
Reja:
1. Gen injenerligi mohiyati va tarixi;
2. Klonlash uchun DNK manbalari.
3. Biotexnologiya obyektlariga quyiladigan talablar.
Biotexnologik jarayonlarni muvofiqlashtirish tirik organizmlar ishtirokida o’tadi,
bunda asosiy e’tibor ularning genetik xususiyatlarini yaxshilashga qaratiladi. Buning uchun
an’anaviy usullarda sun’iy mutagenez metodlaridan ya’ni irsiyatga turli xil fizik va kimyoviy
faktorlar ta’sir ettirib mutatsiyalar hosil qilish kabilardan foydalaniladi. Bugungi kunda
rekombinant DNK texnologiyasiga asoslangan yangidan-yangi metodlarning ishlab chiqilishi
va amaliyotda qo’llanilishi bu sohada ulkan o’zgarishlarga olib keldi. Genetik
materiallarning modifikatsiyasi har xil usullarda ( in vivo va in vitro ) sharoitlarda amalga
oshiriladi, shunga ko’ra u ikki yo’nalish genetik muhandislik va hujayra muhandisligi ga
bo’linadi.
Gen muhandisligi – biotexnologiyaning tez rivojlanib borayotgan yo’nalishlaridan biri
bo’lib, molekular biologiya, genetika, biokimyo fanlarining uzviyligida vujudga kelgan va
turli xil organizmlarda genetik manipulyatsiyalar olib borish imkonini beradi.
Birinchi marotaba F.Misher 1869 yilda nuklein kislotalar haqida xabar qilgan bo’lsa,
1944 yilga kelib O.T.Everi va uning hamkasblari aynan DNK irsiy axborotlarni saqlashda
xizmat qilishini isbotlashdi. Ular tozalangan dezoksiribozali kislota yordamida kasallik
chaqirmaydigan pnevmokkok shtammini kasallik chaqiradigan shtamiga transformatsiyasini
o’rgandilar. 1953 yilda D.Uotson va F.Kriklar DNK strukturasining modelini yaratishgan
bo’lsa, 1966 yilda M.Nirenberg, S.Ochao, X.Mattei va N.Koranalar genetik kod tripletlarini
aniqlashdi va nuklein kislotalar metabolizmida ishtirok etadigan fermentlarni (ligaza va
restriktazalar) ajratib olishdi.
1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |