1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi
Download 1.55 Mb. Pdf ko'rish
|
biotexnologiya ma\'ruza
Ligazalar – DNK fragmentlarining 3
\ va 5 \ oxirlarini fosfodiefir bog’lari hosilqilib tikuvchi fermentlar hisoblanadi. Bu jarayon ligirlash deb ataladi. Gen muhandisligida ko'pincha ligirlash uchun T4 fagining DNK-ligazasidan foydalaniladi. T4 ligaza yordamida DNK ning har qanday bo'lagini «yopishqoq uchli» yoki «to'mtoq uchli» qismlari biriktiriladi. Bu eng ko'p qo`llaniladigan fermentlardan biridir. Nukleazalar-nuklein kislotalar molekulalari gidrolizi reaksiyalarini katalizlovchi femientlarning yirik guruhi DNK yoki RNK molekulalari nukleazalar ta'sirida bo'laklarga yoki alohida nukleotidlarga parchalanib ketadi. Nukleazalarning hujayradagi dastlabki vazifasi hayotiy jarayonning ayni vaqti uchun keraksiz bo'lgan molekulalari (masalan, mRNK translyatsiyadan so'ng) degradatsiyasini va nuklein kislotalarni begona molekulalardan himoya qilish (bakteriyafag bilan zararlanganda fag DNK sini bakteriya nukleazalari tomonidan parchalab yuborilishi) dan iborat. Nukleazalarni ularning ta'siriga ko'ra, guruhlarga ajratish mumkin. Nukleazalar nafaqat DNK molekulalari (DNKazalar) yoki RNK (RNKazalar) molekulalariga, shuningdek, DNK va RNK ga bir vaqtning o'zida (oltin rang loviya nukleazasi) bir xilda ta'sir etishi mumkin. Nukleazalar bir zanjirli (S1 nukleazasi) yoki qo'sh zanjirli (ekzonukleaza III) DNK molekulalari, yoki gibrid DNK-RNK molekulari (ribonukleaza H) ga ta'sir etishi mumkin. Bundan tashqari, nukleazalarni ikki tipga: ekzonukleazalar va endonukleazalarga bo'lish mumkin. Ekzonukleazalar, odatda, molekulalarni 5 \ yoki 3 \ erkin uchlaridan boshlab gidrolizlasa, endonukleazalar DNK molekulasi bo'lagi yoki halqasimon DNK molekulasining ichki ketma – ketliklaridan boshlab parchalaydi. Nukleaza Bal 31 – bu ferment DNK dagi nukleotidlar izchilligini nospeksifik parchalash xususiyatiga ega. U nosimmetrik (yopishqoq uchli) DNK fragmentlarida “to’mtoq” uchlar hosil qilishda yoki DNK fragmentlarini qisqartirib funksional ahamiyatli qismlarni bir – biriga yaqinlashtirishda ishtirok etadi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling